konvensiyada, 1957-yiIda Rasmiy Turistik Tashkilotlarning Xalqaro
Ittifoqi tom onidan Londonda o'tkazilgan yig'ilishda, 1963-yilda Rim-
da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tom onidan Xalqaro sayohat va t u
rizm bo'yicha o'tkazilgan konferensiyada, 1968-yilda Rasmiy Turistik
T a sh k ilo tla rn in g X alqaro Ittifoqi to m o n id a n R im d a o 'tk a z ilg a n
yig'ilishda, 1986-yilda Jahon turistik tashkiloti to m onidan Manilada
o'tkazilgan
kongressda, 1989-yiIda Gaagadagi o 'tkazilgan Turizm
bo'yicha parlamentlararo konferensiyada, 1991-yilda Ottavada Birlash
gan Millatlar Tashkiloti to m o n id an Sayohat va turizm statistikasi
bo'yicha o'tkazilgan xalqaro konferensiya kabilarda qayta к о 'rib chi-
qilib, takomillashtirilib borilgan.
1991-yilda Sayohat va turizm statistkasi bo'yicha o'tkazilgan xalqaro
konferensiya tomonidan turizmga berilgan ta’rif Jahon turistik tashkiloti
(W TO, World tourist organizatio n ) h a m d a Birlashgan M illatlar
Tashkilotining Statistik komissiyasi tom onidan birdek m a ’qullangan.
Biroq, bu t a ’rif murakkab shaklga egaligi tufayli u 1993-yilda bir-
m uncha soddalashtirildi.
Turizmga 1991-yilda Ottavada berilgan t a ’rif quyidagicha edi:
Turizm — o 'z odatiy muhitidan tashqariga belgilangan m uddatdan
kam vaqtga sayohat qiluvchi va sayohat qilishining bosh maqsadi —
tashrif buyuriladigan joy (mamlakat) tom onidan mukofotlanadigan
faoliyat bilan shug'ullanishdan o'zga bo'lgan shaxsning faoliyatidir.
Bu yerda:
—
«odatiy muhit»
birikmasi doimiy yashash joyi ichida sayr qilish-
ni; muttasil ravishda har kuni doimiy turar joyidan ish joyigacha bo'lgan
joygacha yo'l bosib o'tishni; shuningdek, kundalik hayot bilan bog'liq
bo'lgan ijtimoiy tavsifga ega bo'lgan sayohatlarni
hisobdan chiqarish
uchun mo'ljallangan;
—
«belgilangan muddatdan kam vaqtga»
iborasi uzoq vaqtli migrat-
siyalarni turizm sifatida inobatga olmaslikka mo'ljallangan;
—
«tashrif buyuriladigan jo y (mamlakat) tomonidan mukofotlanadigan
faoliyat bilan shug'ullanish»
so'z birikmasi faqatgina vaqtinchalik ish
u ch u n qilinadigan migratsiyalarni turistlar hisobidan chiqarishga
mo'ljallangan.
D em ak, sayohatga chiquvchilarning ham m asi ham turist deb
sanalavermaydi. Ya’ni, boshqa joylarga doimiy yashash uchun ko'chib
o'tayotganlar, qochqinlar, uzoq joylarga ishga boruvchilar, harbiy
xizmatchilar, poyezd-sam olyot-kem a ekipaji a ’zolari
qiladigan sayo-
20
hntlari davom ida turistlar foydalanadigan im tiyozlardan foydalana
olishmaydi.
BM Tning statistika byurosi 1993-yilda turizmga keng tushuncha
bilan yondashishga harakat qilgan va «Turizm — shaxslarning faoliyat
luri bo'lib, ularning o'zlari istiqomat qilib turgan manzildan bir yildan
oshmagan m uddatda u yoki bu joyga safar qiladigan holati tushunila-
di»1 deb t a ’rif berdi.
Xullas, turist turizm bilan shug'ullanayotgan odamdir. Turizm esa,
o ‘zining kundalik hayotida bo'lm aydigan joyga vaqtinchalik tashrif
buyurish bo'lib, uning davomida shu joyda pul bilan mukofotlanuvchi
biror-bir maqsadli faoliyat yuritilmaydi: turist
manzilgohga pul sarf-
lash uch un kelgan odam deb talqin etsa bo'ladi, chunki, turist m a n
zilgohga kelib ketishi mobaynida (hattoki, o 'z mashinasida o'zi bilan
yoqilg'i va oziq-ovqat olib kelib, tanish-bilishlarining uyida dam olgan
b o ‘lsa-da) shu joyda nim anidir bo'lsa-da, qimmatli narsani qoldirib
ketadi. Bu avtomagistraldan o'tish uchun to'langan haq, d o'stlar olib
keltirgan sovg'a-salomlar, suvenirlar xaridi uchun sarflangan pul ka-
bilar bo'lishi m um kin. Aksariyat turistlar m anzilgohda b osh p a n a,
ovqatlantirish, transport, aloqa, gid-taijim onlik kabi xizmatlar uchun
haq to'lab, mahalliy budjetga k o'pgina darom adlar keltirishadi.
Bular-
ning evaziga turist manzilgohdan o'zi bilan yaxshi taassurotlar va shu
yaxshi taassurotlarni yodga solib turuvchi suvenir va rasmlarni olib
ketadi.
Bundan tashqari, turistik term inlardan biri, ingliz tilida D estina
tion sifatida, rus tilida Mesto naznacheniya, Punkt naznacheniya sifatida
qo'llaniladigan iborani “ m anzil, m a n z ilg o h ” sifatida tarjim a etish
m a ’qul. Chunki, aynan shu iboraning m a ’nosi “to'xtab o'tish jo y i”
sifatida talqin etiladi. Qolgan “ m askan” , “ m ak o n ” , “jo y ” , “ o 'r i n ” ,
kabi so'zlar turistik maqsadlarda tashrif buyuriladigan joyning aniq
m a ’nosini bera olmaydi.
Turizm doimo rekreatsiya bilan ch am barchas bog'lab kelingan.
Rekreatsiva atamasini oddiy xalq dam
olish yoki hordiq chiqarish
maqsadidagi ko'ngilxushlik deb tushunsa-da, ilmiy adabiyotlarda bu
a tam aning asl m a ’nosi «yo'qotilgan m ehnat qobiliyatini qayta tiklash»
sifatida talqin etiladi. Shu keng m a ’noli so'zni o'zbek tilida tarjima
etm ay qo'llagan maqsadga niuvofiq bo'lishi mumkin.
1 W o r l d Tourism O r g a n iz a t io n . M a g a z i n . 1993. 85 p.
21
0 ‘lkamizga keluvchi madaniy turizm ixlosmandlarining aksariya-
tini o ‘zining bilimi va m a ’rifatini oshirishni istovchilar tashkil etishsa-
da, ularning orasida ekotu rizm ishtiyoqm andlari, b ioek z e m p ly a r
yig‘uvchilari, turli xil sarguzashtlarga qiziquvchilar ham topilib turadi.
M adaniy turizm deganda asosan insonlar tom onidan o'zga xalqlar
madaniyati va urf-odatlariga bo'lgan qiziqish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: