Etiologiyasi aniqlanmagan ovqatdan zaharlanishlar.
Alimentlar–paroksizmal–toksiz
mioglobinuriya–kasalliklarini
kelib
chiqishida dunyoning turli mamlakatlarida baliq mahsulotlarini iste’mol qilishga
bog’liq yuzaga kelib turadi. Kasallikka chalinganlarning deyarli barchasida
mushaklarning alimentlar distrofik va mikrotik o’zgarishlar rivojlanadi, buyrak
funksiyasining izdan chiqadi, MNS funksiyasi o’zgaradi. Kasallikning eng asosiy
klinik belgisi qatoriga mushaklarda to’satdan yuzaga keladigan kuchli og’riq
xuruji, mioglobinuriya. Tabiatdan zaharli bo’lmagan baliqlarda (shuka, okun,
sudak) zaharlilik xususiyatini ro’yob qilishi fitoplanktonlarga oid ovqatli
mahsulotlarning xususiyatlarini o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Ammo, bu zaharli
moddalarning tarkibida va xususiyati aniqlangan emas.
«Ovqatdan
zaharlanishlarda
sanitariya-epidemiologiya
xizmat
muassasalarida uning kelib chiqishi sabablarini tekshirib hisobga olish va
laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish haqidagi instruksiya»ga muvofiq tibbiy
yordam ko’rsatgan vrachga unga birlamchi tashhis qo’ygan yoki ovqatdan
zaharlanishga shubha qilgan shifokor quyidagilarni bajarishi shart:
1. Telefon, telegraf yoki biror xodim orqali sanitariya-epidemiologiya markaziga
shoshilinch xabar yuborish kerak.
2. Ovqatdan zaharlanish aniqlangandan so’ng 12 soat mobaynida kasallik haqida
shoshilinch xabarnoma yuborish lozim, bunday xabarnoma 058 hisob shaklida
tuman DSENMning kasallik aniqlangan aniq manzilgoh to’g’risida ma’lumot
beriladi.
3. Kasallikning keltirib chiqargan ovqat mahsulotini yoki shubha qilingan mahsulot
iste’moldan chetlanishi va keyinchalik bu mahsulotning tarqatilishi ta’qiqlanadi.
103
4. Shubhali ovqat qoldiqlari, qusish – materiallari (oshqozon yuvilgan suv), najas,
siydiklar to’planadi va lozim bo’lganda bemordan qon olib gemokultura uchun
ekiladi.
Bakterologik tekshiruvlar uchun namunalar og’zi keng shisha idishlarga
olinib, ularning og’zini zich berkilishiga e’tiborni qaratish kerak, olingan
namunalarni hajmi 200-300 ml miqdorida bo’lib, pergament qog’ozga o’raladi,
ustidan kanop yoki rezina bilan bog’lanadi. Konserva qoldiqlari topilgan hollarda
ovqat qoldig’i shu idishning o’zida laboratoriyaga jo’natiladi. Najas namunalarni
olishda imkoni boricha eng oxirgi najas namunasi bo’lgani ma’qul (5-10 g). Agar
najasda shilliqlar, yiring, qon qoldiqlari yoki izlari bo’lsa ularni ham albatta
namunaga kiritish lozim bo’ladi.
Qusuq namunalari (50-100 ml), oshqozonni yuvish suvlari (100-200 ml)
miqdorida har bir jabrlanuvchidan olinadi, lekin namuna olish ba’zi bir dori-
darmonlarni iste’mol qilinishidan ilgari olinishi shart.
Tomoq va burunlarda surtma olishda sterillangan paxtali tamponlardan
foydalaniladi. Namunaga yorliq yopishtiriladi, nomerlanadi va muhrlanadi. Har bir
namuna idishda olingan materialning nomi, namuna olingan bemorning F.I.Sh.
olingan vaqti ko’rsatiladi. Bakteriologik tekshirishlar uchun namunalarni 4-6
0
C
haroratda bir kundan ortiq saqlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |