Mahmudxoja Behbudiy (1879—1919) Turkiston xalqlari orasida ilm-ma'rifatni rivojlantirish ularning milliy-davlat rnanfaatlarini himoya qilish uchun zarur, degan fikrga keladi. Shundan kelib chiqib, u Turkiston xalqlari mavjud ichki ziddiyat va qarama-qarshiliklarga barham berishlari kerak, degan fikrni bildiradi. Bu fikro'z ahamiyati jihatidan hozirgi paytda ham ahamiyatga molikdir. «Agarbutun Turkiston birlashsa qon to'kilmaydi, yer va mulk ham bo'linmaydi, ana shunda kerakli vaziyat vujudga keladi. Mavjud ziddiyatlar haqida qanchalik gapirmaylik, shunday qilsak — birlashamiz, ziddiyatlar kuchaygan sari - baxtsizlik sari boramiz», deb yozadi Behbudiy.
Fevral burjua inqilobi jadidchilarni Rossiya tarkibida avtonomiyaga erishish mumkin degan fikrga olib keldi. Turkistonda milliy intilishlar in’ikosi sifatida «Shuroyi islomiya», «lttifoq» kabi partiyalar vujudga keldi. Tez orada jadidlar Muvaqqat hukumat va uning Turkistondagi hukumatining ilgarigidek mustamlakachilik siyosat olib borishiga ishonch hosil qildilar. Endi ular mustaqil Ta’sis majlisi chaqirish va Rossiya tarkibida mustaqil Turkiston avtonomiyasi tuzish uchun harakat boshladilar.
Jadidlar harakatining ilk bosqichida ular Turkistondagi barcha xalqlarni jipslashtirishga intilgan edilar. 1917-1919-yillardan bosh lab esa Turkiston muxtoriyati orqali milliy manfaatlami himoya qilishga e’tibor qaratdilar. M.Behbudiy hech kim va hech qanday hokimiyat xalqqa ixtiyoriy ravishda ozodlik bermaydi, degan fikrni asoslab berdi. «Tarixdan ma’lumki, — deydi u, — huquqlar tuhfa etilmaydi, balki qo'lga kiritiladi. Har qanday millat, xalq o'z kuchlarini birlashtirish va o'z intilishlari orqaligina o'z huquqlari, dini va siyosatini himoya qilishi mumkin. Biz, musulmonlar, jumladan Turkiston musulmonlari, hech kim bizning dinimiz va millatimizga tajovuz qilmasligini istaymiz, o'z navbatida biz ham hech kimga tajovuz qilish niyatimiz yo'qligini bildiramiz»U o'zining «Qonuni Ovrupo», «Haq olinur, berilmas!», «Loyiha», «Qozi va biylar haqida loyiha» kabi maqolalarida o'lkada huquqiy sohada kamchiliklar juda ko'p degan fikrni ifodalaydi. Jumladan o'lka ma’muriyati huquqiy masalalarni yuzboshi va qozilar qo'liga berib qo'yganligini, ular esa poraxo'rlikning gullab-yashnashiga ifnkon berganligini ko'rsatib o-tadi. Bu sohadagi ishlarning ahvolini tahlil qilgan Behbudiy Turkistonning har bir viloyatida davlat sudyalari tashkil etish taklifi bilan chiqadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, jadidlarning ko'pchiligi, xususan M.Behbudiy xalqda mavjud salbiy xarakterdagi odat va taomillar ham hayotni yaxshilashga xalaqit berishi mumkin deb hisoblaydi. Masalan, to'y-marakalarning ortiqcha dabdababozlik bilan o'tkazilishi, dafn marosimlari bilan bog'liq ortiqcha odatlaming borligi oilalaming moddiy holatiga katta ta’sir qilmoqda. Bunday odatlami imkon darajada qisqartirish kerak.
1914— 1915-yiHarda Buxoro jadidlari ikki yo'nalishga ajralib ketdilar. «Yosh buxoroliklar» yo'nalishi katta yoshlilar yo'nalishidan farqli ravishda ochiq norozilik chiqishlari uyushtirish yo'lini tutdi. S. Ayniy fikriga ko'ra, ana shu narsa harakatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashini belgilab berdi. U yosh buxoroliklami uzoqni ko'ra bilmaslikda, vaziyatni tahlil qila olmaslikda va haddan tashqari hissiyotga berilganlikda aybladi. Tarixiy rivojlanish shuni ko'rsatdiki, katta yoshlilar yo'nalishi vakillari — IJsmon Xo'jayev, Muhiddin Rafoat, Sadriddin Ayniy; Muso Saidjonov va boshqalar vaziyatni ancha to'g'ri baholaganlar. Shuning uchun jadidlarning katta avlodi islohotlarni ehtiyotlik bilan, qon to'kmasdan. asta-sekin va bosqichma- bosqich amalga oshirish tarafdori edilar.
Yosh buxoroliklar harakati (F. Xo'jayev, Fitrat) sovetlaming amirni ag'darish va inqilobni amalga oshirishda ularga chin dildan yordam berishiga ishonardi. F.Xo'jayev ancha keyinroq RKP (b)ning o'z maqsadlari uchungina yosh buxoroliklardan vosita sifatida foydalanganini tushundi.
Yosh buxoroliklar partiyasi o'zining islohotlar dasturiga ega edi. Uning loyihasi Fitrat tomonidan ishlab chiqilgandi. Siyosiy vaziyatdan kelib chiqib ular o'z oldiga global vazifalar yoki boshqarishning respublika shaklini kuch bilan joriy etish vazifasini qo'yishmagandi. F. Xo'jayev buni minimum dastur deb ataydi, unga muvofiq «boshqarishning monarxiya shakli o'zgartirilmaydi, konstitutsiya masalasi oldindan yechilmaydi,... ikki maqsad qo'yilgan: Buxoroda huquqiy davlat tuzish, o'rta asr sharq despotizmiga asoslangan nionarxiyani yevropacha monarxiya bilan almashtirish, xalqning madaniy va maishiy hayotini yaxshilash asosida Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatini mustahkamlash»1. Yosh buxoroliklar fikricha, amirlik boshqarish tizimi asosan saqlanib qolishi, faqat mahalliy boshqarish darajasida oqsoqollarni xalq saylashiga imkon berilishi kerak edi. Sudlov
tizimi shariat qonunlariga asoslanishi va ular ruhoniylar qo'lida qolishi ko'zda tutilgan edi.Yosh buxoroliklar Turkiston Markaziy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi dastur esa qanday qilib bo’lsa ham amirlikni ag’darish vazifasini qo'yadi. Unga muvofiq xalq respublikasini o’rnatish va hukumat tarkibiga aholining tarkibiga mos ravishda vakillar kiritish, umumiy saylov huquqini joriy etish ko'zda tutilgan. Huquqiy tizim qayta tashkil etilishi lozim. jinoiy sudlar ikki bosqichli bo'lishi kerak: birinchi instansiya sudlari xalq tomonidan saylanadi. ikkinchi instansiya esa tayinlanishi va birinchi instansiya sudlari qarorlarini nazorat qilishi kerak. Mazkur dasturda 8 soatlik ish vaqtini joriy etish, kasaba tashkilollarini tuzish, kreditlar va matlubotni tashkil etish masalalari ko'zda tutilgan edi.
Ma’lumki yosh buxoroliklar tarkibidagi ikki oqim — kommunistik va so l buxoroliklar guruhi o'zaro birlasha olmadilar. Natijada RKP (b) Turkbyurosi MK qarori bilan mazkur partiya asosida Rossiya kommunistik partiyasining bir qismi sifatida Buxoro kommunistik parliyasi tashkil etish qarori qabul qilindi. Qolgan voqealar esa bizga tarixdan yaxshi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |