Mavzu: XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyo mutafakkirlarining shaxs va jamiyat haqidagi qarashlari



Download 35,78 Kb.
bet2/4
Sana15.04.2023
Hajmi35,78 Kb.
#928741
1   2   3   4
Bog'liq
Turkiston tafakkur ahlining ijtimoiy qarashlarida shaxs va jamiyat masalalari

Komil Xorazmiy (1825-1899) o'zbek adabiyotining ilg'or namoyandalaridan biridir. U tom ma’noda lirik shoir bo'lib, uning hayotga munosabati nafis lirik kcchinmalarida o'z aksini topgan. Komil Xorazmiy o'z ijodida adolatni, taraqqiyotni yoqlab, xalqning ezgu umidlarini kuyladi, zulm va jaholatni qoraladi. Masalan, «Juhalo» (Johillar) g'azalida u amaldorlarning poraxo'rlikka berilib adolatni butunlay unutganligini, yomonlikka rivoj berib, ko'p mol-dunyo to'plaganligini, olimlarning obro'sini to'kib, johil va nodonlarni himoya qilganligini yozadi. j No'sh etib rish va mayin, etmas ulus dodig'a,
' уЛ Bilmadilar dame oyini adolat juhalo.
«-J •' Bo 'lubon homiyi arbobi fasod-u sirqat,
.. Jam' qildilar o'qush davlat-u sarvat juhalo.
Komil jamiyat va hayotga bo’lgan o'z qarashlarini shu davr va unda hukm surgan ijtimoiy-ma’naviy ahvoldan kelib chiqib ifodalaydi. Zulm va jaholat avjiga chiqqan kuularni o'z ko'zi bilan ko'rgan shoir xon saroyida ishlagan vaqtda va keyingi davrda ham doim xalq manfaatini o'yladi, xalqni o'ylaydigan aqlli, fozil kishilar davlat ishlaridan chetlatilib, ta’qib ostiga olinganidan norozi bo'ldi.
U jamiyatda soflik, axloqiy yetnklik uchun kurashga da'vat qiladi. Uning asarlarida kishilar o'rtasidagi ishq-muhabbat, ma’rifatparvarlik, tinch-totuv yashash g'oyalari targ'ib qilinadi. Uning ijodida ma’rifatparvarlik yetakchi hisoblanadi. U kishilar o'rtasidagi munosabatlarni, jamiyatni yaxshilashda bilim — ma’rifat asosiy rol o'ynashiga qattiq ishonadi va odamlarni ma’rifatga chaqiradi.
asming ikkinchi yarmida mainlakatimiz ijtimoiy fikri tarixida alohida o'rin egallagan taniqli shaxslardan biri Ahmad Donishdir (1827— 1897). Uning ijtimoiy qarashlari Buxoro amirligi sharoitida mavjud bo'lgan siyosiy tartiblar va harakatlami, davlat boshqaruvi va tuzilishini, amirlikning ichki va tashqi siyosatini ochib berishga xizmat qiladi.
Ahmad Donish ijtimoiy taraqqiyotga g'ov boMayotgan tartib va munosabatlarni tanqid ostiga oladi. Buxoro xonligini Ycvropa davlatlari, jumladan, Rossiya bilan taqqoslaydi va uning iqtisodiy, madaniy sohalarda orqada ekanligidan kuyinadi. Uni qoloqlikdan chiqarish uchun ijtimoiy- siyosiy tuzumda islohotlami amalga oshirish zamrligini uqtiradi. Bu albatta, o‘sha davr uchuri g’oyat dadil fikrlar edi. U o'zi tuzgan loyihalarda davlat bir guruh kishilarga emas. balki butun xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak, degan g'oyani asoslashga harakat qiladi.
Donishning fikriga ko'ra, hukmdor muhim davlat ishlarini o‘z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi, maslahatchilar ham donishmand va adolatli kishilar bo'lishi, hukmdor ularning maslahatlariga quloq solishi va ular bilan hisoblashishi kerak. Hukmdor bilimdon, ma’rifatli, odil va o'z fuqarolari manfaatlari uchun xizmat qilmog'i shart. U qanday masalani hal qilmasin, eng avval o'zini fuqaro oTnida, ularni esa o'z o‘rnida tasavvur qilmog‘i lozim. Bu adolatni ta’minlashga imkon yaratadi.
Tabiatan bilimga qiziquvchan bo'lgan Donish Sharq mutafakkirlari ta’limotini o‘rganish bilan bir qatorda G'arbda tarqalgan ijtimoiy-siyosiy ta’Iimotlar bilan ham qiziqadi. Uning bu boradagi intilishlari ko'pjihatdan Buxoro amirining Rossiyadagi elchisi lavozimida ko'rsatgan faoliyati bilan ham bog'liq. Ammo uning bu yo'nalishdagi fikrlari tanqidga uchraydi va Donish saroydan chetlashtiriladi.

Download 35,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish