Erish harorati 327°C, 400-500°C da bug’lanishni boshlaydi, 1740°C da qaynaydi.
364
Qo’rg’oshin va uning birikmalari
bilan intoksikatsiya qo’rg’oshinni
olish, rudadan qo’rg’oshinni quyish,
qo’rg’oshinli
bo’yoqlar,
akkumulyatorlar
ishlab
chiqarish,
poligrafiya
va
kabel
ishlab
chiqarishda, qo’rg’oshin vannalarda
metal
mahsulotlarini
toblash,
qo’rg’oshin bo’yoqlar bilan bo’yalgan
metal qismlarni payvandlash, gaz
bilan kesishda kuzatilishi mumkin.
Qo’rg’oshin saqlagan glazur bilan
qoplangan loydan yasalgan sopol idishda uzoq vaqt saqlangan nordon
mahsulotlarni iste’mol qilganda, ichki tomoni qo’rg’oshin bilan qoplangan
trubadan o’tuvchi ichimlik suvini iste’mol qilganda maishiy zaharlanish
kuzatilishi mumkin.
Qo’rg’oshin - keng spektrli ta’sirga ega protoplazmatik zahar bo’lib, asab va
yurak-qon tomir tizimlari, qonda o’zgarishlarni chaqiradi, fermentativ jarayonlar,
vitaminlar almashinuvini buzadi. To’qimalarda qo’rg’oshin miqdorining oshishi
organizmdagi boshqa mikroelementlar balansini buzadi.
7.2.1-rasm.
Surunkali intoksikatsiya uchun qo’rg’oshinli hoshiya harakterli – milk
qirrasi bo’ylab to’q kul rangli chiziqcha, asosan old tishlarda, terining
qo’rg’oshinli koloriti – yengil sariqlik bilan bo’zargan kul rangda bo’lishi; qonda
retikulotsitlar miqdorining oshishi (Geynts tanachalari bilan eritrotsitlar) va
bazofil-donador eritrotsitlar (rasm1); peshobda porfirinlar miqdorining oshishi.
Qo’rg’oshinli zaharlanish tashuvchilik (zaharlanish belgilarisiz qo’rg’oshinli
hoshiya), intoksikatsiyaning alohida belgilari bilan kechuvchi yengil zaharlanish
(retikulotsitoz, bazofilli donadorlik bilan eritrotsitlar miqdorining oshishi,
365
gemoglobinning sezilarsiz pasayishi bilan peshobda porfirin miqdorining
oshishi), yengil astenovegetativ sindrom ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin.
7.2-rasm.
Periferik
qonda
Geynts
tanachalari
bilan
eritrotsitlar va retikulotsitlar
Qo’rg’oshin
bilan
muloqotda bo’luvchi ishchilarda
profilaktik
chora-tadbirlarga
katta e’tibor qaratiladi. Bunday
ishlarda ishlash ayollar va o’smirlarga ruxsat etilmaydi. Korxonalarda apparatura
germetizatsiyasi, mexanizatsiyalash ko’zda tutiladi, qo’lda bajarish operatsiyalari
bartaraf qilinadi, umumiy va mahalliy ventilyatsiya. Shaxsiy himoya
vositalaridan foydalanish, sanitariya tekshiruvidan o’tish joyi kabi sanitariya-
maishiy xonalarning bo’lishi zarur. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish,
og’iz bo’shlig’i sanatsiyasi katta ahamiyatga ega. Ishlovchilar maxsus ajratilgan
joylarda ovqatlanishlari kerak, ovqat qabul qilish va chekishdan oldin albatta
qo’llarni xlor vodorodli (yoki uksus) kislotaning 1-20% li eritmasi, so’ngra esa
sovunli suv bilan yuvish shart.
Davolash-profilaktik ovqatlanish intoksikatsiyaning oldini olishda muhim omil
bo’lib hisoblanadi.
Dastlabki va davriy o’tkaziladigan tibbiy ko’riklar alohida ahmiyatga ega.
Qon, periferik asab tizimi, xafaxonlik kasalligi va boshqalar bo’lgan shaxslar
qo’rg’oshin bilan ishlashga ruxsat etilmaydi. Davriy o’tkaziladigan tibbiy
ko’riklarda sex terapevti, nevropatolog, oftalmolog (ko’rsatma bo’yicha) ishtirok
etadi.
Albatta peshobda qo’rg’oshin miqdori aniqlanadi, qonning klinik tahlili
o’tkaziladi (gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, retikulotsitlar, eritrotsitlarning
bazofilli donadorligi, EChT, ko’rsatmaga ko’ra gematoporfirin). Qo’rg’oshin
366
bilan muloqotda ishlovchilar profilaktoriylar, sanatoriya-kurort davolanishga
yuboriladi.
Etilendiamintetrauksusli kislota (EDTA) tuzlari, vitamin terapiyasi
(C, B guruhidagi vitaminlar), fizioterapiya, xvoya vannalari qo’llaniladi.
Ta’til
vaqtiga mehnatga layoqatsizlik kunlarini qo’shish bilan 2 oylik muddatga
kasallik varaqasini berish kafolatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: