F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi


Vosita va metodlarning xususiyatlari. Umumiy va maxsus



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

7.7. Vosita va metodlarning xususiyatlari. Umumiy va maxsus
tayyorgarlikning nisbati
0 ‘tish davrida asosan faol dam olish, m ashq ko'rganlikni 
saqlash uchun qo‘llaniladigan um um iy jismoniy tayyorgarlik 
vositalari bisotidan olingan m ashqlar asosiy o‘rin egallaydi. Bun- 
da bir holatdan ikkinchisiga o'tishlarni keng qo‘llash yo‘li bilan 
faol dam olish tartibi yaratiladi. Bu ishlayotgan ayrim muskul 
guruhlarini alm ashtirib turishdan ko‘ra, ko‘proq butun faoliyat 
xarakterining o'zgarishidir va ayrim muskul guruhlari ishining 
shakllari va shart-sharoitlarini charchoq hosil qilgan asosiy faoli- 
yatdan keyingi tiklash jarayonlarini yengillashtiradigan va tez- 
lashtiradigan qilib almashlab turishdir.
Vositalarning tarkibi ancha xilma-xil bo'ladi. Jum ladan, tu - 
rizm , 
harakatli 
o‘yinlar, 
sport-ko'maklashuv 
gim nastika- 
si, qo'shim cha sport turlaridagi mashqlardan keng foydalanila- 
di. H arakat faoliyatining ilgari o'zlashtirilgan form alaridan ham , 
yangi formalaridan ham foydalanish m um kin. Biroq bunda yan- 
gi faoliyat formalari unchalik ko‘p vaqt ham da kuch-g‘ayrat ta- 
lab etmaydigan bo'lishi kerak. Sportchiga mashg‘ulot predm eti- 
ni tanlash va almashlash uchun keng im koniyatlar beriladi. Faqat 
faol dam olish shartlari buzilmasa bas.
Bu, albatta, faol dam olishning barcha vositalari birdek yaxshi 
va ularni tanlash um um an sport ixtisosiga b o g iiq emas, degan 
m a'noni bildirmaydi. Biroq barcha hollarda ham bu vositalar 
faqat bir m a’noda belgilab qo'yilmaydi. M asalan, sportning bir 
xil turida ixtisoslashayotgan sportchilar faol dam olishning h ar 
xil form alarini tanlashlari m um kin, sportning mutlaqo boshqa-
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshqa turlarining vakillari esa o‘tish davrini bir-biriga o‘xshagan 
vositalaridan foydalanish asosida tuzishlari m um kin. M asalan, 
gim nastikachi ham , suzuvchi ham , bokschi ham bu davrni tu - 
ristik sayohatda o'tkazishi, o‘z ixtisosining ba’zi bir vositalaridan 
esa qo'shim cha ravishda foydalanishi m um kin. Turizm (piyoda, 
chang‘ida, qayiqda, velosipedda va shu kabilarda) mashg‘ulotning 
m azkur davridagi faol dam olishni tashkil etishning serqirra, ko‘p 
hollarda esa eng ratsional vositasi va uslubidir.
0 ‘tish davri boshlangan zahoti, odatda, musobaqa mashqlari 
(tanlangan sport turidagi) va ko‘proq ishlatilib kelingan maxsus- 
tayyorlov vositalari bajarilmay qo‘yiladi. Bunda asosan maxsus 
tayyorgarlikning nisbatan m a’lum bir yo‘nalishda ta ’sir ko‘rsatishi 
bilan xarakterlanadigan (epchillikni rivojlantiradigan, ayrim 
muskul guruhlarining kuch sifatini yuksaltiradigan maxsus tay- 
yorlov mashqlari va hokazo) vositalari qoladi, ba’zan esa tanlan- 
gan sport turining yaxlit formalariga asoslangan m ashqlar ham
qo‘llaniladi, biroq bunda ularning kuch yoki tezlik xarakteristikasi 
kamayish tomonga o‘zgaradi (masalan, yuguruvchilarda o'rtacha 
jadallikdagi yugurish, suzuvchilarda o'rtacha jadallikda suzish va 
hokazo). Sport turining yaxlit formalariga asoslangan mashqlar 
nihoyatda uzoq davom etadigan ishga ko'nikishni talab qiladigan 
ko'proq siklli sport turlariga xosdir.
Maxsus tayyorgarlikning salmog'i ancha kamayadi. Biroq 
umumiy va maxsus tayyorgarlikning shu paytdagi konkret miq- 
dor nisbati sport turlarining xususiyatlariga qarab anchagina keng 
chegaralarda tebranishi mumkin: 4:1—19:1.
Shundan keyin o'tish davrining o'ziga xosligi m ashg‘ulot me- 
todlarini tanlashda namoyon bo'ladi. Sportchining jism oniy va 
psixik fazilatlariga qattiq talablar qo'yiladigan, dam olish inter- 
vallari kamayib boradigan va um um an qat’iy intervalli takroriy 
mashqlar, shuningdek, yuklam ani m aksim um darajasiga yetgun- 
cha zo'raytirib boriladigan m ashqlar tipidagi m etodlar bu davr 
uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bu vaqtda musobaqa m etodini asosan 
uni rasmiy musobaqalar va boshqa yuksak psixologik yuklam a 
talab etadigan musobaqalar bilan bog'lam asdan, m ashg‘ulotni 
uyushtirishning qo'shim cha usullaridan biri sifatida qo'llash 
m a’quldir.
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


7.8. M ikrotsikllar yuklamalari dinamikasi va tuzilishining
xususiyatlari
0 ‘tish davrida yuklamalar umumiy darajasi faol dam olish va 
mashq ko'rganlikni saqlab turish qonuniyatlari bilan belgilana- 
di. Bu yerda ikki qarama-qarshilik go‘yo birga qo'shilib ketgan- 
dek bo'ladi: birinchi tomondan, faol dam olish «yuklama»dan ibo- 
rat bo‘ladi, chunki faol dam olish faoliyatsiz bo'lmaydi va bunda 
ma’lum darajada ish potensial sarflanadi, ikkinchidan, ayni vaqtda 
«dam olish»dir, chunki unda boshqa faoliyatga nisbatan ish qobili- 
yati tiklanadi. Bunda tiklanish effektiga spetsiflk yuklamalar hajmi 
va jadalligini ancha kamaytirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy jis- 
moniy yuklama hajmi esa odatda ancha kattalashib ketishi mumkin. 
Ko‘p yillar davomida sport bilan shug‘ullanish natijasida harakat 
faoliyatiga ko'nikib ketish tufayli yuqori malakali sportchilarda 
o‘tish davridagi yuklamalar darajasi ko'pincha boshlovchi sportchi- 
lam ing tayyorlov davridagi yuklamalar darajasidan ortiq boiadi.
0 ‘tish davridagi m ikrotsikllar o'zining qat’iy aniqligi bilan farq 
qilmaydi. U lar faol dam olishning asosiy vosita sifatidagi faoliyat 
rejimiga moslab tuziladi. Misol uchun, ko‘p kunlik turistik sayr- 
ning o'tkazilish tartibi mikrotsikllar uchun asos bo‘lishi m um kin. 
Sportchilar o'zini qanday his qilishiga qarab, m ashg'ulot va dam
olish kunlarining soni shunday belgilanadiki, unda har kim o‘z 
kuch-quvvatining uzluksiz oshib borayotganini his etsin. Obrazli 
qilib aytganda, sportchi o'tish davrining oxirida tanlangan sport 
turi bo'yicha yangi-yangi yuksak m arralarni egallashga g'oyat 
kuchli orzu, intilish his etishi kerak.
Davriy jarayonning istalgan fazasi singari, o‘tish davri ham
qat’iy chegaraga ega bo'lmaydi. O rganizm ning funksional va 
adaptatsion imkoniyatlari tiklana borgan sari u navbatdagi sikl- 
ning tayyorlov davriga o'sib o‘ta boradi.
Agar sportchi tayyorlov davrida yetarli darajada yuksak yuk- 
lam alar olmagan bo‘lsa, ya’ni yetarli darajada tez-tez m ashg'ulot 
qilmagan, musobaqalar va shunga o‘xshash tadbirlarda kam qat- 
nashgan bo‘lsa, u holda o‘tish davri zarur bo'lm ay qoladi. Bun- 
day hollarda m ashg'ulot jarayonini ikkilangan sikl tipida, ya’ni 
musobaqa davridan keyin ikkinchi tayyorlov davri, so'ngra esa
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


ikkinchi musobaqa davri va faqat uning ketidangina o‘tish davri 
boshlanadigan qilib tashkil etgan m a’qul. Yarim yillik sikllardan 
foydalanilayotgan paytdagi ayrim hollarda ham m ashg'ulotning 
bunday tuzilishi to ‘g‘ri bo'ladi.
7.9. Sport mashg‘ulotining ko‘p yillik jarayon ekanligi
Sport bilan shug‘ullanish odatda sportchining yosh jihat- 
dan o‘sishidagi bir qator davrlarni o‘z ichiga oladi. Bunda 
mashg‘ulotning m azm uni va tuzilishi, yosh xususiyatlari va sport- 
da kamolotga erishish mantig‘iga muvofiq ancha o‘zgaradi. Sport 
bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanishning asosiy bosqichlarini 
quyidagicha keltirish m umkin:
• dastlabki sport tayyorgarligi bosqichi;
• boshlang‘ich ixtisoslashish bosqichi;
• chuqur takomillashish bosqichi;
• sportda «uzoq yashash» bosqichi.
M azkur bosqichlarning yosh jihatdan chegaralanishi sport turla- 
rining o'ziga xosligiga, sportchilaming individual xususiyatlariga va 
boshqa shart-sharoitlariga qarab anchagina o'zgarishlarga uchraydi.
Dastlabki sport tayyorgarligi bosqichi odatda kichik maktab 
yoshidan (ayrim hollarda undan ham erta) boshlanadi va sport 
ixtisosi predmetini tanlash bilan birga keyingi bosqichga o‘tadi. 
0 ‘z m a’nosidagi sport mashg'uloti haqida bu yerda g‘oyat shart- 
li ravishda gapirish m um kin, chunki uning xarakterli belgilari hali 
deyarli ifoda etilmagan bo'ladi. Mashg‘ulotlar, har tom onlam a jis- 
moniy ta’lim va tarbiya berishni uddalasa bo‘ladigan vositalaridan 
nihoyatda keng foydalangan holda, asosan um umiy tayyorgarlik 
tipida tashkil etiladi. Boshlovchi sportchi har xil sport mashqlarida 
o‘z kuchini sinab, murabbiy rahbarligida o‘z qobiliyatiga eng mu- 
vofiq keladigan bo‘lajak ixtisosi predmetini aniqlaydi.
Boshlang‘ich 
ixtisoslashish 
bosqichida, 
ayniqsa, 
sport 
ixtisoslashishi o'sm irlik yoshidan va undan ham ilgari boshlan- 
gan hollarda, um um iy tayyorgarlikdan keng foydalanish asosiy 
o‘rin n i egallashda davom etadi. Maxsus bosqichdagi eng asosiy 
vazifa bo‘lg‘usi yutuqlarga ishonchli poydevor qo‘yishdan, ya’ni 
organizm ning h ar tom onlam a garm onik rivojlanishini ta ’m in 
etishdan, uning funksional im koniyatlari darajasini ko‘tarishdan,
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


xilma-xil harakat, m alaka va m ahoratlarini boyitishdan, sport 
m ahoratining asoslarini egallashdan iborat. M um kin qadar yuk- 
sak sport ko'rsatkichlarini mo‘ljallash bu yerda cheklanibroq 
uzoq istiqbolni egallash sifatida amalga oshirilishi kerak.
Tajribalar boshlang'ich ixtisoslash «ko‘pkurash»namo bo‘lishi 
m a’qul ekanligini ko‘rsatadi. M asalan, suzuvchi dastlab sportcha 
suzishning barcha yoxud bir necha turlarida ixtisoslashadi, 
yengil atletikachi esa, uchkurashda, beshkurashda ixtisoslashadi 
va hokazo. Bu m ashg'ulotning m azkur bosqichidagi um umiy 
yo'nalishiga muvofiq keladi va shu bilan birga tor ixtisoslashtirish 
predm etini 
uzil-kesil 
belgilash 
vaqtidagi 
xatolarga 
qar- 
shi qo‘shim cha kafolat yaratadi. Ba’zi hollarda sportchi asosiy 
ixtisoslashish predm etini uddalash osonroq m ashqlar bajari- 
ladigan yaqinlashtiruv ixtisoslashishi orqali tanlaydi (masalan, 
bo‘lajak stayer boshlang'ich ixtisoslashishda ancha qisqa m aso- 
falarga yuguradi). Bunday yo‘l yosh xususiyatlari im kon beradi- 
gan darajaga yetishini kutmay, zarur m ashg'ulot staji va musobaqa 
tajribasini orttirish im konini beradi. Shuning uchun tanlangan 
sport turi m ashg'ulotlarida yoshga bog‘liq shartlar qancha yuqori 
bo‘lsa bu yo'ldan shuncha keng foydalaniladi.
Boshlang‘ich ixtisoslashish yillarida mashg‘ulot jarayoni sport 
m ashg'ulotining barcha xarakterli belgilarini faqat asta-sekin 
egallab boradi. Dastlabki paytlarda maxsus tayyorgarlikning 
salmog'i nisbatan katta bo'lmaydi. M ashg‘ulot yuklam alarining 
hajmi va jadalligi kelajakdagiga qaraganda ancha kam sur’atda 
o‘sib boradi. Bu, ayniqsa, bolalar va o'sm irlar m ashg‘ulotiga taal- 
luqlidir, chunki ularda organizm ning tabiiy ravishda o‘sib bori- 
shi tufayli plastik alm ashinish nihoyatda yuksalgan bo‘lib, buning 
o‘zi bola uchun kattakon funksional yuklam a hisoblanadi.
M ashg‘ulotni davrlashning ham o‘z y o ii bor. Dastlabki vaqt- 
larda mashg‘ulot siklida deyarli butunlay tayyorlov davri asosiy 
o‘rin n i oladi. Musobaqa davri va o'tish davri go‘yo «qisqargan» 
ko‘rinishda b o iad i. Shu bilan birga m ashg'ulot vositalari, metod- 
lari va shakllarini, yuklam alar kattaligi va eng yaqin yo‘nalishini 
keng k o iam d a almashlab turiladi. Ko‘p hollarda (ayniqsa bola- 
lar va o‘sm irlar mashg‘ulotida) m ashg'ulot sikllarining uzunligi 
qisqartirilgan b o iish i kerak.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ko‘rib chiqilayotgan bosqich oxiriga yaqinlashib qolgan- 
da mashg‘ulot jarayoni tobora ko'proq va to'liq sportda yuksak 
natijalarga erishish uchun zarur bo'lgan qonuniyatlarga muvofiq 
o‘zgartiriladi. Boshlang'ich ixtisoslashish bosqichi taxm inan 
2—3 yilni o‘z ichiga oladi. Bunda aw alo sportchining individual 
xususiyatlariga va sport turining o‘ziga xosligiga qarab bu m ud- 
datlar ancha o‘zgarib ketishi ham m um kin. (M azkur bosqich 
oxiriga kelib sportchi yagona sport tasnifining taxm inan ikkinchi 
razryadi darajasiga erishmog‘i kerak.)

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish