Fakultet: O’zbek tili va adabiyotini o’qitish Guruh: 407 Fan: Adabiyot nazariyasi



Download 65,88 Kb.
bet4/4
Sana19.09.2021
Hajmi65,88 Kb.
#178484
1   2   3   4
Bog'liq
Xoshimova Sayyora 35-seminar

“Binafsha hidlang, amaki” deb atalishi meni biroz mulohazaga tortdi. Buning sababi haqida o’ylab qoldim. Esse bilan tanishib chiqqach, uning bunday atalishining ham o’z tarixi bor ekanligiga guvoh bo’ldim: Essening birinchi turkumida Sh.Xolmirzayev bilan O’. Umarbekov o’rtasida “Gulchi qiz” hikoyasi xususida tanqidiy suhbat bo’lib o’tar ekan. Aynan shu suhbatdagi O’lmas Umarbekov qahramoni nutqidan olingan “Binafsha hidlang, amaki” jumlasi esse sarlavhasiga asos bo’lgan ekan. O’ylashimcha, esseda binafsha ramziy ma’no tashigan. Chunki esseda binafsha g’aflatda yotgan millatni uyg’otish, xushiga keltirish uchun bir vosita ramziy obraz hisoblangan. Esseda dastlab O’lmas Umarbekovning insoniy ijodkor sifatida qiyofasi kashf etilgan. Keyinroq esa, Uchqun Nazarov, Botir Zokirov, O’tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Nizom Komilov, Turg’un Azizov, Mutal Burxonovlarning o’ziga xos tabiati va xarakterlari juda tiniq aks ettirilgan. Esseda U.Nazarov, O’.Umarbekov, F.Musajonov, A.Oripov O’.Hoshimov singari shoir va yozuvchilar, milliy estrada asoschisi B.Zokirovlar ziyoli qatlam, san’at ahllari qahramon sifatida ishtirok etadi. Ularning kechagi va bugungi kuni, kelajakka bo’lgan munosabatlari qalamga olingan. Qahramonlarning o’zaro suhbatlari ijod haqida kechadi. Nafaqat ijod, balki san’atning boshqa turari: kino, qo’shiqchilik, teatr san’ati xususida ham o’zaro bahslashadilar. Bundan tashqari esseda ismi zikr etilganlarning jamiyat haqidagi qarashlari, bir-biriga bo’lgan munosabatlari ham aks ettirilgan.

To’grisini aytsam, esseni o’qish davomida asarda kechayotgan jarayonlar meni biroz zeriktirib ham qo’ydi. Biroq menga, o’sha nomlari tanish bo’lgan O’.Hoshimov, A.Oripov kabilarning insoniy qiyofasi, ularning iztiroblari ochib berilgach essega bo’lgan qiziqishim ortib boraverdi. Esse bilan tanishib chiqar ekanman, Shukur Xolmirzayevning esse yozish borasida o’ziga xos mahorat egasi ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Sababi, esseda yozuvchi yuqorida sanab o’tgan qahramonlar olamini shunchaki, ko’r-ko’rona hikoya qilmaydi. Shaxsan men ushbu qahramonlar ichida o’zimga tanish bo’lganlarini yozuvchi mahorati tufayli, yangidan kashf qildim. Essening O’lmas Umarbekovga bag’ishlangan qismida yozuvchi xalqning an’ana va qadriyatlarini e’zozlash, mustamlaka sharoitda bo’lsa ham, millatning g’ururi, or-nomusini himoya qilish kabilar xususida to’xtalib o’tadi. Esseni o’qir ekanman, undagi ishtirokchilarning, ziyoli qatlamlarning o’zaro uchrashuvlari, ijodiy safarlari va suhbatlari davomida ularning jamiyatga nisbatan norozi kayfiyatda ekanliklarini payqadim. Misol qilib aytadigan bo’lsam, bu kabi holat ayniqsa Abdulla Oripovning “Bulbul” sh’eri bilan bog’liq lavhada yanada ko’zga tashlangan. Esse yozish davomida Shukur Xolmirzayev zamonaviy o’zbek ziyolilarini diqqat bilan kuzatganini ko’rishimiz mumkin. Chunki yozuvchi ularning har biridan kichik bo’lsa-da, milliy fazilar izlagan. Sababi, barchamizga sir emaski, 60-70 yillarda xalqimizda “madaniylashish” avj pallaga chiqqan edi. Xalqimiz vakillari orasida yurish-turish va kiyinish, so’zlashish va muomala madaniyatida ruslashish boshlangan bir davr edi. Ehtimol shu sababdan yozuvchi ziyolilardan “milliy fazilat” qidirgandir. Essening yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ayrim o’rinlarda yozuvchining o’zi bosh qahramon sifatida ko’rinish beradi. Esse sahifalarida Botir Zokirovning ichki va tashqi olami boshqa qahramonlarga nisbatan ancha tiniq tasvirlgangan. Uning kiyinishi, yurish-turishi, qiziqishlari, hikoyalar mashq qilgani, rassomchilik bilan shug’ullangani kabi noyob ma’lumotlarni ham olishimiz mumkin.

Esse ekspozitsiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsam, Shukur Xolmirzayev esseni o’ziga xos jo’n va sodda tasvir bilan boshlagan: “Ko’klam edi. Yurtga bordim. Ukam Xayrulla (kenjamiz) hovuz bo’yida meni kutib oldi”. Boshlanishi shunday muallifning bolalik xotiralari bilan boyitilgan. Bundan tashqari esseda, ayollar bazmi haqida ham real voqelar tasvirlanganini ko’rishimiz mumkin. Bu ayniqsa, onasi Oysha mom ova uning oti bilan bog’liq voqealarda juda qiziqarli qilib tasvirlangan.

Esseda O’lmas Umarbekov va Botir Zokirovlar tasviri menga juda yoqdi. Masalan, asarda O’lmas Umarbekov arazlashib qolgan do’stlarni yarashtiradi.

“Botir Zokirov” xotirasi haqidagi lavha xonandaning o’limi haqidagi telefon qo’ng’irog’idan boshlanadi. Aynan shu holatdan so’ng muallifning holati va qahramonning hissiy kechinmalari haqida so’z boradi. Muallif B.Zokirovning o’zi va boshqa do’stlari bilan bo’lgan munosabatlarini xotirlab yozadi. Bu voqelalarni muallif mashinada ketayotib eslaydi.

Shukur Xolmirzayev essesida samimiyat haqida ham so’z yuritib o’tadi:



Ammo chin samimiyat haqida… o’ylanib qolaman, o’zi shu samimiyat degan holatningmi bir mezoni bormikin? Ibrat bo’lgulik bir o’lchovi mavjudmikin?... tuyg’ular va insoniy fazilatlarni ham, jumladan samimiyatni ham tasvirlab bo’lmaydi, na o’lchovi bor, na shakli-shamoyili. Biroq bir narsa haq, bu borada samimiyat haqida har kimning o’z mezoni, aqidasi-qanoati bo’ladi”.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Shukur Xolmirzayev esseda tasviriylikni juda ham samimiy va ishonarli qilib tasvirlaydi. Bundan tashqari uning qahramonlar haqidagi tasvirlari me’yor bilan yoritilib, kitobxonni me’dasiga tegmaydi. Bundan tashqari muallif esseda makon va zamon masalasiga ham alohida ahamiyat berib, voqealar rivojini yanada boyitish uchun, bir joydan turib hikoya qilmaydi. Turli davralarda hattoki taziyada ham o’z qarashlarini xolisona qog’ozga tushiradi. Ushbu esseni o’qigach menda esse qahramonlari haqida to’liq tasavvurlar paydo bo’ldi. Mashhur siymolarning dunyoqarashi, fe’l-atvori, xarakteri haqida umumiy tushunchalarga ega bo’ldim.
Download 65,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish