F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/92
Sana12.05.2023
Hajmi5,13 Mb.
#937131
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

3.2. Fauna tarkibi. Endemizm
U yoki bu regionning fauna tarkibi tarixiy rivojlanish jarayonida 
turli guruhlarga mansub hayvonlardan tashkil topadi. Ba’zida bunday 
guruhlar turli tarixiy davrlarda mazkur hududga boshqa regionlar- 
dan kirib keladi. Faunistik majmualaming kelib chiqishini aniqlash 
va ayniqsa, alohida turlaming fauna tarkibiga qayerdan kelib qolgan 
ligini tushuntirish juda murakkab, ba’zida esa bunmg imkoni ham 
yo‘q. Shu sababli, bir nechta turlaming bitta faunistik majmuaga te 
gishliligi, birinchi navbatda ulaming areallarini o‘zaro muvofiqligi, 
o‘xshashligi bilan tushuntiriladi. Har bir fauna tarkibidagi faunis 
tik majmualar turli fizik va geografik sharoitlarga, landshaftlarga, 
o‘simlik jamoalariga moslashganligi bilan o‘zaro farq qiladi. Shunga 
ko‘ra, tundra, tayga, o‘rmon, dasht, chala cho‘l, cho‘l va boshqa fau 
nistik majmualar o‘zaro farqlanadi. Muayyan faunani tashkil etuvchi 
faunistik majmualar soni turlicha bo‘lishi mumkin. Dasht mintaqa- 
sining faunasini bu joyda dominantlik qiluvchi dasht faunistik maj­
muasi, kosmopolit turlar majmuasi, o‘rmon va cho‘l majmualarining 
ayrim faunistik elementlari tashkil etadi.
Amaliyotda fauna tur tarkibining ro‘yxati to‘liq berilgan birorta 
ham faunistik tadqiqotlar uchramaydi. Buning sababi, birinchidan, 
hatto nisbatan kichik va ekologik jihatdan ma’lum darajada bir xil 
bo‘lgan hududda turli-tuman hayvon turlarining uchrashi, ikkinchi- 
dan, sohada mutaxassislar, ya’ni sistematiklaming yetishmasligidir. 
Shu asosda fauna tarkibini to‘liq o‘rganish o‘miga faqat bir yoki bir 
nechta hayvon guruhlarini o‘rganish bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi 
(omitofauna, ixtiofauna, entomofauna va hokazo).
Ma’lumki, har qanday fauna muayyan sistematik tarkibga ega 
bo‘lib, fauna tarkibi haqida fikr yuritish va uni boshqa faunalar bilan
47


solishtirish uchun barcha hayvon guruhlari to‘g‘risida ma’lumotga 
ega bo‘lish lozim. Fauna tarkibini aniqlash uchun turli sistematik 
birliklaming miqdoriy nisbatlarigina emas, balki faunaning geo 
grafik tahlili, ya’ni uning tarkibiga kiruvchi turlaming tarqalishidagi 
o‘xshashlik va farqlami aniqlash juda muhim. 0 ‘xshash tarqalishga 
ega bo‘lgan turlar faunaning geografik elementlari deb ataladi. Tarqa- 
lish xarakteriga mos ravishda bunday elementlar muayyan nomga ega 
bo‘lishadi, masalan, shimoliy, janubiy, sharqiy va g‘arbiy geografik 
elementlar. Bunday nomlar faqat oblast faunasini geografik tahlil qi- 
lish uchun qo‘llaniladi. 0 ‘rta Osiyo faunasi elementlarining tarqalish 
xususiyatini xarakterlash uchun O.L.Krjanovskiy (1975) quyidagi 
terminlami qo‘llagan: endemik, subendemik, 0 ‘rta Yer dengizi, 0 ‘rta 
Osiyo, Palearktika va boshqalar. Bu sohada adabiyotlarda quyidagi 
terminlar ham keng qo‘llaniladi: Yevropa-Sibir, Sharqiy Sibir (An- 
gar), Markaziy Osiyo, Boreal va boshqalar. Shunday qilib, faunani 
geografik tahlil etish unga kimvchi turlaming tarqalish tipi haqida 
ma’lumot beradi. Ammo fauna haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish 
uchun bu yetarli emas. Bu o‘rinda turlaming kelib chiqish ehtimol 
larini, ulami qanday qilib fauna tarkibida paydo bo‘lganini aniqlash 
juda muhim. Mazkur masalalar faunani tarixiy, ya’ni genetik tahlil 
qilish orqali hal etilishi mumkin. Bu nafaqat turning, balki avlodlar- 
ning areallarini o‘rganish asosida o‘z yechimini topadi. Buni amalga 
oshirishda dastlab o‘rganilayotgan hududda faunaning qaysi element­
lari paydo bo‘lganligi va qaysilari boshqa markazlardan tarqalish oqi 
batida kirib kelganligi masalalarini hal etish talab etiladi.
0 ‘rganilayotgan hudud chegarasida tur sifatida paydo bo‘lgan 
va shu yerda yashayotgan fauna elementlariga avtoxton elementlar, 
o‘rganilayotgan hududga boshqa xududlardan kirib kelgan fauna ele­
mentlari esa alloxton elementlar (immigrant turlar) deyiladi.
Faunaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri endemizmdir. 
Qandaydir muayyan oblastdagina uchraydigan va boshqa hech qa- 
yerda uchramaydigan tur, avlod va boshqa toksonomik birliklar en 
demik sistematik birliklar deb ataladi. Nisbatan keng tarqalgan turlar
48


faunalar orasidagi aloqalami, endemiklar esa aksincha, faunalaming 
bir-biridan tubdan alohidalashganligini ifodalaydi. Endemizm foizi 
orol faunalarida va tog‘lik hududlarda nisbatan yuqori bo‘lib, bu- 
ning asosiy sababi geografik alohidalanishdir (izolatsiya). Chunki 
geografik izolatsiya tur hosil bo‘lish jarayonining zaruriy shartidir. 
Turning barcha belgilari geografik o‘zgaruvchanlikka moyil bo‘lib, 
o‘z navbatida bunday vaziyat tur genofondining o‘zgarishiga va 
populatsiyaning genetik qayta qurilishiga olib keladi, natijada yangi 
tur shakllanadi. Qo‘ng‘izlaming Carabus avlodi Mustaqil davlatlar 
hamdo‘stligining Yevropa qismidagi tekisliklarda 30 turdan iborat 
bo‘lib, 0 ‘rta Osiyo tog‘liklarida esa yuzlab turlami hosil qiladi va 
ulaming barchasi endemikdir. Yuqoridagilar tog‘larda endemiklar- 
ning paydo bo‘lishi uchun qulay sharoitlar mavjudligini ko‘rsatadi. 
Shu bilan birga, endemiklaming mo‘lligi faunaning shakllanishi uzoq 
muddatni egallaganligidan ham dalolat beradi. Ko‘pchilik faunalar 
tarkibida esa deyarli endemik taksonlar, ya’ni subendemiklar uchray- 
di. Avstraliya faunasida xaltali sutemizuvchilaming 8 ta endemik 
oilasi, qushlaming 100 ta endemik avlodi uchrasa, Neotropika fau­
nasida sutemizuvchilaming 17 ta, qushlaming 26 ta endemik oilalari, 
Palearktikada esa sutemizuvchilar va qushlaming bittadan oilalari en­
demiklar sanaladi.
Evolutsion nuqtayi nazardan, endemik turlaming ikki xil kategori- 
yasi, ya’ni paleoendemiklar (relikt endemiklar) va neoendemiklar 
(progressiv endemiklar) farqlanadi. Paleoendemiklarga qadimda 
areali keng bo‘lgan, hozirda esa faqat tor arealda va bir joydagina 
saqlanib qolgan hayvon turlari kiradi. Relikt endemik avlodlar 
ko‘pincha bir nechtagina yoki bitta turdan tashkil topadi (monotipik 
avlod). Relikt endemiklarga Yangi Zelandiyadayashaydigan gatteriya 
yaqqol misol bo‘la oladi. Paleoendemiklar juda qadimiy turlar bo‘lib, 
ular o‘tmishda yer tarixining geologik epoxalarida shakllangan va 
odatda, bir vaqtlar keng tarqalgan guruhlarga tegishlidir. Ayni vaqtda 
ulaming areali dastlabki arealining faqatgina bir qismini egallaydi, 
xolos. Paleoendemiklaming yashab qolish imkoniyati juda cheklan-
49



Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish