ifloslanganligini tekshirish maqsadida shu havodan laboratoriya tekshirishlari
uchun namunalar olish juda muhimdir. Namunalar ishchining tik to’rgan holatidagi
nafas olish zonasi balandligida olinadi, bolalar muassasalari – bohcha va
yaslilardagi xonalardan esa pol sathidan turli balandliklarda olish talab etiladi.
Odatda turar-joy binolari, jamoat joylari binolarida bunday tekshirishlar uchun
xonalarning qanday maqsadlarda foydalanishiga muvofiq belgilanishi mumkin.
Sanoat korxonalarida namuna olishda tekshirishning vazifasi, maqsadi va
korxonadagi texnologik jarayonning xususiyatini inobatga olish zarur. Ayrim
sharoitda ma’lum vaqt oraligida bir vaqtlik namuna olinsa, boshqa holda havodagi
moddaning o’rtacha kontsentratsiyasini aniqlash uchun uzoq muddat davomida
namuna olish tavsiya etiladi. Agar zararli kimyoviy moddalar gaz ko’rinishida
ishchi havosiga bevosita tarqalayotgan bo’lsa, namuna tez-tez olib turiladi, chunki
437
bu zaharli gazning havo muhitida vaqt birligi ichida tarqalishi haqidagi ma’lumotni
beradi.
U yoki bu gazning kontsentratsiyasini sanoat korxonalaridan chiqariladigan
chiqindilar - ifloslangan havoning atmosfera havosini ifloslashini o’rganishda
zaharli moddalarning bir marotabali maksimal va o’rtacha bir kunlik
kontsentratsiyalari aniqlanadi. Birinchi holda ifloslovchi manbaga nisbatan
shamolning qaysi tarafdan yo’nalishi hisobga olib, eng kuchli ifloslanish
kuzatilgan vaqtda kam deganda 25 ta namuna olish kerak bo’ladi. Namuna olish
vaqti 15-20 daqiqa vaqtni talab etadi. Ifloslash manbaidan uzoqlashgan sari
(100,200, 500, 1000, 3000, 5000 m) namuna olish vaqti 30-40 daqiqagacha
uzaytirilishi mumkin. Sanoat korxonalaridan chiqayotgan ifloslovchi omilning
atrofga tarqalish tabiatini aniqlash uchun dunyo tomonlari (rumb) bo’ylab, yil
fasllarini hisobga olgan holda manbaga nisbatan harxil masofalarda olish tavsiya
etiladi. Bunda har bir nuqtadan bir vaqtning o’zida kam deganda 3 ta namuna
olinadi, lekin bu holda olingan natijaning eng katta (maksimal) miqdori hisobga
olinadi.
Atmosfera havosining tozaligini muntazam nazorat qilish uchun kuzatish
nuqtalari shaharning bir necha punktlariga o’rnatiladi; shahardagi korxonalar eng
ko’p joylashgan aholi yashash mintaqasida, ifloslovchi korxona soni nisbatan kam
mintaqada va sanoat korxonalari umuman bo’lmagan aholi yashash mintaqasida
o’rnatiladi.
Namunalar bir kun davomida atmosfera havosini beto’xtov aspiratsiya qilish yo’li
bilan yoki vaqti-vaqti bilan bir kun davomida 12 ta namuna olish yo’li bilan
bajarilib, kunlik o’rtacha kontsentratsiya hisoblab topiladi. Kuzatish kunlarining
soni yilning har faslida 10 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Namuna olish usuli turlicha bo’lib, u o’tkaziladigan tekshirishning xususiyatiga
va uning uchun kerak bo’ladigan havo miqdoriga bog’liq.
Katta bo’lmagan hajmdagi havo namunalarini (200-250 ml) maxsus gaz
pipetkalari (Polejaev, Zaytsev gaz pipetkalari) ga olish mumkin, bu pipetkalar ikki
438
tomonlama ikki yo’lli jo’mraklar bilan jihozlangan. Gaz pipetkasiga havo
namunasini olish uchun avval pipetka orqali rezina puflagich yordamida bir necha
marta shu havo o’tkaziladi, so’ngra yuqori jo’mrak ochiq to’rgan holda pipetka
tekshiriluvchi havo bilan to’ldiriladi. Rezina puflagich o’rnida suyuqlik
to’ldirilgan tenglashtiruvchi shisha idishlardan ham foydalanish mumkin.
Katta hajmdagi havo namunalarini olish uchun darajalangan idishlardan (10-15-
20l) foydalaniladi. Buning uchun idishga avval suv to’ldiriladi va og’zi ochiq holda
idish pastidagi jo’mrakdan suvni oqizish orqali, idishga tekshiriluvchi havo
namunasi olinadi.
Suv bo’lmagan taqdirda shisha idishlarga tekshiriluvchi havo bosqon yordamida
olinishi mumkin. Bundan tashqari havo namunalarini devorlariga rezina
shimdirilgan maxsus qopchalarga, yoki futbol kameralariga ham olish mumkin.
Ayrim hollarda havo namunasining kimyoviy tarkibini tekshirish uchun
qo’llanadigan asboblarning qabul qilish qismiga shu moddalarni o’ziga yutishi
mumkin bo’lgan kimyoviy sorbent orqali o’tkazish usulini qo’llash mumkin. Bu
haqida havo tarkibidagi kimyoviy zararli moddalarni tezkor usullarda aniqlash
haqidagi ma’lumotlar orqali tanishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: