Reja: 1 Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati



Download 15,16 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi15,16 Kb.
#422980
Bog'liq
Alpomish


Alpomish
Reja:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Doston qahramonlariga tavsif.
3)Dostondan olgan taassurotlarim
,,Alpomish" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Dostonni o'qish davomida o'ziga atashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining begonalarga xor bo'lmasligi uchun jonini tikkan buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do'st tutingani uchun Hakimbekning yonida o'zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko'pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg'och timsol-lari millatimizga xos baland sifatlarni aks ettirganligini ko'ramiz."Alpomish" dostonida o'zbek millatiga xos eng yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda, ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqimizning ma'naviy olamini ko'rsatuvchi ko'zgudir. Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu doston yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda bayram qilindi.
Xalqimizning engilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon kozlardan, balo, qazolardan asrashga qodir, kerak bolsa bu yolda jonini ham fido qilishga tayyor bolgan azamat oglonlarimiz — bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofasini ko`ramiz. Ishonamizki, har bir avlod mana shu qaqramonlik dostonini asrab- avaylab kelgusi avlodlarga etkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa qech qanday kuch enga olmaydi.
Lekin, Barchin Alpomishni sevardi. Shuning uchun u Alpomishga xabar yuboradi. Ozining ahvoli va shartlarini bildiradi. Alpomish xabarni eshitgach, qator sarguzashtlardan song qalmoqlar yurtiga etib keladi, Qorajon bilan dostalashadi. Alpomish bilan Qorajon bir taraf, alplar bir taraf bolib kurash boshlaydilar. Barchin qoygan shartlarni bajargach yana bir qancha sarguzashtlardan song oz yurti Qongirotga Barchinni olib qaytadi. Murod-maqsadiga etadi.
Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Alpomish» dostoni turli baxshilar tomonidan turlicha kuylangani sababli, uning syujetida turli xarakterdagi ozgarishlar mavjud. Bir variantga mavjud bolgan epizod ikkinchisida tushib qolgan yoki boshqacha planda berilgan. Hatto ma’lum tarixiy sharoitga xos bolgan ayrim yangi voqealar kirib qolgan. Ayrim obrazlar bir asarda bir xil talqin qilinsa, ikkinchisida ikkinchi xil beriladi. Jumladan, Barchin shartlari ba’zi varantlariga 2 ta ayrimlarida 3 ta xolos. Dostondagi voqea-hodisalar Boysun va Qongirotda yuz berganligi aniq aytiladi. Qongirot qabilasi eng qadimgi qabilalardan bolib, u ozbek, qozoq, qoraqalpoq va turkmanlarning uruglaridandir. Qongirot qabilasi asosan chorvachilik bilan shugullangan ular Amudaryo yoqasi va Boysun koli atrofida kochmanchilik bilan hayot kechirishgan. Dostonda tasvirlangan poyga otkazilgan joy Boboxon togi Termiz yaqinidadir. «Alpomish» dostonning boshqa xalqlarda mavjud bolgan variantlarida ham Amudaryo yoqasi, Boysun atrofi qayd etiladi. Bularning barchasi «Alpomish» dostoni Surxandaryo territoriyasida yaratilganligi va boshqa joylarga ham tarqalib shuhrat qozonganini korsatadi.
«Alpomish» dostoni uzoq zamonlardan buyon aytilib kelingani uchun ham unda turli davrlarga xos ijtimoiy sinfiy munosabatlar oz aksini topgan. Umuman qabilaga, elga samimiy muhabbat, dushmanga gazab va nafrat, mardlik va fidokorlik, oila baxti, samimiy sevgi, dostlik va sadoqat, inson va adolat, osoyishtalik va farovonlik uchun kurash dostonining etakchi goyaviy leytmotivini tashkil qiladi.Bu goyaviy motivlar dostonning bosh qahramonlari Alpomish va Barchin sevgisi sarguzashtlari fonida tashkil etiladi. Dostonda, shuningdek, Qaldirgoch, Qorajon, Toychaxon, Surxayil kampir, Ultontoz va Kokaldosh obrazlari yaratilganki, bularning har biri asar syujeti va kompozitsiyasida muayyan estetik maqsadni ochishdan katta orin tutadi. Bu obrazlar voqealarning rivojlanishi bilan birga osib, taraqqiy etib boradi, har bir obraz oziga xos xususiyatni gavdalantiradi.
«Alpomish» dostoni mashhur xalq qahramonlik eposidir. «Alpomish» qahramonlik, vatanparvarlik, xalqlar dostligi, birodarlik, chin sevgi va sadoqatni kuylovchi dostondir. Bu doston qadim zamonlarda vujudga kelib, asrlar davomida xalq baxshilari, shoirlar tomonidan kuylanib, takomillashib bordi. Bu doston xalq baxshilarining sevib kuylaydigan asardir. Birorta ozbek baxshisi yoqki, «Alpomish» dostonini zavq-shavq bilan kuylamagan bolsin. Shuning uchun «Alpomish» dostoning ozbek shoir va baxshilari tomonidan kuylanib kelgan va fol’klorshunoslikka yozib olingan 30 dan ortiq varinati bor. 1
Ana shu varintlari orasida eng mukammali va badiiy jihatdan pishiq ishlangani Fozil Yoldosh oglidan yozib olingan variantdir. Bu variant 1939 yilda Hamid Olimjon sozboshisi bilan chiqdi. «Alpomish» dostoni turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarda ham «Alpomish» dostoning turli variantlari bordir. «Alpomish» dostonining kurtaklari, patriarxal qabilalar hayotiga borib taqaladi. Dostonda ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, sinfiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi, qabila kambagallarining qul qilinishi hamda feodal munosabatlarining shakllanishi tasvirlangan. Ilmiy adabiyotlarda «Alpomish» dostoni XVI asrda tola shakllangan deb korsatiladi. 2
Ammo, Alpomish qaysi davrda yaratilgan bolmasin, unda xalq tarixi va kurashi, ozodlik uchun intilishi, xalq urf-odatlari ozining yorqin badiiy ifodasini topgan.
«Alpomish» dostonining Fozil Yoldosh ogli ogzidan yozib olingan varianti eng mukammali, ozbek va boshqa halqlari kitoblari orasida mashhuri hisoblanadi. Shuning uchun biz quyida ana shu Fozil shoir variantining qisqacha syujetini keltirish va shu xaqda fikr yuritishni lozim kordik.
Qadim zamonlarda on olti urug Qongirot elida Dobonbiy degan otgan ekan. Dobonbiydan Olpinbiy ismli farzand tugilibdi. Olpinbiydan esa ikki ogil paydo bolibdi. U kattasiga Boybori, kichigiga Boysari deb ism qoyibdi. Dobonbiy oz mamlakatining boyligini ikkiga bolib, uni Qongirot va Boysun deb ataydi. Biriga katta ogli Boyborini, ikkinchisiga kichik ogli Boysarini xukmdor etib tayinlabdi. Boybori bilan Boysari farzand kormaydi. Hatto toyda odamlarning gapini eshitadilar. Ular farzandsizlikdan eziladilar. Nihoyat Boybori bilan Boysarining xotinlari xomilador boladilar. Boybori ogil koradi ismini Xakimbek qoyadi. Boysari esa qizlik boladi, ismini Barchin qoyadi. Aka-ukalar farzandlarimiz voyaga etsa quda bolamiz deb ahd qilishadi. Xakimbek yoshligidanoq pahlavon bolib osadi, atrofdagilar uni pahlavon ya’ni «alp» deb atay boshlaydilar. Barchin ham gozallikda, aql-idrokida yagona bolib osadi.
Kunlarning birida Boybori bilan Boysari ortasida nizo kelib chiqadi. Buning sababi Boyborinng oz ukasi Boysaridan zakot talab qilishi edi. Akasiga zakot berishni istamagach Boysari oz urugi bilan qalmoq eliga panoh izlab ketadi. Yolda Boysari chorvasi qalmoqlarning ekin erlarini payhon qiladi. Bundan qattiq gazablangan Qalmoqshoh Boysariga dushmanlarcha munosabatda boladi. Qalmoqshohning 90 alp yigiti bolib, Barchinga oshiq bolib qoladilar. Zoravonlarcha sovchi yuboradilar. Mana shunday bir paytda Barchin qalmoq xukmdorining zoravonligiga qarshi ozini qutqarish uchun harakat qiladi. Otasining mushkul ahvolga tushib qolganligini korib, oz talantini ishga soladi. Qalmoqlardan qutilish yolini izlaydi. Shu maqsadda 4 shart qoyadi. Shart bajargan kishiga xotin bolishga tayyor ekanligini bildiradi. Shartlarning birinchisi ming qadam joydan tangani urish, ikkinchisi 90 alpni kurashdan engib chiqish, uchinchi kamon otganda yoyi sinmaslik, tortinchisi poygada ozish edi.
Download 15,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish