murojaat qilgan. Murojaat qilganlar quyidagicha shikoyatlarni aytishgan: qorinda
og’riq, tez hamda ko’p qusish. Bulardan 3-5 yoshdagi bolalarning ahvollari
og’irroq. Kasallik kunning o’rtasida boshlangan bo’lib, jami 8 kishi kasallangan.
Uchta oila a’zolari turlicha ovqatlanganlar, ammo umumiy ovqat sifatida mahalliy
aholidan sotib olingan sut iste’mol qilingan. Kasallik boshlanishidan bir kun avval,
sut sotgan ayol haridorlarni ogohlantirib, yendi sutni olib kelmasligini aytadi,
104
2.
Toshkent shahridagi 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bir oiladan 8 ta
bemor yotqizilgan bo’lib, ularning barchasi qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, qusish,
ich ketish, haroratning ko’tarilishi kabi shikoyatlarni aytishgan. Ayniqsa,
bolalarning ahvoli og’irroq bo’lgan. Kasallanganlarning barchasi uy sharoitida
qaynoq suvda tayyorlangan kremli tort iste’mol qilishgan. Tort tayyorlash uchun
bir oy oldin bozordan sotib olingan tuxumdan foydalanilgan va u muzxonada
saqlangan. Kasallik ich ketish va haroratning ko’tarilishi bilan boshlangan.
Chaqirilgan vrach o’tkir yuqori nafas yo’llarini yallig’lanishi deb tashhis qo’yib,
shifoxonaga yotqizishni taqlif qilgan, lekin oila a’zolari uni rad etishgan. Ikkinchi
kuni 12 yoshli qizni o’ta og’ir (agonal) ahvolda kasalxonaga yotqizilgan va u 15
kuni qilingan barcha muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Oilaning boshqa
a’zolari ham turli ahvollarda gospitalizatsiya qilingan va o’tkazilgan davolash
kursidan so’ng 5-7 kunlari uylariga chiqarilgan. O’lgan qizni yorib ko’rilganda
yarali enterokolit, o’pka, yurak, buyraqlarida chuqur o’zgarishlar, toksik nefrit,
ingichka ichakda esa qon oquvchi yara borligi aniqlangan.
3.
Yuqumli kasalliklar klinikasi (KIB) ga kam quvvatlik, qorinda og’riq, ko’ngil
aynishi, ich ketish kabi shikoyati bor bo’lgan bemor yotqizilgan. Ko’rsatilgan
kasallik belgilari ertalab paydo bo’lib, bir necha soatdan so’ng bemorning ahvoli
og’irlashgan. Ko’z qovoqlari shishgan, nafas olishi og’irlashgan. Bemor ovqat
iste’mol qila olmagan. Kechqurunga borib uning ahvoli yanada og’irlashgan, so’ng
tez yordam chaqirilib, bemorni kasalxonaga olib kelingan. So’rash natijasida
bemorning kasallanishidan oldingi kuni kechqurun «Gospital» bozori oldidagi pivo
barida uy sharoitida dudlangan baliq iste’mol qilganligi aniqlangan. O’tkazilgan
spetsifik va simptomatik davolash tadbirlari natijasida bemor qoniqarli ahvolda
kasallikning 19 -kuni uyiga jo’natilgan.
4.
Yuqumli kasalliklar klinikasiga ikki oiladan ko’ngil aynishi, tez-tez qusish,
bo’shashish, qorin sohasida og’riq kabi shikoyatlar bilan 7 kishi yotqizilgan.
Bemorlarning tana harorati me’yorida. Kasallik to’satdan 1 yanvar kuni erta bilan
boshlangan. Ikkala oila yangi yilni birga kutib olishgan. Kasallanganlar 31
105
dekabrda «SUT» nomli firma do’konidan sotib olingan va hovlida saqlangan tort
iste’mol qilganlar. 12 kishidan 7 kishi kasallangan.
Taqlif yetilayotgan ovqatdan zaharlanish hodisasini ko’rib chiqing va quyidagi
savollarga javob bering:
1.
Bu qanday ovqatdan zaharlanish va u qaysi guruhga kiradi?
2.
Zaharlanishni qaysi ovqat mahsuloti keltirib chiqargan?
3.
Bemorlarga qanday tibbiy yordam ko’rsatish kerak?
4.
Ovqatdan zaharlanish o’chog’ida qanday tadbirlarning o’tkazilishi kerak?
5.
Shunday hodisalar qaytalanmasligi uchun oldini olish choralarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: