Fakulteti


“Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili



Download 450,2 Kb.
bet4/8
Sana22.06.2017
Hajmi450,2 Kb.
#11949
1   2   3   4   5   6   7   8

2.2. “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili
“Alutex” (Alyumin texnologiyalari) nomi ostida 1999 – yildan boshlab O’zbekiston – Britaniya qo’shma korxonasi ish boshladi. Shu davrdan boshlab korxona alyumin profillari va jihozlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullana boshlagan, ya’ni ularni tayyor holda import qilib, sotgan. Keyinchalik, 2003-yilda “alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Alutex QK alyumin profillari va jihozlari uchun ixtisoslashtirilgan O’zbekistondagi birinchi korxona hisoblanadi. ISO 9001, DIN 1055 (Germany), TS 498 (Turkey), GOST 8617-81 (Russia) standartlari, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy normativ hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Alutex alyumin profillari sohasida ilg’or rivojlanayotgan korxonalardan biridir.

Korxonada alyumin profillarini ishlab chiqarishning to’liq sikli amal qiladi, ya’ni alyumin va boshqa tarkibiy qismlarning aralashmasidan hosil bo’lgan alyumin qotishmalarini quyishdan boshlab, tayyor holga kelguncha bo’lgan jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muntazam ravishda eksport qilinadi, shuningdek, mamlakatning turli nuqtalariga yetkaziladi. Korxonaning asosiy hamkorlari asosan, qurilish sohasidagi korxonalar hisoblanadi, shu bilan birga sanoatning boshqa sohalaridagi korxonalar bilan ham turli xil munosabatlar o’rnatilgan. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulot olishning garovi hisoblanadi. Korxona, alyumin profillaridan tashqari, avtomobil sanoatida ishlatiladigan maxsus profillar, quyosh batareyasi radiatorlarining elementlarini, radioantenna ustunlari, mebel jihozlarini, zinalar chetiga o’rnatiladigan panjaralar hamda boshqa jihozlarni ishlab chiqaradi.

Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulotning garovi hisoblanadi. “O’zbekistondagi 1-raqamli profil” – korxona mahsulotlariga bunday nomning berilishi bejiz emas albatta, chunki Alutex QK MDH davlatlarida marketing tadqiqotlari agentligi tomonidan har yili o’tkaziladigan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillardan beri birinchi o’rinni egallamoqda. Korxonaga Germaniyaning “Grenier Extrusion GmbH” korxonasi tomonidan berilgan DIN 1055 sertifikati esa, korxona mahsulotlarining Yevropa standartlariga to’liq javob berishini bildiradi.

Mahsulot tayyor bo’lishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ular quyidagilar:



Eritish

Korxonaning eritish sanoati presslash bo’limini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab beradi. Bunda A7 A8 markali quyma birlamchi alyumin ishlatiladi. Presslash bo’limini uzluksiz ta’minlash uchun 22 tonnali shaxta tipidagi 2ta eritish, quyish pechi ishlab ishlab turadi. Avtomatlashtirilgan stanok yordamida yarim tayyor mahsulot profillarga bo’linadi va presslash bo’limiga jo’natiladi. Presslangan profillarning nomenklaturasi 500dan ortiq va bo’limda 7ta presslash liniyasi ishlab turadi.



Anodlash

Profil tayyor bo’lgach anodlash vannalariga botiriladi va 25-85 daqiqa anodlanadi. Anodlash - profil sirtini elektroliz usulida oksid pardasi bilan qoplash hisoblanadi. Bundan profillarni turli xil kislotalar ta’siri natijasida o’z sifatini yo’qotmasligi uchun foydalaniladi.



Bo’yash

Zavodda profillarni kukunli emal bilan bo’yaydigan 3 ta avtomatlashtirilgan bo’yash liniyalari bor. Profillarni bo’yash uchun ko’p yillar xizmat qiladigan, tashqi ko’rinishi o’zgarmaydigan elektrostatistik bo’yash usuli qo’llaniladi. bu ham sifatli mahsulot uchun xizmat qiladi, uning yaroqlik muddatini oshiradi. Emallar RAL katalogi bo’yicha tanlanadi.



Bezash

Alyumin profillarini bezash – bu daraxt yoki toshlarning har xil ko’rinishlarini aks ettirish texnologiyasidir. Bu jarayon vakumli termokamerada amalga oshiriladi. U yerda kukun profil ustiga singib ketadi va profilni ko’rganingizda huddi taxtadan yasalgandek taassurot qoldiradi



Qadoqlash

Tayyor mahsulot maxsus himoya plyonkasi bilan qadoqlanadi. Odatda bitta qadoqda 6ta profil joylashgan bo’ladi, profillarning uzunligi 6 metrdan.



Laboratoriya

Alyumin qotishmasi kimyoviy tarkibining nazorati Foundry Master laboratoriyalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.



Furnitura va Aksessuarlar

Zavodda deraza va eshiklar uchun kerak bo’ladigan detallar, jumladan, ushlagichlar, burama mixlar, ilgichlar, oshiq-moshiqlar va boshqa alyumin va plastic qurilmalarni yig’ish uchun ishlatiladigan detallarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan

Korxonaning o’z strategiyasi marketing sohasiga ham e’tibor bergan holda asosan samarali va sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga yo’naltirgan. Ma’lumki, hozirgacha korxonalar tomonidan iste’molchilar ehtiyojlari to’liq o’rganilmagan bo’lib, arzon narxli tovar ishlab chiqarish kerakmi yoki sifatli va qimmat tovarmi, degan savol hanuz javobsiz qolmoqda.

Ko’pgina kompaniyalar eksport qilishni passiv holda boshlaydilar. Ba’zan sababsiz ravishda, kompaniyalar o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlari haqida tashqi dunyodan ma’lumotlar talabnomalari olib turadilar. Salohiyatli iste’molchi va distribyutorlar odatda, xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqida ilmiy ommabop jurnallardan, turli xil reklamalardan ma’lumot olish orqali o’rganadilar. Bunday holatda, xorijiy kompaniyalar o’z mahsulotlarini tashqi bozordagi iste’molchilarning xohish, talablariga moslashga harakat qiladilar. Bu tajribani kompaniyalarichki bozordagi sotuv hajmi yuqori bo’lgandagina qo’llaydilar.

Bunda kompaniya ichki bozorda mahsulotlariga bo’lgan talab taklifdan ko’ra kamroq bo’lganda eksport qiladilar. Eksport qilishdagi mavjud boshqaruv harajatlari esa eksport qilinayotgan mahsulotning narxini kamaytirish maqsadida ichki bozordagi sotuvdan qoplanadi.

Shuningdek, kompaniya birinchi bo’lib o’z mahsulotini keng miqyosda ichki bozorda sotib, keyinchalik eksport qilish maqsadida xorijiy bozor segmentlarini izlashi ham mumkin. Bozor sig’imi kichkina bo’lgan hollarda esa, horijiy bozorda iste’molchi talabi yuqori bo’lgan taqdirda ham kompaniya ma’lum bir bozor segmentini tanlab olib, mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirgan siyosatni qo’llaydi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan alyumin profillaridan Aldox, Elite,TermoLux va boshqalar Alutexning asosiy mahsulotlari bo’lib hisoblanadi (1-ilova). Bundan tashqari kompaniya ko’pgina sohalarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan standart profillarni ham ishlab chiqaradi.


Standart profillar

a

(mm)


b

(mm)


c

(mm)


Og’irligi

Trubalar

c b




10-56

1-3

0.080-1.500


To’g’ri burchakli (kvadrat) profillar

c b

a


10-50

10-113

1-4

0.160-1.850


To’g’ri burchak

b

a


10-120

2-40




0.165-8.640

Burchaklar

c

b

a



10-60

10-50

1-5

0.110-1.280

Sterjen (tayoqcha)

b





5-19




0.055-0.768

Olti burchakli


a

14-30







0.460-2.115

П shaklidagi profillar

c

b

a



10-45

10-25

0.9-1.5

0.075-0.225


T shaklidagi profillar

a

c b



20-40

20-40

1.2-2

0.130-0.435

11-rasm. Alutex QK standart profillari17

Ma’lumki, kompaniyalar marketing miks majmuasining bir qismi sanalgan narx siyosatiga katta e’tibor qaratishadi. Narx esa mahsulotlarni maksimal darajada sotilishi uchun ma’lum miqdorda past bo’lishi bilan birgalikda, mahsulotning tarqatilishi, ishlab chiqarish, tadqiqot va rivojlantirish faoliyatlariga etarlicha pul mablag’lari oqimini ta’minlashi uchun yuqori bo’lishi kerak. Ma’qul belgilangan narxnafaqat qisqa muddatli daromadni ta’minlaydi, balki uzoq muddat davomida raqobatbardosh bo’lishi uchun kerakli resurslarni etkazib beradi. Quyidagi omillar narx siyosatini xalqaro miqyosda belgilashning murakkabligini ifodalaydi:



  • Mamlakatlarda hukumat aralashuvining turli darajada ekanligi.

  • Bozorlarning xalqaro darajada turli-tumanligi.

  • Eksport qilinadigan mahsulotlarning narxini oshishi.

  • Valyuta birliklari qiymatining o’zgarib turishi.

  • Bevosita (o’zgaruvchan) va bilvosita (o’zgarmas) narx siyosatidagi farqlanishlar.

  • Sotuvchilar bilan ta’minotchilar o’rtasidagi munosabatning mustaxkamligi darajasi.

Butunjaxon Savdo Tashkiloti yo’riqnomalariga ko’ra eksport qilayotgan davlat o’zining ichki bozoridagi narxlardan arzon narxda boshqa mamlakatga eksport qilsa, bunday xolatda importyorga import mahsulotlari uchun cheklovlar qo’yish ruxsati berilgan. Agarda importyor davlat mahsulot kirishiga cheklov qo’ymagan taqdirda xam, uni bozorda juda qimmat narxda sotilishini taqazo qilib qo’yadi. Kompaniya milliy bozordagi narxlardan past narxda eksport qilishning bir necha sabablari bor. Bitta sababi xorijiy bozorda mahsulot sotuvini sinab ko’rishdir. Masalan, kompaniya mahsulotining xorijiy bozordagi baxosi transport va bojxona tariflari natijasida ko’tarilib ketishi mumkin. Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, xorijiy bozorga sarmoya olib kirib, u erda tayyor mahsulot ishlab chiqarib xamda uni iste’molchilarga taklif etsagina mahsulot narxini ma’lum darajada pasayishiga erishiladi.

Xorijiy bozorda narx belgilashning murakkabligini eksport mahsulotlari narxini oshish sabablarida xam ko’rish mumkin. Iste’molchiga mahsulot etib kelgunga qadar nechta taqsimot kanallaridan o’tishi, transport xarajatlari va boj to’lovlari kabi omillar ta’sirida narxning oshishi kuzatiladi. Faraz qilaylik, eksportyor uchun narx belgilashda daromad foizi ishlab chiqarish xarajatiga nisbatan 50 foiz qo’shimcha qiymat qo’shiladi. Ya’ni, 1,00$ ishlab chiqarish xarajatiga qo’shimcha 50 stent qo’shilib, eksportyorning taklif etadigan narxi 1.50$ bo’lishi ko’zda tutilgan. Agar ishlab chiqarish xarajati 1.20$ga oshsa, u xolda daromad foiziga ko’ra yakuniy narx 1.70$ (1.20+0.50) emas, balki 1.80$ (1.20+0.60) bo’lishiga olib keladi. Aytaylik, transport xarajatlari 0.25$ va boj to’lovi 0.15$ miqdorida importyor tomonidan belgilangan. Demak, importyor uchun mahsulotning bozorga kelib tushishi 1.90$ (1.50+0.15+0.25)ni tashkil etadi. Agar importyorning xam daromad foizi 50 foiz qilib belgilangan bo’lsa, u xolda so’ngi istemolchiga taklif etiladigan narx 2.85$ (1.90+0.95)ni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, eksport qilinayotgan mahsulot narxining oshib ketishi asosan ikki sababga bog’liq:



  1. Taqsimot kanallari eksportyordan uzoq masofada joylashganligi va natijada transport xarajatlarining oshib ketishi;

  2. Qo’shimcha boj to’lovlari pirovardida iste’molchi uchun ortiqcha yuk bo’lishi.

“Alutex” QK ham o’z mahsulotlarini eksport qilishda shu omillarni hisobga olib, mahsulot narxini uning tannarxi bilan deyarli bir xil narxda eksport qiladi.

Korxonaga faoliyatiga bir necha ichki va tashqi muhitdagi omillar ta’sir ko’rsatadi.

Alutex” QK SWOT tahlili

Kuchli tomonlari

“Alutex” QK alyumin profillari bilan shug’illanuvchi mamlakatimizdagi birinchi korxona bo’lib, korxona mustaqil faoliyatni yo’lga qo’ygunga qadar alyumin profillari importi bilan shug’illangan va bozorda barqaror faoliyat yuritish uchun yetarlicha tajriba to’plagan;

Alyumin Markaziy Osiyo bozoriga kirib kelgan yangi mahsulot bo’lib, bu bozor hali to’yinmagan;

Korxona mahsulotlarining bir qismini eksport qiladi. Bu ko’rsatkich yildan – yilga ortib bormoqda va korxonaga xorijiy valyuta olib kelmoqda, shu bilan birga tovar aylanmasini tezlashtirmoqda;

Korxonadagi uskunalarning barchasi jahon talablari darajasidagi eng zamonaviy texnika – texnologiyalar hisoblanadi. Ularning aksariyati Xitoydan keltirilgan.;

Korxonada 100ga yaqin ishchi ishlaydi, ularning malakasini oshirish uchun o’quv kurslari tashkil etilgan. Bosh ofisdagi ishchilarning ko’pchiligi turk va ingliz tillarida bemalol gaplasha oladi. Bu esa yangi hamkorlar topish va amaldagilari bilan aloqalarni mustahkamlashda o’z samarasini bermay qolmaydi;

Xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo’lgan texnologik jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi.

Qolaversa, korxona yangi mahsulot assortimentini yaratishda kerak bo’ladigan qoliplarni ham o’zi yasay oladi. Bu unga raqobatchilardan ustunlikni ta’minlaydi.


12-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan

Kuchsiz tomonlari

Korxona o’z mahsulotini yasashda asosiy xomashyo sanaladigan alyuminni import qiladi. Bugungi kunda alyumin qazib oluvchi va uni qayta ishlovchi yirik korxonalar soni sanoqli bo’lganligi sababli, xomashyoga narx belgilashda ular ustunlikka egalar;

Bundan tashqari, profil tayyorlashda kerak bo’ladigan boshqa resurslar ham import qilinadi. Masalan, profillarga rang berish uchun ishlatiladigan maxsus bo’yoq, qadoqlash uchun ishlatiladigan lenta, bir nechta kimyoviy moddalar va boshqalar;

Garchand korxona O’zbekistonda alyumin profillari bilan shug’illanuvchi birinchi tashkil etilgan korxona bo’lsa ham, ichki bozorda o’z o’rnini “Akfa”ga oldirib qo’ygan. Bunga esa reklamaga e’tibor bermaslik va aksincha, “Akfa”ning yuqori darajadagi reklama va marketing siyosati sabab deb o’ylaymiz. Chunki odamlarga istalgan korxona tomonidan chiqarilgan alyumin profilni ko’rsatib, “bu nima?” – deb so’rasangiz, shubhasiz, “Akfa” degan javob olasiz.



Imkoniyatlari

Yuqorida aytib o’tilganidek, ichki bozorimiz hali alyuminga to’yinmagan. Qolaversa, qo’shni mamlakatlarda ham alyumin yangi mahsulot hisoblanadi. Alutexda o’z bozorini kengaytirish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud;

Korxona alyumin profillarini turini o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan qoliplarni o’zi yasay oladi. Bu esa yangi turdagi mahsulot assortimentlarini yaratishga imkoniyat ochadi;

So’nggi yillarda mamlakatimizda amal qilayotgan mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, import qilinayotgan mahsulotlarning ma’lum qismini o’zimizda ishlab chiqarish imkoniyati oshmoqda. Bu esa mahsulot tannarxini pasayishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, “TLZ” bo’yoqlari, korxona import qilayotgan “Pulver”dan ko’ra ancha arzon, lekin mahsulotning sifati Alutex talablari darajasida bo’lmaganligi uchun kompaniya bo’yoqni import qilishga majbur;

Eksportyorlarni qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar korxonaga bir qancha imkoniyatlarni, soliqlardan imtiyozlarni taqdim etgan. Agar korxona eksport hajmini yanada oshirsa ko’proq imtiyozga ega bo’lishi mumkin.

Xavf – xatar

Alyumin yengil mahsulot bo’lganligi uchun tezda ommalashib ketgan. Har qanday mahsulotda bo’lgani singari, uning ham hayotiylik davri mavjud va taxminimizcha u keyingi 10 yillikda hali beri tugamaydi. Lekin ana shu hayotiylik davrining tugashi korxona uchun eng katta xavf bo’lib hisoblanadi;

Alyumin profilini tayyor bo’lishi jahon bozoriga bog’liq. Alyumin homashyosining narxi bevosita London birjasidagi trendga bog’liqdir. U yerdagi ozgina ko’tarilish yoki tushish unchalik ahamiyat kasb etmasligi mumkin, lekin xalqaro miqyosdagi har qanday inqiroz unga ta’sir etmay qolmaydi;

Oxirgi 5 yil davomida shu soha bilan shug’illanuvchi raqobatchilar soni bir muncha oshdi va buning natijasida korxonaning bozordagi ulushi qisqardi. Raqobatchilarning ko’payishi iste’molchilar uchun yaxshi albatta, qaysi mahsulotni tanlash ular ixtiyorida bo’ladi, lekin ishlab chiqaruvchilar uchun bundan ortiq xavf bo’lmaydi.


Porterning 5 kuch modeli bo’yicha Alutex QKsi tahlili
13-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan

Hozirgi kunda shu tarmoqda bir nechta korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan asosiylari esa “Akfa”, “Alutex”, “Alsys” korxonalari hisoblanadi. Ularning raqobatlashuviga 4ta asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi:



  1. Yangi ishlab chiqaruvchilarninig tarmoqqa kirib kelishi. “Alubond”, “Artplast”, “Ekopen”, “Aluplast” shular jumlasidandir. Ishlab chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida mahsulot narxi pasayadi. Iste’molchilarda tanlash imkoniyati ko’payadi va ularning e’tiborini jalb qilish uchun korxonalar yangi mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishni boshlashmoqda. Bu omil ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilmay qolmaydi.

  2. Xaridorlar kuchi. Ishlab chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida ichki bozor turli xil mahsulotlar bilan boyidi, lekin hali ham narx belgilashda ishlab chiqaruvchilar ustunlikka egalar. Buning sababi esa mahsulotga bo’lgan talabning taklifdan ko’pligidir.

  3. Ta’minotchilar kuchi. O’zbekistonning geografik joylashuviga ko’ra, “Alutex”ga eng yaqin bo’lgan alyumin qazib oluvchi va qayta ishlovchi zavodlar Rossiya, Xitoy, Tojikiston va Hindistonda joylashgan. Tojikistondagi siyosiy vaziyat sababli bu davlatdan alyumin olinmaydi. Hindiston esa Rossiya va Xitoydan ko’ra uzoqroq. Yagona yo’l Xitoy yoki Rossiya. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda alyumin savdosi bilan shug’illanuvchi korxonalar shu ikki davlatning alyumin qazib oluvchilari yoki qayta ishlovchilariga bog’lanib qolgan. “Alutex” qo’shma korxonasi Rossiyaning “UC Rusal” korxonasining doimiy hamkori hisoblanadi va xomashyoni ulardan import qiladi. Mahsulot narxining o’sishi ta’minotchilarga bog’liq bo’lib qolgan.

  4. O’rinbosar mahsulotlar. Bundan 10 yillar oldin, hozirgi alyumin profilli deraza va eshiklar o’rnida yog’och yoki temirdan yasalganlari bo’lar edi. Hozirda yog’och o’rnini plastic profillar egalladi. Og’ir temirlar esa yengil bo’lgan alyumin profillari bilan almashtirildi. Ya’ni alyumin va plastik profillar o’zaro o’rinbosardir. Hozirda uylarni jihozlash uchun arzonroq hisoblangan plastik profillar ishlatilmoqda. Lekin bino, inshoot, maktab, oliygohlar uchun alyumin profillar ishlatiladi. Chunki alyumin plastikdan ko’ra ancha mustahkam, chidamli va baquvvat hisoblanadi.

2.3.Alutex savdо belgisi va uning brendini yaratish yo’llari tahlili
“Alutex” nomi – “alyumin” va “texnologiya” so’zlarining o’zakalridan tashkil topgan. Kompaniya o’z logotipida tasvirlanganaharfiga o’xshash belgining ma’nosi ham alyumin va Alutex ma’nolarini bildiradi. Alutex mahsulotlari bo’lgan alyumin profillarini haqida iste’molchilarning dastlabki tasavvurlari quyidagicha bo’ladi:



14-rasm. Alyumin profillari brendini yaratilishi18
Umuman, korxonada brend qurish texnologiyasining asoslari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:

  1. Brendning mоhiyatini aniqlash.

  2. Brend nоmini tanlashda ratsional va emotsional aspektlarni inоbatga оlish.

  3. Brend mоhiyati va asotsiatsiyalarini turkumlanishini tahlil qilish.

  4. Brendning ustunliklarini uni pozitsiyalashda hisоbga оlish.

  5. Brend va uning atrоfida o’rab turgan оmillarni ketma-ketligini mоdellash.

Kompaniya o’z brendiga ega bo’lishidachiqarilgan mahsuloti va uni o’rab turgan omillarning hissasi katta
15-rasm. Brend mohiyati va unga ta'sir etuvchi asosiy omillar19

Savdо markasining straregik rivоjini aniqlash – brend ustida ishlashning eng muhim bоsqichi hisоblanadi. Brendning turiga qarab J.N. Kapferera savdо makalarining strategik modelini 6 turga ajratgan.



  1. Marka – mahsulоt. Bunda strategiya mahsulоtning o’ziga yo’naltirilgan. Har bir ishlab chiqarilgan mahsulоt guruhi o’zining savdо markasiga ega.Kоmpaniya ushbu savdо markalari pоrtfelini egasi. Masalan: «Procter & Gamble».

  2. Marka – liniya. Bu strategiya yagоna marka asоsida turli mahsulоtlarni ishlab chiqarishga ega bo’ladi. Yagоna ishlab chiqaruvchi marka оstida bir necha marka-liniyalar bo’ladi. Masalan: «Cristian Dior», «L’Oreal».

  3. Marka – gamma. Bunday marka bir nоm va reklama va’dasi tagida bir nechta mahsulоt bo’lib, ular yagоna tоvar gruppasiga taaluqli bo’ladilar. Masalan: «Benetton», «Moulinex», «Rowenta».

  4. Marka – sоyabоn (zоntik). Bunday marka bir nechta mahsulоtlarni o’ziga bоg’lagan hоlda turli bоzоrlarga yo’naltirilgan mahsulоtlar ishlab chiqariladi. Masalan: «Yamaha»,«Mitsubishi», «Philips».

  5. Marka – manba. Bunday strategiya marka-sоyabоn bo’lib, bunda tоvar o’z nоmiga ega bo’lib, ya’ni ikkilamchi markada оna-marka, asоsiy va qiz submarka оrqali mahsulоt ishlab chiqariladi. Masalan: «Nestle».

  6. Kafоlat-markasi. Bunda kafillik оna markaning grafik tasviri submarkaning yonida yozuvi nоmi оstida mahsulоt ishlab chiqariladi. Liderlik mоhiyati asоsan submarkada bo’ladi. Masalan: «General Motors».

Brendingda empirik marketing strategiyasi ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki bu marketing bo’yicha brend – bu empirik havоtirlikning yo’naltiruvchisidir, ularga nоmlar, lоgоtiplar, ishоralar, marketing vоqealar, iste’mol qiluvchilar bilan alоqa va bоshqalar kiradi.

Bunga fоrmula qilib, “Brend = Identifikatоr”, ya’ni brend kimga tegishli ekanligi va shu оrqali brend sifatini belgilab berishga qaratilgan bo’lishini aytishimiz mumkin. Yana “Brend = Хavоtirlik”, bu insоnning his-tuyg’uga javоb beradigan оrganlariga ta’sir etib, aql-idrоk va yurakni zabt etishga qaratiladi. Bunga asоslanib beshta empirik mоdeli yaratiladi:



  1. His-tuyg’u. Brend reklamasi eshitayotgan iste’mоlchilarning eshituvchi va ko’ruvchi retseptоrlariga ta’sir etish uchun qaratiladi. Videо ketma-ketlik ularga shunday bir kuch оrqali ta’sir etishi mumkin-ki, iste’mоlchilarning bu brend to’g’risidataassuroti ko’tarilishi mumkin. Masalan, “Tide” kоmpaniyasining reklamasida o’z оbrazini tоg’dagi tоzalik va musaffоlikka ko’tarib, asotsiatsiyalarini esa: tоg’ havоsi, gullar ustidagi shudring va tоg’ cho’qqisidagi qоrlar bilan bоg’lagan.

  2. Sezish. Bunda reklama o’z brendini sezish, emotsional hоlatini ko’tarishga, tоmоshabinlarni shu оbrazga kirishiga harakat qiladi. Masalan, “Camay” sovuni o’z reklamasida sovunga tegishingiz bilan o’zingizni Parijda, Eifel minоrasining оldida bo’lib qоlgandey ko’rsatib bergan.

  3. Fikrlash. Bunda brend o’z iste’mоlchilarini fikrlashga undaydi. Unda ko’pincha kadr оrtidagi tekstlar va tushuntirishlar beriladi.

  4. Harakat. Bunday reklama rоliklari harakat оrqali hayot tarzingiz o’zgarishini ko’rsatadi. Masalan, sоqоl оlish uchun mo’ljallangan “Gillette” brendi o’zining yangi Max-3 mahsulоtini yaratish uchun 6 yil va 750 mln. dоll. sarf qildi. Videо ketma-ketlikda bir qo’lning sоqоl оlish uchun bo’lgan harakati samоlyotning uchishi bilan sоlishtirilgan.

  5. O’zarо bоg’lash. Bunday reklamada ite’mоlchini brend o’ziga bоg’lab qo’yadi. Masalan, “Harley – Davidson” mototsikllari o’z reklamasida оddiy uch kishini mototsikl mingandan keyin baykerlarga aylantirib, siz ham ularning bittasi bo’lishingiz mumkinligi haqidagi ehtiyojini tug’dirish uchun harakat qilgan.

Empirik marketing iste’mоlchilarda turli tadqiqоtlar o’tkazib, reklamaga turlicha uslublarni yaratish va kiritishni izlayapti.

Mahsulоt bоzоrga kirib kelar ekan uni raqоbatchi kоmpaniyalar оrasida kurashish to’rt davriy o’zgaruvchanligiga to’g’ri keladi:



  • “So’rоq” belgisi – bоzоrga chiqish, bu mahsulоtning bоzоrga chiqishidir. Sоtuv endi bоshlang’ich davrini o’rin оldi. Reklama uchun bu davrda harajat katta.

  • “Yulduz” belgisi - o’sish, bunda mahsulоt bоzоrda o’z o’rnini egallab оlgan. Sоtuv darajasi yuqоri bo’lib, kоmpaniya o’z fоydasini samarali ravishda оlmоqda.

  • “Sоg’uvchi sigir” belgisi - etilish, bunda o’sish sur’atlari pasayyaptgan davri, harajatlar miqdоri оshgan.

  • “It” belgisi – tushish, Bunda sоtuvning tez tushib ketishi va darоmad оlmaslik davri. Bunday vaziyat brend – menejerning bоshqaruvi bir qatоr nоto’g’ri bo’lganligi sababli vujudga keladi.

16-rasmga qaraydigan bo’lsak, “A” mahsulоtning bоzоrda ketma-ketlik o’tib kelish davri nоrmal hоlatda. “B” va “C” rasmlari marketing bоshqaruvi hatоlarga yo’l qo’yilganligi va mahsulоt o’z davrining o’sish va pasayishidagi ketma-ketlik mutanоsibligi buzilganligini ko’rish mumkin.

A” B






?

c:\program files (x86)\microsoft office\media\cagcat10\j0149627.wmf

img_1079.jpg




?

c:\program files (x86)\microsoft office\media\cagcat10\j0149627.wmf

img_1079.jpg

C




?

c:\program files (x86)\microsoft office\media\cagcat10\j0149627.wmf

img_1079.jpg

16-rasm.Mahsulоtning o’tish davri BCG modeli asosida20
Brendni yaratishga oid aniq qo’llanmani hech kim bera olmaydi, hattoki mazkur soha mutaxassislari ham ularning ishlanmalari muqarrar ravishda o’z o’rnini topishi va bozorda muvaffaqiyat qozonishini kafolatlay olmaydi. Brend ustida ishlash, brending jarayonining o’zi – bu to’g’ri marketing olib borish, iste’molchini o’rganish, kreativlik va qaysidir darajada intuitsiyani o’rganish, ya’ni ilmiy bilimlarga asoslangan ijodkorlikdir.

Samarali brendni yaratish uchun, birinchi galda, tovarning imidjini belgilab olish kerak. Ko’pchilik mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarda bu bosqochning o’zidayoq, muammolar tug’iladi, chunki ularning o’zlari ham o’z tovari imidjini yaxshi bilmaydilar yoki uni belgilab ololmaydilar.

Juda ko’p hollarda biz u yoki bu tovar ishlab chiqaruvchisi tovarni iste’molchiga yetkazishning o’zi bilgan barcha usullaridan foydalanib ko’rishga harakat qilayotganini kuzatamiz: bugun tovar “yoshlarniki” bo’lsa, ertaga “oilaviy”ga aylanadi, keyin esa, ishlab chiqaruvchi tovarning sifati haqida hech narsa aytmagani yodiga tushadi-da, iste’molchiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki bunday shoshma – shosharlik axborotning iste’molchi miyyasiga o’rnashib qolishi va uning ongli qaror qabul qilishiga imkon bermaydi.

Brendni yaratishda doim tovarni namoyon qilish va ushbu brend uchun ishlab chiqilgan strategiyani unutmaslik kerak. Brendni juda ko’p sondagi g’oyalar bilan og’irlashtirib yubormasdan, faqat bitta yo’nalishni tanlash va uni iste’molchi ongiga joriy etish lozim.

Tovar obrazini yaratishda quyidagi savollarga javob berish lozim:


  1. Tovarni qanday tavsiflash lozim?

  2. U kim uchun yaratilmoqda?

  3. Nima uchun iste’molchi aynan uni tanlashi kerak?

  4. Tovarni uning raqobatchilaridan nima ajratib turadi?

  5. Tovarni yanada rivojlantirish rejasi qanday?

Ushbu savollarga aniq javob berish uchun, brendni ishlab chiqishga kirishishdan oldin bozorni va maqsadli auditoriyani sifat jihatdan o’rganish maqsadga muvofiq.

Brend konsepsiyasini yaratishda imkon boricha maqsadli auditoriyani aniq tasavvur qilish kerak,ammo bu tasavvur abstrakt emas, balki aniq misollarga asoslansin: maqsadli auditoriyaga kimlar kiradi va ularning istaklari qanday, ularni nimalar qiziqtiradi, nima bilan shug’ullanadi va hk.

Ushbu asosiy savollarga javob topish korxonaga kerakli axborotni olish va ohir – oqibat brendni yaratishga bevosita tegishli bo’lgan quyidagi ikkinchi darajali savollarni shakllantirishga imkon beradi:


  • Iste’molchini nima bilan jalb qilish mumkin?

  • Tovarning afzalligi sifatida nimani ajratish kerak?

  • Iste’molchidan qanday javobni kutish mumkin?

  • Reklamaning qanday vositalariga afzallik berish zarur?

Brendga global, bozorni jahon darajasida egallab olish shart bo’lgan darajada qabul qilmaslik kerak. Aksincha, ba’zi bir jahonshumul brendlar bugungi kunda ularning bozordagi o’rnini osonlikcha egallab olayotgan mayda brendlar bosimiga zo’rg’a dosh bermoqdalar.

Brendning korporativ, ya’ni bitta ishlab chiqaruvchi tovarlarining butun bir turkumini ilgari surishga mo’ljallangan bo’lishi ham, faqat bitta turdagi tovarni ilgari surish uchun ishlab chiqilgan bo’lishi ham mumkin. Brend muvaffaqiyat qozonishi uchun uning katta ko’lamli bo’lishi shart emas; u o’z harajatlarini qoplashi, foyda keltirishi va bozorda mustahkam o’rin egallashi lozim.

Brendni yaratayotganda va uni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqayotganda, uning qaysi mamlakat yoki hudud uchun ishlab chiqarilayotganini unutmaslik kerak, zero u maqsadli auditoriya tasavvurlariga mos kelishi kerak.

E’tiborni shunga qaratish kerakki, biron bir mamlakatda faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhur yirik ishlab chiqaruvchilar ham doim o’z mahsuloti imidjini mahalliy sharoitlarga moslashtiradilar, tegishli reklama obrazlarini tanlaydilar va tegishli strategiyani ishlab chiqadilar. Bu amaliyot to’g’ri bo’lib, sotuvlarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Brendni haddan tashqari murakkablashtirib yubormaslik kerak, aksincha brendning vazifasi – iste’molchi tovarni oson qabul qilishini, uning xossalari boshqalardan ajralib turishini va xotirada yaxshi saqlanishini ta’minlashdir. Agar brend yaratilayotganda faqat ishlab chiqaruvchilar tasavvuriga asoslansa, oxir oqibat shunga erishiladiki, brend faqat ishlab chiqaruvchining miyasida bo’ladi, iste’molchi uchun esa u mavhumligicha qoladi.

Yana bir e’tiborga molik jihat shundan iboratki, iste’molchi har kuni ma’lum bir tovarga o’xshagan ko’plab sondagi mahsulotlarga duch keladi, ularning barcha tavsiflarini solishtirishga esa uning vaqti yo’q.

Brendingning yana bitta vazifasi – o’z imidji elementlarini iste’molchining ongiga shunday singdirish kerakki, u o’zining shunga o’xshash tovarga bo’lgan ehtiyojini faqat sizning mahsulotingiz bilan bog’lasin. Bolalar tagliklarini xarid qiladigan ko’pchilik onalar, boshqa markadagi tovarga nisbatan ham, o’zlari anglamagan holda ularning hammasini “Pampers”lar deb ataydi, chunki bu so’z ularda markani emas, balki tovarni anglatadi.

Boshlovchi ishlab chiqaruvchida oldindan mavjud bo’lgan va hammaga yaxshi tanilgan imidjga yoki nomga o’xshash brendni yaratish fikri tug’ilsa, undan darhol voz kechish kerak. Chunki, birinchidan, bunday tajribalar huquq egasi bilan sud zalida muhokamalar qilishga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, garchi ish ochiq nizogacha yetib bormasa ham, ohir – oqibat ishlab chiqaruvchi “sohtalashtirish” tamg’asini olishi mumkin. Bu esa tovarning kelgusida samarali rivojlantirish imkoniyatlarini cheklaydi.


Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish