Toksikologik tekshiruvlarning metodologik asoslari
"O’zR da Davlat sanitariya nazorati haqida"gi Qonun gigienik-toksikologik
tekshirishlardan o’tmagan va ularning tashqi muhit ob’ektlarida bo’lishi uchun
ruxsat etilgan me’yorlari ishlab chiqilmagan bo’lsa, bu kimyoviy preaparatlarni
qo’llash va ulardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Shuning uchun sanitariya
vrachi yangitdan ishlab chiqilgan va foydalanishga tavsiya etiladigan har qanday
kimyoviy preparatni gigienik va toksikologik tekshirishlardan o’tkazish tartibi va
kimyoviy moddalarga gigienik reglamentlarni o’rnatish haqidagi tushunchalarga
ega bo’lishi kerak.
“O’zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati" haqidagi Qonun (1992
y) inson faoliyatining hamma sohalarida toksikologik baholashdan o’tmagan
kimyoviy moddalarni qo’llashni taqiqlaydi. Shunga bog’liq holda harqanday
449
yangitdan sintezlangan kimyoviy moddani amaliyotda qo’llashdan avval uning
iqtisodiy samaradorligi yoki boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar toksikologi-
gigienik baholashdan o’tkazilishi shart. Bunday tekshirishlarning asosiy maqsadi
yangi kimyoviy moddaning odam organizmi uchun havflilik darajasini o’rnatish va
agar uni qo’llash mumkin bo’lgan taqdirda - atmosfera havosi, ishchi zonasi
havosi, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari uchun gigienik reglamentlarini
aniqlash hisoblanadi.
Gigieno-toksikologik tekshirishlar bir nechta bosqichda o’tkaziladi:
1-bosqich - modda yoki preparatning fizik-kimyoviy xossalarini (agregat holati,
solishtirma og’irligi, hidi, suv yoki boshqa muhitlarda erishi xususiyatlari kabilar),
hamda moddaning qo’llanishi mumkin bo’lgan sohasini tavsiflash;
2,3,4 - bosqichlar - bevosita toksikologik tekshirishlar. Bunday tekshirishlari
laboratoriya hayvonlarida o’tkaziladi, buning ko’pincha oq sichqon yoki oq
kalamush, ammo turlarga doir sezgirchanligini baholash maqsadida boshqa
laboratoriya hayvonlaridan ham foydalanish mumkin. Odam organizmiga
moddaning qanday yo’llar bilan tushishi mumkinligini hisobga olib, moddani
hayvon organizmiga yuborish harxil yo’llar bilan bajarilishi mumkin: oshqozon-
ichak yo’li orqali, ingalyatsion yo’l bilan, shikastlanmagan teri orqali kabi.
Toksikologik tekshirishlarda ko’pincha moddani hayvon organizmiga birnechta
yo’llar orqali yuborish bilan tekshirishlar o’tkaziladi. Preparatni yuborishdagi
muhim usllardan biri oshqozon ichiga yuborish hisoblanadi, chunki bu usulda
hayvonning 1kg vazniga nisbatan kimyoviy moddaning aniq dozasini yuborishga
erishish mumkin. Ingalyatsion ta’sir ettirish maxsus zaharlash kameralarida amalga
oshiriladi, bunda ham belgilangan kontsentratsiyani nafas orqali yuborish sharoitini
yaratish mumkin. Preparatni teri-rezorbtiv ta’sirini baholash uchun jundan
tozalangan teriga surkash yoki hayvonni qimirlamtmasdan ushlash holatida uning
dumini (sichќon yoki kalamush) tekshiriluvchi modda solingan idishga tushirish
orqali sinash mumkin.
450
2 bosqich - o’tkir tajribani o’tkazish. Bu tekshirish bosqichining asosiy vazifasi
quyidagilardan iborat:
-o’tkir ta’sir harakterini aniqlash va o’tkir zaharlanish holatining belgilarini
tavsiflash, qaysi organ yoki sistema ko’proq darajada shu modda ta’siriga
uchraganligini ruyobga chiqarish;
-LD
16
, LD
50
, LD
84
(yoki CL
116, 50, 84
) va shunga muvofiq shu ko’rsatkichlar
bo’yicha preparatning zaharlilik sinfini aniqlash.
Ko’rsatilgan vazifalarni hisobga olib o’tkir tajriba bir necha guruhdagi
hayvonlarda o’tkaziladi (sichqon bo’lsa har guruhda 10 tadan kam bo’lmasligi,
kalamushlar bo’lsa - 6 tadan kam bo’lmasligi kerak). Zaharlashni boshlashdan
oldin hayvonlarning tortish orqali vazni aniqlanadi va har bir hayvon uchun
yuboriladigan
doza
hisoblanadi
(oshqozon
ichiga
yuborish).
Preparat
yuborilgandan so’ng 2 hafta davomida hayvonlar kuzatilib boriladi va klinik
zaharlanish belgilari sodir bo’lsa, ularni yozib olinadi. Bunday tashqari o’tgan vaqt
mobaynida guruhdagi hayvonlarning qanchasi zaharlanish orqali o’lgani va o’lish
muddati ham yozib boriladi. Moddaning ichki organlarga ta’sirini baholash uchun
o’lgan hayvonlarni yorib, ichki organlarni makroskopiyadan o’tkaziladi. Zaruriyat
tug’ilsa, gistologik tekshirishlar uchun har bir organdan mikropreparat
tayyorlanadi. O’tkir zaharlanish parametrlari o’lgan hayvonlarning foizlardagi
qiymatiga muvofiq maxsus usullar bo’yicha hisoblanadi (probit-analiz).
3 bosqich- oraliq zaharlanishni aniqlash. Asosiy vazifalar:
-oraliq zaharlanishning klinik belgilarini aniqlash;
-moddaning kumulyativlik xossasini aniqlash
Buning uchun bir necha guruh hayvonlarga har kuni LD
50
ning 1/5, 1/10, 1/20
miqdoridagi dozalarda yuborilib turiladi. Moddani hayvon organizmiga yuborish
bir oy davomida amalga oshiriladi. Shu vaqt davomida oraliq zaharlanish belgilari
aniqlanib, klinik holat tavsiflab boriladi, o’lgan hayvonlar hisobga olinadi, hamda
dinamikada (mas., har 10 kunda) integral ko’rsatkichlar tekshiriladi (hayvonlarning
vazni, qonning umumiy analizi va h.k). Bundan tashqari zaharlanishdagi klinik
451
holatni hisobga olgan holda ko’proq ma’lumot beruvchi boshqa tekshirishlar ham
o’tkazilishi mumkin. Olingan natijalar asosida moddaning kumulyativlik
koeffitsienti hisoblanadi va keyingi bosqichlarda foydalanish uchun eng sezgir
ko’rsatkichlar tanlanadi.
4 bosqich - surunkali ta’sir ettirilgandagi preparatning zaharliligini aniqlash.
Asosiy vazifalari:
-gigienik reglamentlarni hisoblash uchun surunkali ta’sir bo’sag’asini (Lim
chr
)
aniqlash.
Surunkali tajriba bir necha guruhdagi hayvonlar organizmiga preparatning LD
50
ga nisbatan 1/20, 1/50, 1/100 kabi dozalarini yuborish orqali bajariladi. Preparatni
4 oy davomida har kuni hayvon organizmiga yuboriladi (ayrim tekshirishlarda 6-10
oy va hattoki hayvonning butun umri davomida yuborish). Tajriba davomida
hayvonlarning tashqi ko’rinishi, xulqiga e’tibor qaratiladi, vazni dinamikada (mas.,
har oyda bir marta) tekshiriladi, keng doiradagi integral ko’rsatkichlar (vazni,
qonning umumiy analizi, turli biokimyoviy va funktsional ko’rsatkichlar), zaruriyat
tug’ilsa, maxsus ko’rsatkichlar (mas., immun sistemasi holatini belgilovchi
ko’rsatkichlar, xujayralardagi genetik apparatning buzilishi, embriotoksik yoki
kantserogenli, allergenli ta’sirlar) tekshiriladi. Tajriba yakunida o’rganilgan yoki
yuborilgan qaysi doza yoki kontsentratsiya hayvonlar organizmida kamroq
(bo’sag’a) o’zgarishlarini chaqirishi mumkinligi aniqlanadi. Shuning o’zi Lim
chr
,bo’ladi.
Lim
chr
asosida REK hisoblab topiladi. Bunda hayvon organizmiga nisbatan
odam organizmi ancha sezgir ekanligini hisobga olinadi, shuning uchun hisoblash
formulasiga albatta zahira koeffitsienti (ZK) kiritiladi. Bu koeffitsientning qiymati
moddaning zaharlilik parametrlariga, uning maxsus ta’sir ko’rsatish mumkinligiga
va b.ga bog’liqdir. Zahira koeffitsienti maxsus jadval bo’yicha hisoblanadi. Odatda
bu moddaning hamma xususiyatlarini hisobga olgan holda Lim
chr
ga nisbatan 5-10
marta kamaytirilib, maxsus ta’sir xususiyati aniqlanganda 100 martagacha
kamaytirilib olinishi mumkin.
452
REK hisoblashda u qaysi muhit uchun ekanligi hisobga olinadi. Mas., suv uchun
REK ni hisoblashda, mas., bizning region uchun organizmning kunlik suvga
bo’lgan ehtiyoji kuniga 4 l tashkil etsa, suv orqali organizmga tushadigan shu
moddaning miqdori zahira koeffitsentini hisobga olganda, Lim
chr
dan oshmasligi
kerak.
Bunday hisoblashning soddalashtirilgan sxemasi quyidagi misolda namoyish
etilishi mumkin.
Suv uchun REK hisoblash misoli: tekshiriluvchi preparat o’rtacha havfli
moddalar guruhiga kiradi, kumulyativlik xususiyati juda past, maxsus ta’sir
xususiyatiga ega emas (ZK =10). Surunkali ta’sir bo’sag’asi hayvonlarning 1kg
vazniga 1 mg ni tashkil etadi (1mg/kg). Demak, 70kg vaznli odam organizmi
uchun kunlik havfsiz doza quyidagicha bo’ladi:
(1 x 70) : 10 = 7 mg. Moddaning bunday miqdori 4 litr suvda bo’lishi mumkin,
ya’ni suv uchun REK 7mg : 4 = 1,75 mg/l ni tashkil etadi.
Bundan keyin o’qituvchi talabalarga zaharlash kameralarini, preparatlarni
oshqozon ichiga yuborish uchun qo’llanadigan zondni va oshqozonga moddani
qanday yuborish kerakligini amalda ko’rsatadi (eritilgan spirtni hayvon
oshqozoniga yuborish). Talabalarga hayvondagi zaharlanish belgilarini yozib
borish tasiya etiladi.
V
Do'stlaringiz bilan baham: |