ifoda orqali aniqlash mumkin. Boshqacha aytganda, birinchi tartibli difraksion
maksimumni vujudga keltirishda qatnashayotgan elektronlar impulslari aniq emas,
balki (26.8) ifoda bilan harakterlanuvchi noaniqlik bilan topish mumkin. Agar
396
x
h
x
p
h
p
x
p
, (26.9)
yoki
r
x
· x h (26.10)
Bu munosabat noaniqliklar munosabatining matematik ifodasi bo’lib, uni
quyidagicha ukish mumkin: mikrozarraning impulsi va koordinatasini bir vaqtning
o’zida ixtiyoriy aniqlik bilan o’lchash mumkin emas. Mikrozarraning koordinatasi
aniqroq (ya’ni tirqish kengligi
x kichikroq) bo’lsa, uning impulsini kamroq
aniqlik bilan o’lchash mumkin bo’ladiki, bunda Plank doimiysi barcha fizik
o’lchamlarda chegaraviy faktor bo’lib xizmat qiladi.
Bir
necha
xususiy
hollarni
qarab
chiqaylik.
Vodorod
atomida
elektronlarning koordinatasini atomning o’lchami, ya’ni 10
-10
m aniqlik bilan
ko’rsatilishi mumkin. Shuning uchun x = 10
-10
m deb, (26.10) ifoda asosida
elektronning tezligidagi noaniqlikni hisoblaylik:
с
м
м
кг
с
Ж
x
e
m
h
e
m
x
p
x
v
6
10
7
10
10
34
10
1
,
9
34
10
6
,
6
Ikkinchi tomondan, klassik tasavvurlar asosidagi hisoblardan vodorod atomidagi
elektron 2·10
6
m/s tezlik bilan harakatlanishi ayon bo’ladi. Demak, elektron
tezligini aniqlashdagi noaniqlik tezlik qiymatidan kattaroq ekan. Bundan vodorod
atomidagi elektronni mexanik zarra deb tasavvur qilib bo’lmaydi va albatta,
elektron ma’lum tezlik bilan harakat qiluvchi orbita tushunchasi ham o’z ma’nosini
yo’qotadi, degan xulosalarga kelamiz. Boshqacha aytganda, bu xususiy holda
klassik tasavvurlardan foydalanish mumkin emas.
Ikkinchi misol bilan tanishaylik. Elementar zarralarni qayd qilish uchun
qo’llanadigan qurilmalardan biri – Vilson kamerasida elektron qoldiradigan izning
qalinligi millimetrning o’ndan bir ulushi chamasida bo’ladi: ya’ni
x 10
-4
m. U
holda elektron tezligidagi noaniqlik quyidagiga teng bo’ladi:
с
м
м
кг
с
Ж
x
v
7
4
10
31
10
1
,
9
34
10
6
,
6
.
397
Agar Vilson kamerasida harakatlanayotgan elektron tezligi 700 m/s bo’lsa,
tezlikning noaniqligi 1% lar chamasida bo’ladi, holos. Shuning uchun bu xususiy
holda elektronning harakatini harakterlovchi traektoriya tushunchasi ma’noga ega,
albatta.
Biz yuqorida noaniqliklar munosabati bilan faqat OX o’qi yo’nalishidagi
tirqish misolida tanishdik. Bu xulosani OY va OZ o’qlari uchun ham
umumlashtirsa bo’ladi, natijada
p
x
· x h,
p
y
· y h, (26.11)
p
z
· z h
munosabatlarni yozish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bundan tashqari
mikrozarraning energiyasi va vaqtni o’lchashdagi noaniqliklar uchun quyidagi
munosabat ham mavjud:
W · t h. (26.12)
(26.11) va (26.12) munosabatlari 1927 yilda V.Geyzinberg tomonidan e’lon
qilingan va uning nomi bilan Geyzenbergning noaniqliklar munosabatlari deb
yuritiladi.
Geyzinbergning noaniqliklar munosabatlari falsafiy munozaralarni keltirib
chiqargan. Hatto idealistik fikrlarga asos qilib olishga urinishlar ham bo’lgan.
Bunday fikrlar tarafdorlarining aytishicha, zarraning koordinatasi va impulsini bir
vaqtda aniq o’lchash mumkin emasligini inson tomonidan dunyoni idrok qilishda
chegara mavjudligini ko’rsatadi. Vaholanki, noaniqliklar munosabatlarining ilmiy
mohiyati mikrodunyoni idrok qilish imkoniyatining chegarasini aniqlamaydi, balki
mikrozarralar uchun mexanik zarra modelini qo’llash chegaralarrini harakterlaydi.
Noaniqliklar munosabatlari inson irodasiga bog’liq bo’lmagan o’zaro
bog’lanishlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham bu munosabatlarni tabiatning
ob’ektiv qonuni deb qaramoq lozim.