F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tish uchun “Yo’llanma”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

Dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tish uchun “Yo’llanma”,



 

vaqti-vaqti bilan o’tkazilgan 

tibbiy ko’riklar natijasi bo’yicha “Dalolatnoma” namunalari keltirilgan

,  (4,5,6,7,8 

ilovalar). 

7.3. Qishloq xo’jaligida ishlovchilarga tibbiy sanitariya xizmat

 

Qishloq  xo’jaligi  insonning  mehnat  faoliyatida  muhim  o’rinni  egallaydi  va 



bu  sohada  umumiy  aholining  ko’pchilik  qismi  ishtirok  etadi.  O’zbekistonda 

qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  aholining  aksariyat  qismi  uchun  mehnat 

faoliyatining asosiy turi hisoblanadi. 

     Qishloq aholisining mehnat sharoiti eng avvalo qishloq xo’jaligidagi tarmoqlar 

turiga  bog’liq  -  paxtachilik,  bog’dorchilik,  sabzovotchilik,  chorvachilik  kabilar. 

Bunday  turdagi  tarmoqlarda  bajariladigan  ishlarda  mehnatning  o’ziga  xos 

xususiyatlari  mavjuddir.  Shunga  qaramasdan  qishloq  xo’jaligidagi  mehnatning 

umumiy jihatlari ham mavjuddir. 

 Jumladan  qishloq  xo’jaligidagi  mehnat  jadalligining  fasllarga  qarab  o’zgarishi, 

asosiy ish turlarining ochiq havoda bajarilishi, mehnatga jalb qilingan shaxslarning 

tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo’lishi.  

Mehnatning  asosiy  turlari  ochiq  havoda  bajarilganligi  sababli,  dalada 

ishlovchilar  organizmi  nomuvofiq  mikroiqlim  meteorologik  omillar  ta’sirida 

bo’ladi.  Bunday  ta’sir  O’zbekistonning  issiq  iqlimi  sharoitida  juda  katta 

ahamiyatga  egadir,  chunki  yoz  oylari  ochiq  maydonlardagi  havoning  harorati 



 

397 


 

ayrim  hollarda  50

0

S  gacha  ko’tariladi,  bu  o’z  o’rnida  ishlovchilar  organizmining 



qizish xavfini vujudga keltiradi. Shu bilan birga ish kunining juda erta boshlanishi, 

hamda juda kech tugashi, muzdek sovuq suv bilan tez-tez muloqatda bo’lish (erga 

ishlov  berish  albatta  sug’orish  bilan  bog’liq  bo’lganligi  sababli)  organizmning 

sovushi  va  o’ta  sovush  holatlarini  kelib  chiqishiga  olib  kelishi  mumkin.  Natijada 

ishchilarda  obliteratsiyalanuvchi  endarterit  kasalligining  rivojlanishiga  sharoit 

yaratiladi. 

     Qishloq  xo’jaligida  ishlovchilarning  deyarli  ko’pchiligi  uchun  bajariladigan 

ishlarning  tez-tez  almashinib  turishi  juda  harakterlidir,  vaholanki  qishloq 

xo’jaligining yuqori darajada industrlashtirilishi kuzatilsa ham, asosiy mehnat ahli 

erta  bahorda  ketmon  bilan  yer  tekislash,  paxtachilik  bo’lsa  ekish  pallasida 

seyalkachi yoki chigitlarni ivitish va uni seyalkaga solish, undan keyin yaganalash 

ishlari,  chopiq,  suvchilik  kabi  turli-tuman  ishlarni  bajarish  kabilardirlar. 

Bajariladigan ishlarning tabiati  yoki turi,u katta hajmli yoki kichik hajmdagi ishlar 

bo’lishidan  qat’iy  nazar  ishchilarda  katta  toliqish  holatini  keltirib  chiqaradi 

(ayniqsa fermer xo’jaliklari). 

     Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishidagi  ishchilarning  asosiy  ish  joylari  -  ochiq 

dala  maydonlari,  chorvachilik  ob’ektlari,  xirmon,  mashina-traktor  ustaxonalari, 

dala shiyponlari va boshqalar bo’lib, tarqoq holda, hamda aholi yashash joylaridan 

uzoqda  joylashganligi  bilan  harakterlidir.  Shuning  uchun  ishlovchilarga  maishiy-

sanitariya xizmat ko’rsatishni tashkil qilish ma’lum qiyinchiliklarni tug’diradi. 

    Qishloq  xo’jalik  xodimlari  uchun  yana  biologik  omillarning  ta’sirini  kundan-

kunga  ortib  borayotganligi  harakterlidir.  Agar  ilgari  bunday  ta’sirga  faqatgina 

kasallangan  chorva  mollari  bilan  yaqindan  aloqada  bo’ladigan  ishchilar  uchragan 

bo’lsa,  bugungi  kunda  bunday  ta’sirga  deyarli  barcha  qishloq  aholisi  uchrashi 

tabiiy  bir  hol.  Chunki  o’simlikshunoslik  amaliyotida  qishloq  xo’jalik  ekinlarini 

kasallanishdan  himoyalash  maqsadida  biologik  vositalardan  foydalanish  keng 

ko’lamda  olib  borilayapti.  Biologik  vositalar  o’simliklarni  himoyalash  uchungina 

emas,  balki  ularning  o’sishi  va  rivojlanishini  tezlashtiruvchi,  hosildorligini 




 

398 


 

oshiruvchi  vosita  hamdir.  Chorvachilikda  esa  -  qishloq  xo’jalik  hayvonlariga 

sun’iy ozuqalar - vitaminli, ferment tutuvchi, antibiotikli preparatlar, oqsilli ozuqa 

qo’shilmalari kabilardan keng ko’lamda foydalanilmoqda. 

     Qishloq  xo’jaligi  xodimlarining  mehnatini  mexanizatsiyalashtirish,  ular 

organizmiga  shovqin,  tebranish,  chiqindi  yoqilѓi  gazlari,  yoqilѓi  va  moylash 

materiallari va havo muhitining yuqori darjadagi changlanganligi kabi omillarning 

ta’sir etish mumkinligini oshiradi. 

     Qishloq  mehnatkashlari  mehnatining  o’ziga  xos  yana  bir  tomoni  shundan 

iboratki,  ular  mehnat  qilish  jarayonida  mineral  o’g’itlar  va  pestitsidlar  bilan 

yaqindan aloqada bo’ladilar. 

Dalada ishlaydigan ishchilarning ma’lum bir qismini 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish