Mavzu: XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi qarashlari



Download 35,78 Kb.
bet1/4
Sana15.04.2023
Hajmi35,78 Kb.
#928741
  1   2   3   4
Bog'liq
Turkiston tafakkur ahlining ijtimoiy qarashlarida shaxs va jamiyat masalalari








Mavzu:XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi qarashlari.


Reja:



  1. Turkiston tafakkur ahlining ijtimoiy qarashlarida shaxs va jamiyat masalalari

  2. Jadidchilik harakati namoyandalarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi fikrlari



asrda ashtarxoniy hukmdorlar Abdulazizxon va Subxonqulixonlar davrida yashab ijod etgan, mavjud ijtimoiy tuzum, jamiyat hayoti, insonlarning turmush tarzi haqida o'z qarashlarini bayon etgan taniqli adiblardan biri Turdi Farog'iydir (XVII asr boshi -1697/1700).
Turdining shoh asari «Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari to'g'risida hajviya» muxammasida ana shu tilga olingan shaxslarning qabih xatti-harakatlari fosh qilinadi. U xonni davr fojiasining bosh aybdori sifatida qaraydi. Subxonqulixon saroyida avjiga chiqqan fisqu-fasod, poraxo'rlik va razilliklaming haqqoniy manzarasini chizib, butun zulm o‘chog‘iga - saroy ahllariga, yurtni xarob qilgan «boyqushlar»ga, elni talagan «bo‘ri»larga qarshi isyonko'tardi:Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G'asb ila molin olib, qo 'ymadingiz bit ini.
Boborahim Mashrab (1653—1711) ijodi so'fiylik taraqqiyotida katta iz qoldirgan. U ham boshqa soTiylar singari o‘zining Xudoga Yaratganga bo'lgan muhabbatini, ishqini she’rlarida bayon etadi. Buni u ko'pincha majoziy shaklda - parvonaning shamga intilishi misolida izhor qiladi. Uning ijodi hayotiyligi va xalqchilligi, insonning shodligi va dard-alamlarini yorqin va haqqoniy tasvirlashi bilan ajralib turadi.
Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmun va kuchli tanqidiy yo'nalish uning ilg'or dunyoqarashi, xalqchil falsafasi, o'z davridagi salbiy voqea- hodisalarga aniq tanqidiy munosabatidan shakllangan. Chuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrab ijodida ustivorlik qilgan hamda u yaratgan ko'pdan-ko'p asarlaming asosiy mazmunini tashkil etgan.
Mashrab ijodi mehnatkash xalqning, kambag'allarning nochor ahvoliga achinish, boy-amaldorlarning firibgarligi, poraxo'rlik, makr- hiylalar uchun darg'azablikning in’ikosidir.
Kattaqo'rg'on bekligidagi Minglar qishlog'ida tug'ilgan So'fi Olloyor (1644—1724) o'zining «Murod ul-orifm», «Sabot ul-ojizin», «Najot ul- tolibin» va boshqa asarlarida inson va adolatni, halollik va to'g'rilikni, oriflik, oshiqlikni targ'ib qiladi, nafs va xudbinlikni tanqid ostiga oladi.
So'fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari falsafiy-didaktik asar bo'lib, unda komil insonni tarbiyalab yetishtirish asosiy masala sifatida qo'yilgan. Uning fikricha, inson ma’lum bire’tiqodga ega bo'lishi zarur. E’tiqodsiz, aniq maqsadsiz kishi behuda umr kechirgan bo'ladi, umri zoye ketadi. Shoir inson fe’lidagi salbiy jihatlarni qanchalik iztirob bilan tasvirlasa, ijobiy tomonlarni shunchalik shavq-zavq bilan tasvirlaydi:
Ochuq qu'llik, kushoda yuzli bolg'il Muruvvatlik, muloyim so‘zli bo'lg'il...
Suchuk tildir ajib ganji muazzom Ato qilg ‘on hech bo'lmag'ay kam.
Shermuhammad Avazbiy o'g‘li Munis Xorazmiy (1778— 1829) taniqli o'zbek shoiri, taijimon va tarixchi olimdir. U «Munisul ushshoq» dcvoniga kirgan sheTlarida insonparvarlikka suyanib, o'sha davrdagi mavjud zulm va nohaqlikni, inson aql-zakovatining toptalishi va xo'rlanishini jonli tasvirlab beradi. Munis o'z davri tuzumining adolatsiz ekanligini, sinflar, toifalar, tabaqalar mavjudligini va ular orasidagi ziddiyatlami, adolat va mehnat barcha uchun barobar emasligini, axloq, huquq, siyosat, qonun boylar uchun bir xil, kambag'allarga esa boshqa xil ekanligini ko'rsatadi.
Munis shohlami ikki xilga odil va zolim shohlarga ajratadi. O'z fuqarolarining och yoki to'qligidan xabardor bo'lgan hukmdorni odil va dono shoh deb ataydi. Shoir xalqqa adolat ko'rsatadigan xalqparvar hukmdorni orzu qiladi. Shohlami insofga chaqirib u «Suv» g'azalida podshohga qarata xitob qilib: «Ey shoh, zulm qilma, tag'in mazlumlaring ashki davlaling binosini yiqmasin» deydi.
Munis ijodida axloq-odob, shaxs kamoloti, xalqparvarlik, odamiylik, yaxshilik va oliyjanoblik, mehnatsevarlik, hurmat va muruvvat, saxovat va mehribonlik, saminiiyat va sidqidillik, sabr va qanoat, halol 1 iк va javonmardlik kabi fazilatlar muhim o'rin tutadi.
Munis ijodida ma’rifatparvarlik g'oyalari kuchli namoyon bo'ladi. U xalqni ongli, ma’rifatli bo'lishga da’vat ctadi va jaholatdan yiroq bo‘lishga chaqiradi. U kishilarni yoshlikdan ilm egallashga kirishish zarurligini ko'rsatib, ilm-hunarda kamol topishning eng muhim fursati «fasli shabob» yoshlik davridir deydi:
Kamol kasbida Munis shitob qilki erur,
Hayot fursatikim bed a rang fasli shabob.
asroxiri XIX asming birinchi yarmida Qo'qon adabiy muhitida yashab, ijod qilgan, asli ismi Mohlar oyim bo'lgan Nodira (1792—1842) o'z lirik she’rlarida sevgi, vafo va sadoqatni ulug'ladi. Uning hayoti, faoliyatining ba’zi jihatlarini insonparvarlik va shafqatsizlik masalalari bilan bog'liq holda bahs-munozara darslarimizdan birida ko'rib chiqamiz.
Nodira himmal, sabr, qanoat, nomus, hayo xislatiarini ma’rifat, ya’ni Olloh vasliga yetishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli xislatlarni o'z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko'nglida asramog'ini obrazli tarzda ifodalaydi. Odamzot shu sifatlardan mahrum bo'lar ekan, u riyo yo'liga kirib ketadi.
Nodira o'z ijodida inson, tabiat va jamiyatni, insonning ruhiy dunyosini juda go'zal va jonli misralarda ifodalab beradi. U o'z she’rlarida islom ruhi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug'ini qidiradi.
XVI11 asr oxiri XIX asming birinchi yarmida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan zabardast shoiralardan biri Jahon otin — Uvaysiy (1771 1845) hisoblanadi. Uning g'azallarida lirik qahramon kamtar. odobli, nazokatli, oqila, fozila, vafodor, ifFatli va jozibali jonona sifatida namoyon bo'ladi. Uning she’rlarida o'sha davr ayollarining orzu-umidlari aks etgan. Barcha shod bo'lib, uning hissasi qayg'udan iborat bo'lsa ham, zamon kulfatidan ko'ngli dog' bo'lsa ham, yori jafo va sitam qilsa ham u yorga hamon sodiq qoladi. Shu bilan birga shoiraning ko'p she’rlarida mung, qayg'u ohanglari yangraydi, u o'zini tanho his qiladi. Badiiy mahoratning yorqin namunasi bo'lgan anor haqidagi chistonda to'rt devororasida unsiz fig'on chekayotgan erksiz ayollarning achchiq taqdirini. bag'ri qonlar nidosini ifodalaydi:
Bu na gumbazdir, eshigi. luynigidan yo V/ nishon Necha gulgun /юк qiz/ar manzil aylabdir makon.
1 _ ' Tuynugin ochib alarning holidan olsam xabar Yuzlarida parda tortug'liq turarlar, bag'ri qon.
XIX asr Xorazm ilmiy va adabiy muhitining yirik vakillaridan biri Muhammadrizo Erniyozhek o'g'li Ogahiydir (1809-1874). Uning ijodida
asr Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot o'z ifodasini topgan.
Ogahiyning ilm-fan, maktabning jamiyatda tutgan o'rni, aqliy va xulqiy tarbiya haqidagi qarashlari diqqatga sazovor. Uning fikricha. bola yaxshi fazilatlarni faqat ta’lim va tarbiya natijasidagina olishi mumkin. Shuning uchun u bola tarbiyasi bilan uning kichikligidan shug'ullanish lozimligini uqtiradi. Bola tarbiyasi juda nozik ish ekanligini, bunda xatoga yo'l qo'yib bo'lmasligini, bola yoshlikda juda ta’sirchan, tez qabul qiluvchi bo'lishini aytib, u yaxshi fazilatni ham, yomon odatni ham farqiga bormasdan qabul qilaveradi, deb yozadi. Bola yaramas odatlarni kasb qilmasligi, yaxshi oila va jamoada tarbiyalanishi, badxulq odamlardan o'zini tortishi, ular bilan hamsuhbat bo'lmasligi darkor. Bola xushmuomala bo'lishi, salomlashish, ota-onani hurmat qilish, yolg'on gapirishga o'rganmasdan, doimo to'g'ri va rost gapirishni, shirinsuxanlikni puxta o'rganishi lozim. Ko'p va me'yoridan oniq so’zlashni Ogahiy kishining katta nuqsoni deb hisoblaydi:
So'ziga boq agar bilmak tilarsan kimsa ahvolin.
Ki, asrori nihoni suratig 'a keldi mazhar so ‘z.
Ogahiy xon Feruzga bag'ishlangan «Qasidai nasihat» asarida saltanatni boshqarish to'g'risida yo'l-yo'riqlar berib, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo'llarini ko'rsatib beradi. Shoiming fikricha, har qanday davlat boshlig'i hokimiyatni mustahkamlash uchun ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi, podshohi himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli. kambag'alparvar bo'lishi zarur. Ogahiy hukmdor shu fazilatlarga ega bo'lsa hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog'i, aysh-ishratdan, fitna va g'iybatdan, g'aflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, molparastlikdan yiroq bo'lishi lozim.

Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish