Nazorat topshiriqlari
1. Cho ‘llarning geografik о ‘rni va cho ‘Ining shakllanishiga sabab
bo ‘luvchi omillar haqida nimalarni bilasiz?
2. О ‘rta Osiyodagi cho ‘liar va ularga xos ekologik xususiyatlar
haqida so ‘zlab bering.
3 Cho ‘Ida yashovchi hayvon turlari va ulaming cho
7
sharoitiga
nisbatan moslanishlarini misollar bilan tushuntiring.
4. Cho
7
tiplari, ulaming ekologik xususiyatlari va hayvonot dun-
yosini qiyosiy tavsiflang.
5. Cho ‘Ida yashovchi turlarda qanday morfo-fiziologik belgilar
kuzatiladi?
6. Moslanishlar hayvonlar hayotida qanday ahamiyatga egaligini
misollar yordamida tushuntiring.
7.
Orolqum va uning atrof-muhitga ta ’siri haqida nimalarni bila
siz?
42
Ill BOB. FAUNA HAQIDAGI TA’LIMOT ASOSLARI
3.1. Zoogeografiyada fauna tushunchasi
Zoogeografiya fani qator umumbiologik qonuniyatlar bilan bir
qatorda ayrim xususiy tushunchalami ham o‘rganishni taqozo etadi.
Bunday tushunchalar negizida areal va fauna tushunchalari yotadi.
Har qanday zoogeografik tadqiqot muayyan joydagi hayvonot dunyo-
sining tur tarkibini aniqlashdan boshlanadi. Shunday ekan, muayyan
chegaraga ega bo‘lgan joyning faunistik elementlarini aniqlash, uning
shakllanish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, maz-
kur elementlarning egallagan areali, soni va undagi o‘zgarishlarni
o‘rganish orqali zarur materiallarni yig‘ish va natijaga erishish mum-
kin. Fauna tarkibidagi turlar xilma-xilligi Yer planetasida sodir bo‘lib
o‘tgan geologik evolutsiya to‘g‘risida ham muhim xulosalar chiqa-
rishga asos bo‘ladi. Jumladan, Avstraliya va Amerika materiklarining
ajralishi bilan bog‘liq o'zgarishlar ulaming faunistik tarkiblarida ham
o‘z aksini topgan. Fauna Har qanday biogeotsenozning ajralmas qismi
sifatida muayyan biogeotsenozdagi ekologik holatni o‘zida aks et-
tiruvchi “indikator” xususiyatiga ham ega. Masalan, fauna tarkibida
turli ekologik guruhlarga mansub hay von turlarining uchrashi, ushbu
fauna egallagan hudud ko‘pchilik turlai; uchun qulay yashash sharoit-
lariga egaligidan dalolat beradi.
Faunaning yoshi va genezisi to‘g‘risidagi materiallar zoogeografik
oblastning qadimda va hozirda boshqa oblastlar bilan aloqasini, uning
tarkibidagi mahalliy hamda kelgindi turlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami
olish va tegishli xulosalar chiqarish uchun asos bo‘ ladi. Turli oblastlar
faunalarini o‘zaro solishtirish orqali tahlil qilish, uning turlar soni ko‘p
yoki kam ekanligini aniqlash imkonini beradi. Fauna tarkibida tur-
larning ko‘pligi nafaqat hududning maydoniga, balki boshqa faunis
tik komplekslar bilan aloqasiga, hududdagi mavjud ekologik sharoit-
43
larga, fauna yoshiga va boshqa qator omillarga bog‘liq boMib, mazkur
omillami chuqur o'rganish esa ko‘pchilik hayvon turlarining yashashi
uchun qulay bo‘lgan ekologik sharoitlaming qanday xususiyatga ega
bo‘lishi to‘g‘risida umumiy xulosalar chiqarishga olib keladi. Turlar-
ning yashash muhitlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish esa, ular-
ni iqlimlashtirish, sonini ko‘paytirish, arealini kengaytirish, zarurat
tug‘ilganda sonini cheklash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda alo-
hida ahamiyatga ega. Faunaga antropogen omillaming ta’siri va uning
oqibatlariga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘rganish esa kelajakda Yer
t>lanetasida biologik xilma-xillikni saqlab qolishda o‘rin tutadi. In-
Sonning tabiatga, jumladan, hayvonot olamiga ko‘rsatayotgan ta’sir
'loirasi kengayib, chuqurlashib borayotgan bir davrda, alohida turlar-
^ing biologiyasi va ekologiyasini chuqur o‘rganishga nisbatan ehtiyoj
^undan-kunga oshib bormoqda. Ayniqsa, yangi turlarni iqlimlashtirish
va qayta iqlimlashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda
^ududdagi ekologik sharoitlarni, iqlimlashtirilayotgan turning boshqa
^ rla r bilan bo‘ladigan munosabatlarini hisobga olgan holda ish yuri-
^sh samarali natija beradi. Kelajakda tabiiy komplekslarda insoni-
^ tn in g moddiy va ma’naviy ehtiyoj larini qondirishga qaratilgan
°'zgarishlami amalga oshirishda hududning hayvonot olamini bus-
^•jtunligicha saqlab qolishga erishish va mazkur yo‘nalishdagi mav-
JL,d muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmaydigan, dolzarb masa-
*a*ardan sanaladi.
Yuqorida qayd etilgan masalalarni ijobiy hal etishda fauna tu-
s^Unchasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish zarur. Fauna lotincha
^a^na - favna, ya’ni qadimgi rim afsonalariga ko‘ra, o‘rmon va dala-
*ai ma’budasi,podalarhomiysima'nosigaegabo'lib,qandaydirsiste-
° ^ tik guruhga mansub hayvonlaming tarixiy shakllangan majmua-
Sl *T»a’nosiga ega. Ilmiy ma’noda, qandaydir tabiiy chegaralangan
^Uc3udda yoki akvatoriyada yashaydigan, tarixiy shakllangan barcha
^a^von turlarining majmuasi fauna deb yuritiladi. Masalan, Avstraliya
^au*iasi, 0 ‘rta Osiyo faunasi, Orol faunasi va hokazo. Ba’zan fauna
tusb^unchasi qandaydir hududga tegishli bo'lmasdan, balki geologik
44
davrga (miotsen faunasi, pliotsen faunasi va hokazo) tegishli bo‘lishi
ham mumkin. Fauna terminini tor, ya’ni ma’muriy yoki davlat
chegaralariga nisbatan qo‘llash (Moskva viloyati, Stavropol o‘lkasi,
Buxoro viloyati faunasi va hokazo) noto‘g‘ridir. Chunki bunda hay-
vonlaming tabiiy tarqalish qonuniyatlari ko‘zda tutilmaydi. Ba’zan,
fauna tushunchasi turli taksonomik birliklarga tegishli hayvonlami
tavsiflashda ham qo‘llaniladi. Masalan, muayyan joydagi qushlar
faunasi yoki qo‘ng‘izlar faunasi va bunda fauna tushunchasining
qo‘llanilishi shartli ma’noga ega bo‘ladi va yuqorida bayon etilgan
ilmiy ma’noga mos kelmaydi. Ayrim hollarda, fauna termini hayvon
laming inson hayotida tutgan o‘miga nisbatan ham qo‘llaniladi, masa
lan, qandaydir hududdagi ov ahamiyatiga ega bo‘lga.n fauna, qishloq
xo‘jalik zararkunandalari faunasi va hokazo. Zoogeografiyada fauna
tushunchasi yuqorida bayon etilganidek, faqat ilmiy ma’nodagina
qo‘llaniladi.
Fauna u yoki bu hududga tegishli bo‘lgan, turli biogeotsenozlarda
yashovchi barcha hayvonlami o‘z tarkibiga kiritadi. Masalan, Mus
taqil davlatlar hamdo ‘ stiigi ning 'Yevropa qismi faunasi yashash muhit-
larining mutlaqo turlicha bo‘lishidan qat’i nazar, shimol bug‘usi,
dasht burguti, cho‘rtan baliq, maxoon kapalagi, bodyaga buluti va
boshqalami bir xil asosda o‘z tarkibiga kiritadi.
Inson tomonidan ongli ravishda boshqa zoogeografik oblastdan
keltirilgan va hayvonot bog‘i, akvarium hamda shunga o‘xshash
boshqa joylarda maxsus saqlanadigan hayvon turlari mahalliy fauna
tarkibiga kiritilmaydi. Tasodifan kelib qolgan yoki ongli ravishda
keltirilgan, keyinchalik yovvoyilashgan yoki inson yordamiga muh
tojlik sezmaydigan turlar mahalliy fauna tarkibiga kiritilishi va uning
tarkibida hisobga olinishi shart. Masalan, bir paytlar 0 ‘zbekistonga
keltirilgan gambuziya balig‘i, ilonbosh baliq, ondatra va shu kabi
boshqa turlami haqli ravishda 0 ‘zbekistonning mahalliy fauna
si tarkibiga kiritish mumkin. Ammo faunaning tarixini va uning
shakllanish yo‘llarini o‘rganish jarayonida mazkur turlami chetdan
keltirilgan turlar toifasiga kiritish tavsiya etiladi.
45
Har bir fauna faqat o‘ziga xos bo‘lgan belgilari bilan xarakterla
nadi va bu belgilar uni boshqa faunalar bilan solishtirish imkonini
beradi. Faunaning tur tarkibi va turlaming ekologik tabiati har qanday
faunaning eng muhim belgilari sanaladi. Har bir faunistik tadqiqot
o‘rganilayotgan hudud chegarasida yashaydigan turlami hisobga
olishdan, ya’ni faunani inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Fauna
tarkibidagi turlar sonining ko‘p yoki kamligi faunalami o‘zaro qiyo
siy tavsiflashdagi asosiy mezonlardan biridir.
Yirik oblastlarlardagi faunaning tur tarkibini o‘rganish uzoq mud
datni va ko‘pchilik mutaxassislami talab etadi. Masalan, Mustaqil
davlatlar hamdo‘stligining Yevropa qismi faunasini tadqiq etish ish
lari XVIII asrda boshlangan va ayni vaqtda ham davom etmoqda.
Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijasida umurtqali hayvonlaming tur
tarkibi deyarli to‘liq aniqlangan bo‘lsa-da, umurtqasiz hayvonlar in
ventarizatsiyasi hali tugallanmagan. Hatto umurtqasizlaming oddiy
turlar ro‘yxati ham hozirgi kunda to‘liq shakllanmagan. Alohida
hasharot gumhlari juda kam o‘rganilgan bo‘lib, ulaming 20—
40%i
aniqlangan xolos.
Turli faunalarda uchrovchi turlaming ekologik tabiati ham turli-
cha bo‘ladi. Tropik o‘rmonlar faunasida uchrovchi turlaming hayoti
ko‘proq daraxtlar bilan bogTiq bo‘ladi. Bir tomondan, mazkur turlar
daraxtlarda o‘rmalab yashashga moslashgan sutemizuvchilar, qush
lar, reptiliyalar, ko‘pgina hasharotlardan tashkil topsa, ikkinchi to
mondan, daraxtlar bilan trofik aloqada bo‘ladigan, ya’ni mevaxo‘r,
bargxo‘r, daraxtlaming yog‘ochligi bilan oziqlanadigan turlardan
tashkil topadi. Tropik faunadagi ko‘pchilik hayvon turlari yil davo-
mida faol bo‘ladi. Dasht faimasi uchun esa boshqa ekologik tip xos
bo‘lib, bu yerda uya qazuvchi va yugurib yashashga moslashgan,
qishda uyquga ketadigan, o‘t o‘simliklari, boshoqlilaming umg‘lari
bilan oziqlanuvchi hayvon turlari xosdir.
Faunaning muhim xususiyatlaridan yana biri uning boshqa fauna
lar bilan bo‘ladigan munosabatlaridir. Faunalami o‘zaro solishtirish
va ular orasidagi bo Tib o‘tgan va boTayotgan munosabatlami tahlil
46
qilish muhim xulosalar chiqarishga asos bo‘ladi. Bunday solishtirish
o‘xshash sistematik guruhlar (turlar, avlodlar, oilalar) va endemiklar
doirasida olib borilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |