shaxsiy va aralashgan tarzda bo’lishi mumkin. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy
ovqatlanishida issiq ovqat tayyorlanishi yoki quruq payok mahsulotlari bilan
yetilmaydigan mahsulotlar kiritilgan. Ularning eng muhimlari qotgan nonlar (oddiy
va to’yintirilgan qo’shimchalar kiritilgan va zichlashtirilgan) va konservalar
Qotgan nonning to’la sifatliligini tekshirish namuna olingan kundan 3
kungacha bo’lgan davomida aniqlanishi kerak. Bunda quyidagi ko’rsatkichlar
628
Qotgan nonning tashqi ko’rinishi va non zararkunandalarni aniqlash: ko’rish
orqali, ta’mi, hidi - organoleptik usulda aniqlanadi.
Ho’llanishni aniqlash: yarimta qotgan nonni xona haroratidagi suvga (15-20o)
solib, vaqt belgilanadi (5 daqiqa shaklga solingan, masalan, buxanka noni uchun,
pechda pishirilgan non uchun - 8 daqiqa), shu vaqt ichida qotgan non shunday
ho’llanishi kerakki, u yengil chaynalsin, ammo xamir bo’lib qolmasligi kerak.
Nonning kislotaliligini aniqlash. 10 g. kotgan non talqoni 200 ml li kolbaga
solingan xona haroratidagi 100 ml distillangan suvga 10 daqiqa davomida ivitamiz,
so’ngra 3 daqiqa davomida jadal chayqatiladi va 10 daqiqa davomida tindirib
qo’yiladi. Ustki suv qismi stakanga filtrlanadi. Filtrlangan suyuqlikdan 25 ml ni
100 ml konussimon kolbaga solamiz, 5% fenolftaleinning spirtli eritmasidan 5
tomchi qo’shamiz va 0,1 n. natriy ishqori bilan och pushti rang hosil bo’lguncha
titrlaymiz. Kislotalilik graduslarda ifodalanadi va 100 g quruq mahsulotga quyidagi
formula bo’yicha hisoblanadi:
K x V x 400
X = -------------------; bu yerda
(100 x Nv)
K - natriy ishqori titriga to’g’rilash koeffitsiyenti;
V - titrlash uchun sraflangan natriy ishqorining miqdori, ml;
Nv- qotgan nonning namligi, foizlarda (%), arpa, bug’doy, arpa-bug’doy
unlaridan tayyorlangan qotgan nonning namligi 11% dan oshmasligi kerak).
Arpa unli qotgan nonning kislotaliligi 21g dan, bug’doy uni qotgan noni-
15gdan, arpa-bug’doy unidan tayyorlangan qotgan nonniki – 20g dan oshmasligi
kerak.
Askarlarning quruq payoklaridagi konservalar oddiy sxemada tekshiriladi:
tashqi ko’rinishi (yorliqning bor-yo’qligi, shtampli belgilarni o’qish, ezilish joylari,
zang dog’lari, bombaj), konserva ichidagi mahsulotning ko’zdan kechirish
(organoleptik xossalari- rangi, hidi, ta’mi, konsistentsiyasi), bankaning ichki
devorlarini ko’zdan kechirish.
629
Qotgan nonning nordonligini aniqlash.
Kolbaga 10 g. qotgan non talqoni solinadi.
Unga 100 ml distillangan suv solinib, 10 minut aralashtiriladi.
Hosil bo’lgan suyuqlikdan 25 ml filtrat olinadi.
Filtratga 5 tomchi fenolftalien eritmasi solinadi.
0.1 natriy ishqori bilan och pushti rangga kirguncha titrlanadi.
Formula orqali foizlarda aniqlanadi X= A x 100/ 2.5 x 10
Me’yor bilan solishtirilib, xulosa qilinadi va bayonnoma yoziladi.
Dala sharoitida harbiy xizmatchilar organizmining vitamin C bilan
ta’minlanganligini tekshirish va baholash
Do'stlaringiz bilan baham: