F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 




 

150 


 

nishabligi,  ularning  kengligi,  chordoqlarning  balandligi  va  ularga  chiqish  yo’llari 

ifodalanadi. 

Kasalxonalarnng  qurilishi  va  ularni 

tashkil 

qilishda 

davolovchi-

himoyalovchi  tartib  uchun  eng  muvofiq  sharoitlarni  yaratishni  ta’minlash  kerak 

bo’ladi.  

Kasalxonalarni  joylashtirish  uchun  eng  yaxshi  sharoit  aholi  yashash 

joylarining  chetrog’idan  tanlanganda  yaratiladi.  Ammo,  shahar  ichidagi  kvartal 

ya’ni iloji boricha bir kvartalnnig o’zi shifoxona uchun ajratilgan bo’lsa va bu joy 

yashil  o’simliklarga  boy  bo’lsa  maqsadga  juda  muvofiq  tushgan  bo’ladi.  Har 

qanday  holda  ham  kasalxona  uchun  keladigan  yo’llar  iloji  boricha  qulay,  keng 

bo’lmog’i lozim. 

Ixtisoslashtirilgan  1000  ta  o’ringa  mo’ljallangan  bemor  uzoq  muddat 

davomida  davolanadigan  kasalxonalar,  maxsus  tartibga  ega  bo’lgan  (ruhiy, 

yuqumli, sil, onkologik, teri-tanosil kasalliklar kasalxonalari shahar cherlarida yoki 

yashil  zonada  aholi  yashash  joylaridan  500m  uzoqlikda  qurish  maqsadga 

muovfiqdir.  

Kasalxona  uchastkasi  shovqin  tarqatuvchi,  atrof  muhitni  ifloslovchi 

manbalardan  uzoqroqda  bo’lishi,  sanoat  korxonalari,  transport  qatnovi  jadal 

bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini 

tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir 

ishlab  chiqarish  zonalaridan  uzoqda  ya’ni  sanitar-himoya  zonasi  talablariga  rioya 

qilgan  holda  qurish  talab  etiladi.  Qurilish  uchastkasini  tanlashda  shu  joyning 

shamollar guliga rioya qilishini lozim.  

Korxonalarning  sanitar  tasnifi  va  sanitar-himoya  zonalarining  razmeri  SN-

245-71 da batafsil bayon qilingan. 

Murakkab  efirlar,  su’niy  teri,  rangli  metallar  bilan  ishlanadigan  korxonalar 

uchun  sanitar-himoya  zonasi  500m  atrofida  tashkil  etiladi.  300m.  atrofida  tashkil 

etiladigan  sanitar-himoya  zonalari  –  cho’yan  eritish,  yog’och  mahsulotlari,  jun 




 

151 


 

mahsulotlarini,  yog’ochdan  olinadigan  mahsulotlarni  jipslashtirish  uchun  sintetik 

smolalardan foydalanadigan korxonalar uchun ajratiladi.  

100m  sanitar-himoya  zonalari  metallarga  ishlov  berish  sanoati,  issiq  sexlarga  ega 

bo’lgan  korxonalar  bo’yash  va  oqlash  sexlariga  ega  bo’lgan  to’qimachilik 

korxonalari uchun ajratiladi.  

50m  li  sanitar-himoya  zonasi  eritish  sexlari  bo’lmagan  metallga  ishlov  berish 

korxonalariga xosdir.  

Qishloq xo’jaligiga doir korxonalar uchun:  

1000m li zona parrandachilik fabrikalari,  

500m li zona cho’chqachilik fermalari, 

300m li zona qora mollar uchun fermalar

100m li zona otxonalar, garajlar va texnik xizmat bo’yicha parklar, 

50m li zona qishloq xo`jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar uchundir. 

Kanalizatsiyaga doir chiqindi suvlarini tozalash korxonalarining quvvati 0,2 

ming  m


3

dan  50-500000  m

3

  gacha  suvni  kun  davomida  tozalash  quvvatiga  ega 



bo’lsin. Himoya-zonasi 150-400m atrofida va chiqindi suvlarini mexanik tozalash 

inshootlari bo’lgan korxonalar uchun 200-1000m gacha qilib beriladi. 

Kasalxona qurilish uchta asosiy turda quriladi: 

1.Markazlashmagan  (pavilon)  turidagi  qurilishda  kasalxona  tarkibiga  kiruvchi 

barcha bo’limlar alohida binolarda joylashtiriladi. 

2.Markazlashgan  turdagi  kasalxonaning  barcha  bo’limlar  (patologik  va  anotomik 

va xo’jalik bo’limidan tashqari) bitta ko’p qavatli binoda joylashadi. 

3.Aralash  turdagi  qurilishda  kasalxonaning  barcha  asosiy  somatik  bo’limlari  bosh 

binoda,  yuqumli  kasalliklar,  bolalar,  tug’ruqxona  va  poliklinikaga  doir  bo’limlar 

alohida binolarda joylashtiriladi. 

Qanday  turdagi  kasalxona  qurilish  bo’lishidan  qat’iy  nazar  yer 

uchastkasining  maydoni  yetarli  va  normativlarga  muvofiq  ajratilishi  kerak  (3.2.2-

jadval). 

 



 

152 


 

3.2.2-jadval 

Kasalxona uchastkasining yer maydoni tanlash (QMQ-K-2-62). 

Kasalxonadagi 

koykalar soni 

1 koyka uchun yer maydoni m

2

 da 


Markazlashgan 

Markazlashmagan 

50 

300 


400 

75-100 


200 

300 


150-200 

150 


200 

300-400 


125 

150 


500-600 

100 


125 

800-1000 

80 

110 


 

Kasalxona uchastkasidagi qurilishlarning zichligi 15% dan oshmasligi kerak. 

60%  dan  kam  bo’lmagan  maydon  ko’kalamzorlashtirilgan  zona  bo’lishi  kerak. 

Kasalxona  ichidagi  bog’-park  zonasi  bir  koyka  uchun  25m

2

.  Kasalxona 



uchastkasini zonalarga bo’lishda shamollar guliga e’tibor qaratilishi lozim. 

Kasalxona territoriyasida yuqumsiz davolash, yuqumli davolash, poliklinika, 

bog’-park  va  h.k.  tashkil  etilishi  kerak.  Kasalxonaga  kirish  yo’llari  davolash 

korpuslariga  alohida,  patologik  anatomiya  korpuslariga  alohida  bo’lishi  kerak. 

Bino  va  xo’jalik  bo’limiga  bitta  bo’lishi  ruxsat  etiladi.  Kasalxona  uchastkasiga 

kirish oldida avtomashinalar turishi uchun maydoncha tashkil etiladi. 

Binolar orasidagi masofa 25-30 m dan kam bo’lmasligi kerak, amma binolar 

ko’p qavatli bo’lsa, yonma-yon joylashgan binoning  eng balandini 2,5-3 martalik 

balandiligidan  kam  bo’lmasligi  talab  etiladi.  Kasalxona  uchun  ajratilgan  yer 

uchastkasida  binolarning  o’zaro  joylashishi  shunday  bo’lishi  kerak-ki,  yuqumli 

kasalliklar bo’limlari yuqumsiz kasalliklar bo’limlaridan qat’iyan ajratilishi lozim. 

Kasalxona  tarkibidagi  hamma  binolarni  qurish  uchun  ajratiladigan  yer  maydoni 

umumiy  maydonning  12-15%  dan  oshmasligi  kerak.  Binolarning  orientatsiyasiga 

katta  e’tibor  qaratish  lozim,  ayniqsa  kasalxona  tarkibiga  kiruvchi  ayrim  xonalar 

uchun, chunonchi intensiv terapiya palatalari uchun g’arbiy orientatsiyaga umuman 

yo’l  qo’yilmasligi  kerak,  xuddi  shunday  talab  3  yoshgacha  bo’lgan  bolalar 

palatalari  bo’limi,  bolalarning  o’ynash  xonalari  va  h.k.  Bizning  respublikamizda 

jarrohlik,  jonlantirish  zallari,  sektsion  xonalar  uchun  shimoliy,  shimoli-sharqiy, 




 

153 


 

shimoli-g’arbiy  orientalarning  bo’lishi  maqsadga  muvofiqdir.  Qolgan  barcha 

xonalarning  derazalari  dunyoning  hamma  tomonlariga  qarab  qurilishi  mumkin, 

ammo  IV  iqlim  kengligi  sharoitida  xonalardagi  mikroiqlimni  yaxshilash  uchun 

yozgi  binolar,  terassa,  ayvonlar,  lodjiyalarni  qurish  va  jihozlashni  nazarda  tutish 

kerak.  Ruhiy  kasalliklar  va  onkologik  bemorlarni  davolash  bo’limlari  yoki 

shifoxonalari bundan mustasno. 

Kasalxona  uchastkasining  tevarak  atrofi  yoki  perimetri  bo’ylab  yashil 

o’simliklar  tasmasini  (zonasini)  tashkil  etish  lozim,  buning  uchun  yashil 

o’simliklar ekilgan tasma maydonining kengligi 10-15 m ni tashkil etmog’i kerak, 

kasalxona  uchastkasining  o’zida  esa  yashil  o’simliklarning  zonasi  uchun  kam 

deganda 60% yer maydoni ajratilishi kerak. 

Patologo-anatomik 

korpus  yoki  o’likxona  davolash  korpuslaridan 

alohidalanishi  kerak,  oshxona  va  davolash  korpuslaridan  30m  uzoqlikda 

joylashtirilishi kerak. 

Kasalxonaning asosiy qismi bo’lib palatalar sektsiyasi hisoblanadi. Sektsiya 

bir xildagi kasallikni davolash uchun ajratilgan kompleks bo’lib, palatali, koridor 

va  xo’jalik  xonalari  hamda  hojatxonadan  tashkil  topgan.  Koykalar  sonini  undan 

oshirish  davolash-yordamchi  xonalarga  yuklamani  juda  oshirib  yuboradi.  Hozirgi 

kunda  palatalar  sektsiyasidagi  koykalar  ikki  martaga  qisqartirish  amalga 

oshirilmoqda. Palatalarga to’rttadan ortiq bemorni joylashtirish maqsadga muvofiq 

emas,  lekin  sektsiya  tarkibida  2-1  koykali  palata,  1-2  koykaga  mo’ljallangan 

bo’lishi kerak.  

Yuqumsiz  kasalliklar  davolanadigan  palatalar  uchun  sanitar  me’yorlari 

quyidagicha bo’lishini nazarda tutadi: 

1  koykali  palataning  maydoni  9m

2

  2  o’rinli  palatada  1  koyka  uchun  ajratiladigan 



maydon  7m

2

dan  ortiq,  palataning  balandligi  3m,  1  koyka  uchun  20  m



3

  (3.1.2-

jadval). 



 

154 


 

Palatalarda  koykalar  deraza  oynalari  bilan  devorga  parallel  holda 

joylashtiriladi,  krovat  bilan  tashqi  devor  o’rtasidagi  masofa  0,9m,  krovatlar 

oralig’idagi masofa esa 0,8-1m ni tashkil etadi. 

Har  bir  palataga  issiq  va  sovuq  suv  beradigan  qo’l  yuvish  chig’anoqlari 

o’rnatilishi lozim. Devorlarning pardozi va pol yuzalari ularning tozaligini saqlash 

uchun  ishlov  berishga  qulay  qilib  jihozlanadi.  Devorlarning  bo’yog’i  silliq, 

yaltiramaydigan,  yorug’  ranglarda  bo’lishi  talab  etiladi  (janubiy  rumblarga  qarab 

qurilgan  palata  devorlarining  bo’yoq  ranglari  sovuq  tonlarda  ya’ni  ko’k-yashil, 

shimoliy orientatsiyadagi palatalar uchun esa sariq ranglar).  

Palatalarning  devorlari  0,8m  balandlikda  moyli  bo’yoq  bilan  bo’yalashi 

kerak. 


Bemorlarni  sifatli  davolashdagi  muhim  sharoitlardan  biri  palatalarga  toza 

havoning kirib turishi va oqilona yaratilgan mikroiqlim sharoitlari hisoblanadi. 

Bir  bemor  uchun  havoni  shamollatish  hajmi  soatiga  40-50  m

3

  dan  kam 



bo’lmasligi, havo almashtirish karraligi esa soatiga 2 tadan kam bo’lmasligi kerak. 

Bir  soat  davomida  xona  havosini  ikki  martalik  almashtirish  tashkil  etilganda 

palatadagi havoning hajmi 1 ta bemor uchun 250-300 m

3

 atrofida bo’ladi. 



Shifoxonalardagi palatalarga markazlashgan holda tozalangan havoni uzatish 

va  xonadagi  ifloslangan  havoni  so’rib  chiqarish  shamollatish  moslamalari  orqali 

amalga oshiriladi. Bunda qish kunlari beriladigan havo isitiladi, yoz kunlarida  esa 

salqinlashtiriladi.  Shamollatish  qanday  moslamaga  ega  bo’lmasin,  deraza 

oynalarining hammasi framuga yoki deraza darchaisga ega bo’lishi lozim. 

Havoning  harorati,  uni  almashtirish  karraligi  bir  soat  davomida  shu 

xonalarning qanday maqsadlarda foydalanilishiga bog’liq bo’ladi va bu me’yorlar 

SanQ va M-0292-11da o’z ifodasini topgandir (3.2.4-jadval).  

3.2.4-jadval 

Ayrim shifoxonalardagi palatalarga bo’lgan gigiyenik talablar 

Xonalar 

Havo 


harorati 

   Havo almashinish karraligi 

Havo berish            Havo so’rish 

Kattalar palatasi 

20-22

0

C   1 koykaga 80m



Ikki karralik 




 

155 


 

Tireotoksikozli bemorlar 

uchun palata 

20-21


0

1 koykaga 80m



3

           Ikki karralik 

 

Jarrohlik, jarrohlikdan 



keyingi, tug’ish zallari, 

kuyganlar palatasi, 

jonlantirish palatasi 

22-23


0

Soatiga 10 karradan kam bo’lmaslik 



Yangi tug’ilgan, chala 

tug’ilgan, ko’krak 

yoshidagi bolalar 

palatalari 

25-27

0



1 ta koyka uchun 80m

Yuqumli kasalliklar 



bo’limi palatalari 

22-24


0

        2,5                              2,5 



Xodimlarning xonasi 

23-24


0

1                                  1 



Diagnostik laboratoriyalar   22-23

0



1                                  3 

Sanitar ishlov berish 

 24-25

0



3                                  5 

Murda saqlash xonasi 

 2

0



-                                   3 

Hojatxona 

18-20

0



 

 

Palatalardagi  tabiiy  havo  almashinish  palatani  sektsiyasini  joylashishiga 



bog’liq bo’ladi. Ular havo almashinish sharoitini yaxshilaydi va bemorlarni kunduz 

kunlari bo’ladigan joylari sifatida xizmat kiladi.  

Xonalar orientatsiya juda katta ahamiyatga ega bo’lib, xonalarning yoritilishi 

va  insolyatsion  tartibini  ta’minlaydi  va  eng  muvofiq  mikroiqlim  sharoitlarini 

yaratishga imkon beradi. Xona va binolarning orientatsiyasi geografik kengliklarga 

muvofiq  tavsiya  etiladi.  Palatalar  bemorlarning  kunduzgi  bo’ladigan  xonalari 

janub, janubiy-sharq, sharq, tarafga qarashi lozim. Jarrohlik, reanimatsiya xonalari 

shimolga  YoKq1:4,  shimol-sharqqa,  sektsion  laboratoriya  va  qo’shimcha 

xonalardagi YoKq1:7, 1:6 bo’lishi kerak.  

- Maksimal insolyatsion tartib, orientatsiyasi janubiy sharq (g’arb), quyosh tushish 

maydoni  80%.  Bunday  orientatsiya  bolalar  bo’limi,  sil  kasalligi,  reabilitatsiya, 

revmatologiya bo’limlaridagi palatalarga tavsiya etiladi. 

-  O’rtacha  insolyatsion  tartib  –  janubiy-sharq,  quyoshning  xona  sathiga  tushish 

vaqti  3-5  soat,  maydoni  40-50  %.  Bunday  insolyatsion  tartib  o’tkir  jarrohlik 

kasalligiga uchragan va boshqa o’tkir turdagi kasalliklarga tavsiya etiladi. 



 

156 


 

-  Minimal  insolyatsion  tartibda  shimoliy-g’arb  (sharq)  holatlarida  bo’lib  quyosh 

nurining  tushish  vaqti  3-soatdan  kam.  Bu  og’ir  bemorlar  palatasi,  onkologik 

bemorlar uchun jihozlangan palatalar, reanimatsiya bo’limlar uchun tavsiya etiladi. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish