Simob (Hg)
– kumush oq rangli og’ir metall, xona haroratida suyuq, 0 °C da
bug’lanadi. Erish harorati - 38,8 °C, qaynashi - 357,25 °C.
Suyuq simob bilan bir qatorda uning birikmalari - sulema HgCl
2
, simob sianid
Hg(CN)
2
, simob rodanid Hg(SCN)
2
va boshqalardan foydalaniladi.
Simob dori preparatlari (simobli malham dori, sepiladigan dori), pestitsidlar,
portlovchi moddalar (simobli portlovchi modda), asboblar (termometrlar,
manometrlar, rentgen trubkalari, simob-kvartsli va elektrik lampalar) ishlab
chiqarishda, stomatologiyada (simobli amalgama) va boshqalarda qo’llaniladi.
Intoksikatsiya metallik simob va uning birikmalarini olishda, ishlov berishda
va simob saqlagan moddalarni qo’llashda kuzatilishi mumkin. Yog’och,
shtukaturka simob bug’larini o’ziga shimib oladi. Sorbtsiyalangan simob havoga
ajralib chiqish qobiliyatiga ega. Pol ostida, plintuslarda to’plangan simob, xona
havosini ifloslab, oson bug’lanadi.
Simob organizmga o’pka, qisman oshqozon-ichak trakti orqali tushadi,
shikastlanmagan teri orqali kirishi mumkin. Qonda albuminat ko’rinishida
sirkulyatsiyalanadi, parenximatoz a’zolar, o’pka, miya, suyaqlarda depolanadi.
Buyraqlar, so’lak, sut bezlari orqali organizmdan chiqariladi.
Simob
– bu tiol zahari bo’lib, oqsil birikmalarining sulfgidril guruhlarini
bloklovchi va bu bilan oqsil almashinuvi va fermentativ jarayonlarni buzadi.
Asosan asab va ayiruv tizimini shikastlaydi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkir zaharlanish kam kuzatiladi, metallik
simobni yutish uncha xavf tug’dirmaydi. Maishiy zaharlanishlar kuzatilishi
mumkin.
Surunkali intoksikatsiyada asosan asab tizimi shikastlanadi, vegetativ
367
buzilishlar bilan ifodalanadi - taxikardiya, arterial gipertenziyaga moyillik,
asteniya, vegetodistoniya («simobli eritizm»).
Eng harakterli bo’lgan simptom –
uzatilgan qo’llar, ko’tarilgan oyoqlar, qovoqlar, tilning mayda tremori. Yuqori
emotsional
qo’zg’aluvchanlik,
ba’zida
o’ziga
bo’lgan
ishonchsizlik,
tortinchoqlik, aqliy ishlash qobiliyati, diqqatning pasayishi, og’izda metallik
ta’m, so’lakning ko’p ajralishi, parodontoz, milklarning qonashi, gingivit,
enterokolit (og’ir holatlarda - gemorragik) kuzatiladi.
Simob bilan muloqotda bo’lish ehtimoli bor korxonada ishga, albatta tibbiy
ko’rikdan o’tish zarur hisoblanadi. Asab tizimi kasalliklari, turli etiologiyali
nevrotik holatlar, oshqozon-ichak trakti, buyrak kasalliklari, kuchli ifodalangan
endokrin-vegetativ buzilishlar ishga qabul qilish uchun qarshi ko’rsatma bo’lib
hisoblanadi.
Homilador, hamda ko’krak bilan emizuvchi ayollarga simob bilan
ishlashga ruxsat etilmaydi.
Dastlabki va davriy tibbiy ko’riklarda shifokorlik
komissiyasi tarkibiga terapevt, nevropatolog, stomatolog kiradi. Boshqa
mutaxassislar zarurat tug’ilsa jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |