F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi


www.ziyouz.com kutubxonasi V II bob. SPO R T M A S H G ‘U L O T IN I DAVRLASH



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

28
www.ziyouz.com kutubxonasi


V II bob. SPO R T M A S H G ‘U L O T IN I DAVRLASH
7.1. M ashg‘ulot jarayonidagi davriy o‘zgarishlarning 
sabablari va shartlari
Sport formasining tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha 
yo'qotilishi nihoyatda aniq m ashg'ulotlar ta’siri natijasida ro‘y be- 
radi. Sport formasining taraqqiyot fazasiga qarab ularning xarak- 
teri o'zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg'ulot jarayoni uch 
davrga bo‘linadi:
1) sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar 
yaratiladigan davr (tayyorlov davri);
2) sport formasini saqlab turadigan va uni sport yutuqlariga 
aylantiradigan davr (musobaqalar davri);
3) zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beradi- 
gan davr. Bu davr m ashg'ulotning kumuliyativ effekti o‘ta mashq 
ko'rganlikka o‘tib ketishi oldini oladi va shu bilan sport takom ili- 
ning ikki bosqichi o'rtasidagi uzviylikni ta'm inlaydi (o‘tish davri).
Tayyorlov davri (uning umumtayyorgarlik ham da maxsus tay- 
yorgarlik bosqichlari) sport formasini umum iydan maxsus jis- 
moniy tayyorgarlikka sekin-asta o‘tishdagi vazifalarni, masala- 
larni yechadi, so‘ngra unga texnik va taktik yo'nalishdagi katta 
vazifalarni kiritadi. Boshqa ketma-ketlik unchalik sam arali emas, 
chunki jismoniy tayyorgarlikning sezilarli darajada oshishi, 
ko'payishi musobaqali m ashqlar xususiyatlarining o'zgarishini 
talab qiladi, bu esa bo‘lajak texnik tayyorgarlikni qisman bo‘lsada 
qadrini yo'qotadi.
Musobaqa davri (m usobaqadan oldingi bosqichni ham hisob- 
ga olgan holda) sport form asini rejalashtirilgan sport natijalari- 
ga erishish m aqsadida tiklash tufayli yuqori musobaqa im koni- 
yatini yaratishni ta'm inlashi lozim. Buni am alda qo‘llash o'ziga 
yarasha, ya’ni sportchi holatini musobaqalar ta ’sirida nazorat 
qilish kabi m urakkabliklarga ega. Q o'shim cha qiyinchiliklar 
ko'pincha bir qancha sport turlari bo‘yicha m usobaqalar taqvi- 
m ining cho'zilishiga olib keladi ham da bir necha oy davomida 
musobaqa im koniyatini yuqori bosqichda ushlab turish zarurati- 
ni uyg'otadi.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘tish davri musobaqa yuklamasi o‘zgarishining yo‘nalishi, 
maxsus tayyorgarlik vositalarining qisqarishi, faol dam olish bi- 
lan bog‘liq. Shu tufayli keyingi makrotsiklda avvaliga musobaqa 
imkoniyatining alohida kom ponentlarini oshirish m um kin, 
keyin esa sport formasiga erishishi orqali uni yuqori bosqichga 
olib chiqishi mum kin. Bundan kelib chiqadiki, o‘tish davrini sport 
mashg‘ulotiga kiritish m akrotsiklini kerakli holatda saqlanish- 
ning zaruriy talablaridan biridir.
Mashg‘ulotning ko‘p yillik jarayonining turli yo‘nalish va bos- 
qichlaridagi vazifalari va m azm unlari keyingi bobda qisqacha 
ko‘rib chiqiladi, faqat sportchining ko‘p yilligidan tashqari. Bu 
bosqich sport mashg‘ulotining ko‘p yillik jarayonini yakunlaydi 
va erishilgan natijalarni, ko'nikish jarayonini, texnik, taktik mu- 
sobaqa tajribasi orqali pasayishni, yosh bo'yicha o‘rn in i to ‘ldirish 
tufayli barqaror holatda bo'lishini ta'm inlaydi.
Keyingi bosqichda (umumiy ishchanlikni saqlab turish) jis- 
moniy tarbiya m ashqlarining sistematik vazifalarini davom etti- 
rish zarur, aks holda, faoliyatning birdaniga o'zgarishi inson sa- 
lomatligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Mashg‘ulot davrlari xususiyatlarini ko'rsatish — h ar bir davr- 
da mashg'ulot jarayonining m azm uni va tuzilishini xarakterlab 
beruvchi o‘ziga xos belgilarni ko'rsatish va shu bilan birga bir 
davrdan ikkinchi davrga o'tilishi munosabati bilan bu belgi- 
lar qanday o'zgarishini kuzatib borish demakdir. Shuni unut- 
maslik kerakki, davrlash asosan sportchi tayyorlashning amaliy 
bo'lim lariga taalluqlidir. Sportchining ongini va xulqini, um u- 
man tarbiyalash singari bo'lim larning esa o‘z taraqqiyot m antig'i 
bo‘lib, ular mashg'ulot davrlariga qismangina bog'liqdir.
7.2. Tayyorlov davri
Tayyorlov davrida, yuqorida aytganimizdek, sport formasiga 
kirish uchun kerakli sharoit yaratilishi va rivojlantirilishi ham da 
sport formasi bevosita paydo bo‘lishi ta'm inlanishi lozim. Shunga 
binoan bu davr ikki asosiy bosqichga bo'linadi. U larning birin- 
chisi, odatda ko'proq davom etadigan bosqichdir.
Tayyorlov davrining birinchi (umumiy tayyorgarlik) bosqichi 
m ashg'ulotning yo'nalishli ekaniligi. Birinchi bosqichda sport
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


formasining m ustahkam poydevorini yaratish kerak. Bu vazifa 
sportchi tayyorgarligining asosiy bo'lim lariga muvofiq quyida- 
gicha aniq hal etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikda birinchi darajali vazifa organizm ning 
barcha jismoniy xislatlarini h ar tom onlam a rivojlantirish yo‘li 
bilan uning funksional imkoniyatlari um um iy darajasini ancha 
yuksaltirishdan iborat. M azkur bosqichdagi jismoniy tayyorgar- 
lik ixtisosni chuqurlashtirishdan ko‘ra ko'proq tanlangan sport 
turida yutuqqa erishishga bevosita yoki bilvosita sabab bo'luvchi 
funksional im koniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgandir. 
Buning sababi shundaki, sport formasi kelajakda qay darajada 
bo‘lishi avvalo jism oniy tayyor ekanlikning dastlabki darajasiga, 
shuningdek, um um iy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik- 
ka nisbatan asos soluvchi rol o‘ynashiga bog'liq. Birinchi bosqich- 
da sportchining jismoniy kamol topishidagi turli yo'nalishlarning 
o‘zaro aloqadorligidan foydalanish uchun ancha qulay im koni- 
yatlar mavjud. Jismoniy fazilatlarning «bevosita va bilvosita 
o‘tish»idan keng foydalanish jismoniy tayyorgarlikning bu bos- 
qichdagi asosiy mexanizmi bo'lib xizmat qiladi.
Sport-texnik va taktik tayyorgarlikda birinchi bosqichdagi 
xarakterli vazifalar quyidagilardan iborat: sport faoliyatining naza- 
riy asosini tashkil etuvchi bilim lar olish va u lam i m ustahkam - 
lash; tanlangan sport turida kamolotga erishish uchun qulay 
sharoit yaratuvchi harakat mahorati va m alakalari fondini ken- 
gaytirish; tanlangan sport texnikasi va taktikasi (asosan, xususiy 
va bir-biriga o‘tuvchi) tarkibiga kiruvchi m ahorat va m alakalarni 
shakllantirish yoxud qayta tartiblash va takomillashtirish.
M azkur vazifalar tanlangan sport turida texnik va taktik ji- 
hatdan kamolotga erishish birinchi galda um um iy jism oniy 
m a’lumotga, bilim , malaka va m ahorat zaxirasini sistematik 
boyitib borishga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Shuningdek, 
harakat ko‘nikm alarining ijobiylaridan foydalanish va «salbiy 
ta'sir ko‘rsatuvchi»larini yengib o‘tish yo‘li bilan tanlangan sport 
turidagi xususiy va «mayda» m alakalardan yaxlit formalaiga o‘ta
borish ham qonuniy bir holdir.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish