Yoritish.
Ishlab chiqarishda yoritish ko’ruv a’zolarining ishlashi va
ishlovchilarning o’zini yaxshi his qilishi uchun qulay sharoitni ta’minlab berishi
va ish unumdorligini oshirishga imkon berishi lozim.
Ratsional va optimal yorug’likda ruhiy qulaylik ta’minlanadi, ko’ruv va
umumiy toliqish kam ifodalanadi, ko’zning kasbiy kasalliklari rivojlanishining
oldi olinadi (ishchi miopiya, akkomodatsiya spazmi va boshqalar). Yorug’lik
detallarning o’lchami, ish yuzasi aks etishining koeffitsienti va ularda
ko’rilayotgan detallar, mehnat jarayoni harakteriga bog’liq va b.
Keraqli yorug’lik nurning turli manbalari bilan ta’minlanishi mumkin.
Yorug’lik bosqichsi me’yorlashtiriladi va ishchi va atrofdagi yuzalar
ravshanligining foydali o’zaro nisbati, keskin soyalar va haddan tashqari
yorug’likning (yaltiroqlik) bo’lmasligi, yorug’lik qurilmasining turg’un tartibi,
stroboskopik effektni, harakatlanuvchi predmetning ko’pgina o’tib ketuvchi
tasvirlarini his qilishni bartaraf etilishini ko’zlaydi. Ishlab chiqarish binolari va
ishchi yuza tabiiy va sun’iy nurlar bilan yoritiladi.
Tabiiy yorug’lik inson ko’zlari uchun odatiy bo’lib, ijobiy ruhiy ta’sir
ko’rsatadi. biroq har doim ham tabiiy yorug’likdan foydalanib bo’lmaydi, chunki
u kun davomida, mavsumda o’zgaradi va atmosfera sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Tabiiy nur tashqi devordagi derazalar (yonlama yorug’lik), bostirma tomdagi
oynali fonarlar (yuqori yorug’lik) orqali kiradi yoki kombinatsiyalangan
yorug’likni yaratadi (bir vaqtning o’zida yonlama va yuqori yorug’lik).
390
Ishlab chiqarishning ko’pgina turlari sun’iy yorug’likni talab qiladi. Agar
tabiiy nur bilan asosan umumiy yorug’lik ta’minlansa, sun’iy bilan – umumiy,
mahalliy va kombinatsiyalangan yorug’lik ta’minlanadi.
Umumiy sun’iy yorug’lik bir xil quvvatga ega svetilniklarni bir tekisda
joylashtirish, hamda ishchi uchastkalarning joylashishiga ko’ra svetilniklarni
lokal joylashtirish bilan erishiladi.
Mahalliy yorug’lik bevosita ishchi yuza ustiga
svetilniklarni o’rnatish bilan ta’minlanadi.
Umumiy
va mahalliy yorug’lik
kombinatsiyalangan
yorug’lik
tizimini yaratadi.
Odatdagi cho’g’lanma lampalarda yetarli bosqichdagi va bir tekisdagi
yorug’likka svetilniklarning sonini to’g’ri tanlash va joylashtirish tartibi bilan
erishiladi.
Nur oqimining tarqalishiga ko’ra ular nurning to’g’ri, tarqoq va aks
etuvchi tarqalishi bo’lgan svetilniklarga, konstruktiv bajarilishiga ko’ra – ochiq,
yopiq va namdan himoyalangan, chang kirmaydigan, portlashdan himoyalangan
va kimyoviy muhit uchun mo’ljallangan svetilniklarga ajratiladi.
Odatdagi cho’g’lanma lampalar va hamda gazrazryadli lampalardan
foydalanish mumkin
(turli spektrdagi past bosimli lyuminestsent lampalar, yuqori
bosimli simobli va natriyli lampalar, metall galogen lampalar v.b.). Cho’g’lanma
lampalar ishonchli, ko’pga chidamli va turli meteorologik sharoitlarda ishlashi
mumkin. Gazrazryadli lampalar tejamli, unumli ishlaydi, issiqlik nurlanishini
keltirib chiqarmaydi, ularning nurlanish spektri tabiiyga yaqin. Biroq, ayniqsa
eski lampalarda, pirpirash bilan bog’liq stroboskopik effekt, ularning yong’in va
portlashdan xavfli binolarda, hamda 15°C dan past va 25 °C dan yuqori
haroratlarda qo’llanilishining cheklanganligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |