F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

  chiqindi  gazlar 

ham  nobop  ta’sir 

qiladi.  Gazlar  tarkibi  uglerod  oksidi,  azot  oksidi,  uglevodorodlar,  aldegidlar, 

qurum, benzpirenlar va boshqalardan iborat bo’ladi.  

      

Ularning mehnat sharoitini yaxshilash uchun quyidagi chora – tadbirlar juda 



muhimdir: 

1.Traktor  kabinalarini  oqilona  joylashtirish  va  ish  joyini  takomillashtirish 

(o’tirg’ichlarni  tebranishni  pasaytiruvchi  moslamalar  bilan  jixozlash,  o’tirg’ich 

balandliklarini o’zgartirish sharoitini yaratish, ayrim jarayonlarni avtomatlashtirish 

kabilar. 

2.Yoz  faslida  kabinalarni  germetik  berkilishini  va  issiqdan  himoyalanishini 

ta’minlash,  kabina  havosini  konditsionerlashtirishi,  quyoshning  to’ѓri  tushuvchi 

nurlaridan himoyalash kabilarni takomillashtirishni taqozo qiladi. 

3.Yilning sovuq fasllarida kabinalarni isitish, mexanizatorlarni issiq kiyimlar bilan 

ta’minlash, issiq ovqatlar bilan ta’minlashni tashkil etish. 

4.Chang  va  zaharli  kimyoviy  moddalar  ta’siridan  himoya  qilish  uchun  - 

kabinalarning germetikligini, traktor g’ildiraqlari ustidagi himoyalovchi qanotlarni 




 

400 


 

takomillashtirish,  shaxsiy  himoya  vositalaridan  unumli  foydalanish  -"Lepestok", 

"Astra  -  2",  "F  -  62Sh"  kabilar.  Nafas  a’zolarini  shaxsiy  himoya  vositalari 

yordamida  himoyalash,  ayniqsa  kurak  chuvish  mashinalari  haydovchilari  uchun 

juda muhimdir. 

5.Shovqin  va  tebranish  ta’sirini  pasaytirish  uchun  -  mashina  va  traktorlarning 

texnik holatini takomillashtirish va ularning sozligini ta’minlash. 

6.  Yoz  fasllarida  tushlik  tanaffuslar  vaqtini  uzaytirish  (soat  12  dan  16  gacha), 

mehnat va dam olish tartibini to’g’ri joriy qilish, o’zaro almashinib ishlash tartibini 

joriy  qilish  (har  bir  smena  4  soat  davomida  ishlashi).  Mexanizatorlarning  mehnat 

ta’tillarini  mavsumiy  ishlarning  boshlanishidan  oldin  tashkil  qilish  maqsadga 

muvofiq. 

    O’zbekistonda  qishloq  xo’jaligidagi  ekinlar  o’rtasida 

paxtachilik 

eng 


salmoqli  o’rinni  egallaydi.  Shuning  uchun  bunda  mexanizatorlardan  tashqari  (er 

haydash,  chigit  ekish,  paxta  oralariga  ishlov  berish,  kultivatsiya,  paxtani 

mashinalarda  terish  va  tashish)  qo’lda  bajariladigan  ish  hajmi  katta  o’rinni 

egallaydi.  Bunday  mehnat  erta  bahordan  ya’ni  ariq-zovurlarni  tozalash,  dala 

chetlarini  chopish,  yer  tekislash,  majburiy  ish  holatlarida  paxtani  yaganalash  va 

chopish, chekankalash, qo’lda paxta terish va qurak chuvish mashinalarida paxtani 

chiqarish  kabilar.  Qo’lda  bajariladigan  ishlar  faqat  og’ir  mehnat  turiga  kirmay, 

balki  unda  tananing  majburiy  holatlari,  turli  tabiatga  ega  bo’lgan  jaroxatlarning 

kelib  chiqish  mumkinligi,  turli  xildagi  kimyoviy  preparatlar  bilan  muloqatda 

bo’lish, 

nomuvofiq 

mikroiqlim 

va 

ob-havo 


sharoitlarining 

ta’siri, 

me’yorlashtirilmagan  ish  kuni,  mehnat  va  dam  olish  soatlarining  to’g’ri  tashkil 

etilmaganligi, oqilona ovqatlanish tartibining tashkil etilmaganligi, dalalarga borib-

kelish uchun maxsus transport vositalarining o’z vaqtida ajratilmasligi kabi omillar 

shular jumlasidandir. 

    Bunday  omillarning  ta’sir  etish  jadalligini  pasaytirishga  qaratilgan  muhim 

omillarga quyidagilar kiradi: 




 

401 


 

1.  Mehnatni  keng  ko’lamda  mexanizatsiyalashtirish,  qo’lda  bajariladigan  ishlarni 

iloji  boricha  kamaytirish,  shu  jumladan  sug’orish,  sho’r  yuvish  ishlarini 

takomillashtirish, ya’ni tomchilab sug’orishni joriy qilish. 

2.  Ishlarni  bajarishda  yilning  fasllariga  mos  keladigan  maxsus  ish  kiyimlari  bilan 

ta’minlash. 

3.  Yozning  issiq  kunlarida  quyoshning  to’g’ri  tushuvchi  nurlaridan  himoyalash 

(soyabonli bosh kiyimlari, o’ziga issiqni yutmaydigan ochiq rangdagi yoz kiyimlari 

bilan ta’minlash). 

4.  Yirik  paxtachilik  xo’jaliklarida  yaxshi  jixozlangan  dala  shiyponlarini  tashkil 

qilib,  3  martalik  issiq  ovqatlar  bilan  ta’minlash,  yuvinish-kiyinish  joylarini, 

kiyimlarni quritish xonalarini tashkil qilish. Xuddi shunday sharoitlar yangi tashkil 

qilinayotgan fermer xo’jaliklarida ham yaratilishi shart. 

5.  Qishloq  xo’jaligida  band  bo’lgan  dala  mehnatkashlari,  mexanizatorlar  uchun 

sanatoriy-profilaktoriylarga  maxsus  yo’llanmalarni  tashkil  qilish,  bu  maqsadda 

bunday  dam  olish-davolanish  muassasalarini  xo’jaliklar  o’zaro  kelishgan  holda 

tashkil etishlari mumkin. 

   Hozirgi  sharoitda  O’zbekistonda 



chorvachilik

  ishlari  turli  shakllar  va 

ko’rinishlarda nomoyondir, chunonchi - parrandachilik fermalari, sanoat asosidagi 

bo’rdoqichilik  xo’jaliklari,  fermer  xo’jaliklari,  sut-tovar  fermalari,  yaylovda 

boqiladigan chorvachilik kabilar. 

     Chorvachilik  ob’ektlaridagi  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash  bo’yicha  muhim 

tadbirlar quyidagilardan iborat: 

1.  Ogohlantiruvchi  sanitariya  nazoratini  amalga  oshirish,  bu  tadbir  chorvachilik 

ob’ektlarini  loyihalashtirish,  qurish  va  jixozlash  jarayonida  zoogigiyenik 

printsiplarga asoslanishi kerak. 

2. Ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish (sut sog’ish, qora mollarni 

boqish,  tagini  tozalash,  parrandachilikda  tuxumlarni  to’plash,  saralash,  yuvish  va 

idishlarga joylashtirish), bunda mexanizmlarning beto’xtov ishlashini ta’minlash. 



 

402 


 

3.  Xonalarni  samarali  shamollatish, shu  bilan  birga  talab  etiladigan  parametrlarda 

harorat-namlik  me’yorlarini  ta’minlash  (avtomatlashtirilgan  issiq  havo  berish  va 

havo so’rish moslamalari yiѓindisi "Klimat - 3M" dan foydalanish. 

4.  Tashkillashtirilgan  tabiiy  shamollatish  moslamalaridan  foydalanish  - 

xonalarning  yuqori  qismidan  havo  chiqarilishi  uchun  shamollatish  tuynuklari  va 

pol ostida suyuq chiqindilarni chetlashtirish uchun maxsus quvurlarni tashkil qilib, 

u yerdagi havo almashinishini to’g’ri tashkil etish. 

5. Qish faslida - binolarni isitish. 

6.  Chang  hosil  bo’ladigan  joylarda  changlangan  havoni  so’rib  oluvchi  mahalliy 

moslamalarni o’rnatish. 

7.  Havo  muhitining  musaffoligini  ta’minlash  maqsadida  dezodorantlardan  (xlorli 

ohak eritmasi, ammoniy sulfat eritmalari), havo ozonatori kabilaridan foydalanish. 

8.  Chorvachilik  ob’ektlarida  veterenariya  nazoratini  qattiq  o’rnatish  va  ishchi- 

xizmatchilar  tomonidan  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  aniq  rioya  qilinishiga 

erishish. 

9.  Chorvadorlarning  mehnat  va  dam  olish  soatlarini  to’g’ri  tashkil  qilinishini 

nazorat qilish (ikki smenada ishlash, sirg’aluvchi grafik asosida xaftasiga 5 kunlik 

ish kunlarini joriy qilish). 

10.  Sanitariya-maishiy  binolar  majmui,  ishchilarga  tibbiy  xizmat  ko’rsatish 

ishlarini takomillashtirish. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish