foydalaniladi, bunda ularaing m ashg'ulotlarda qanday to'plangani
va bir-biri bilan qanday tartibda alm ashinib turishiga ham as-
lo befarq qarab bo'lmaydi. M asalan, tezkorlik m ashqlarini ko‘p
hollarda chidam lilik mashqlari bilan bir mashg‘ulotda bajarish
to‘g‘ri bo‘lmaydi. U lar turli mashg‘ulotlarda to'plangan bo‘lsa,
tezkorlikni rivojlantirishga m o‘ljallangan m ashqlar bajariladi-
gan mashg‘ulotlar asosan chidam lilikka aham iyat beriladigan
mashg‘ulotlardan oldin bo'lsa eng yaxshi sam ara beradi. Boshqa
mashg‘ulotlarga nisbatan ham shu kabi m a’lum
navbat tartibi
saqlanishi kerak. Bular bari m ikrotsikllar tuzilishida o‘z ifodasi-
ni topadi.
U chinchidan, m ehnat va o‘quv faoliyatining um um iy rejimi
m uhim ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mashg‘ulot mikrotsikl-
larining ko‘pincha bir haftalik bo'lishi ham tasodifiy emas. Bu
mashg‘ulot jarayonini optimal tashkil etish talablariga ham isha
ham javob bermasada, rnehnat va o‘quv haftasining ritmiga oson-
roq mos tushadi.
Nihoyat, m ashg'ulotning tuzilishi va mazm uni m untazam sur’-
atda o‘zgarib turgani uchun, m ikrotsikllar m ashg'ulot
jarayoni-
ning bosqich va davrlari xususiyatlariga qarab qayta tuzilib tura-
di. M ikrotsikllar, aslini olganda, mashg‘ulot tuzilishining eng
variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi m ikrotsikllarning
m azm uni va tuzilishiga zarur o'zgarishlar kiritish bilan (ya’ni
mashqlar kompleksini, m ashg'ulot jarayonlari
ham da dam olish
kunlari miqdorini, ularni almashtirib turish tartibini, yuklam a-
lar kattaligini, ular hajmi ham da jadalligining dinam ikasini va
hokazolarni o'zgartirish bilan) mashq ko'rganlikni taraqqiy etti-
rishga xalaqit berishi m um kin bo‘lgan xilma-xil tashqi ta ’sirlarga
barham beradi va shu yo‘l bilan m ashg'ulot jarayonining umumiy
oqim ini ta’m in etadi.
Navbatdagi har bir sikl o'zidan oldingisini
shunchaki takror-
lab qolmay, balki yangi asosga, shu jum ladan, m ashg'ulot vosita
va m etodlarini qisman yangilash asosiga quriladi ham da odatda
mashg'ulot yuklam alarining yuksakroq darajasida o ‘tadi (yuk-
lam ani ko'paytirish yosh xususiyatiga qarab m ashg'ulotlar yukla-
masining um um iy hajmi stabillashib, keyinchalik esa pasaya bo-
rishi hollariga taalluqli emas).
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sikllilik sport mashg‘ulotining
asosiy qonuniyatlaridan bi-
ri sifatida sistemalilik va ilgarilab borish tam oyillaridan foyda-
lanishga bevosita aloqadordir. Bu qonuniyat mashg‘ulotlarning
ketma-ketligini belgilashda ham , yuklam a va dam olish tizim i-
ni tuzishda ham va m ashg‘ulot jarayonlari tuzilishiga aloqador
boshqa barcha m uam m olarni hal etishda ham m untazam ravish-
da hisobga olib borilishi kerak.
Shunday qilib, sport mashg‘uloti murabbiy va sportchi faoli-
yatining natijalari belgilaydigan o‘ziga
xos spetsifik qonuniyat-
larga ega ekan. Faqat ana shu qonuniyatlarni bilib olgandagina
ham da ulardan ta'lim va tarbiyaning um um iy prinsiplari bilan
birgalikda mahorat bilan foydalanilgandagina sport taraqqiyoti-
ning cho'qqilari sari ishonch bilan borish m um kin.
Do'stlaringiz bilan baham: