633
Dala sharoitida suvni tindirish va zararsizlantirish usullari.
Suvni tindirish
. STP loyqa suvni tindirish uni koagulyatsiyalash va keyin uni
tabelli va notabelli vositalar yordamida filtrlashdan iborat. Koagulyatsiyalash
uchun alyuminiy sulfat tuzidan foydalaniladi. Suvni koagulyatsiyalash jarayonida
suv faqat muallaq holdagi zarrachalardan holi bo’lmay, balki qisman RM, ZM va
bakterial vositalardan ham tozalanadi. Koagulyatsiyaning samarali bo’lishi uchun
uning dozasi to’g’ri tanlanishi kerak. Koagulyant dozasi suvning xossasiga
muvofiq 20 dan 300 mg/l gacha tebranishi mumkin.
Koagulyant dozasini tanlash
. Dozani tanlash tajriba orqali aniqlanadi: 3
stakanga 200 ml dan tozalanuvchi suv solinadi va 1-stakanga taxminiy 20 mg
(pichoq uchida), 2-stakanga-40 mg, 3-stakanga - 60 mg quruq koagulyant solinadi.
Bu dozalar 1 litr suv uchun 100, 200, 300 mg muvofiq keladi. Stakandagi suvni
aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Qaysi stakandagi suvning yuqori qismi
yaxshi tiniqlashgan bo’lsa, shu stakandagi doza eng optimal doza hisoblanadi.
Koagulyant tiniqlashtiriladigan suvga maydalangan holda yoki 5% eritma sifatida
qo’shilishi kerak, so’nga suv tiniqlashtiriladi va filtrlardan o’tkaziladi.
Suvni filtrlash
- dala sharoitida suvni qaynatish yoki xlor yordamida xlorlash
orqali amalga oshiriladi.
Kichik hajmdagi suvlar qaynatish orqali zararsizlantiriladi. Qaynatish vaqti:
agar suv bak.vositalar bilan ifloslanganligi haqida ma’lumotlar bo’lmasa - 10
daqiqa; vegetativ shakldagi mikroblar bilan kuchli ifloslangan bo’lsa - 30 daqiqa;
spora hosil qiluvchi mikroblar bilan zararlangan bo’lsa - qaynab chiqqandan so’ng
1 soat qaynatiladi.
Katta miqdordagi suvlarni zararsizlantirish uchun xlorlash usuli qo’llanadi va
buning uchun xlorli ohak eritmasi yoki gipoxlorid kalsiyning uchdan ikki qismli
asosiy tuzi (DTSGK) bilan zarasizlantiriladi. Suvning birlamchi xossasiga muvofiq
normal dozadagi yoki giperxlorlash usullarini qo’llash mumkin.
634
Suvni normal dozadagi xlor bilan zararsizlantirish
da suvning xlor bilan
bo’ladigan kontaktidan so’ng aniqlanadigan qoldiq xlor miqdori 0,3-0,5 mg/l ni
tashkil etishi kerak.
Dala sharoitida suvni zarasizlantirishdagi asosiy usul
giperxlorlash
hisoblanadi. Bunda suvning xlorga bo’lgan ehtiyojini aniqlashga hojat qolmaydi,
suvning zararlanishi yuqori darajada, xlorlash muddati 30 daqiqagacha qisqaradi,
suvdagi begona hid va ta’mlar yo’qoladi, va suvda ZM miqdori pasayadi.
Giperxlorlashni o’tkazishda xlor dozasi suvning fizikaviy xossalari, manbadagi
suvning ifloslanish darajasi va tabiati va epidemiologik vaziyatga muvofiq
belgilanadi. Odatda bu doza 10-30 mg/l atrofida bo’lishi mumkin, ayrim hollarda
esa - 1000 mg/l gacha oshiriladi.
Suvni giperxlorlash quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Xlorli ohakning faolligini aniqlash
2.Belgilangan hajmdagi suvni zararsizlantirish uchun xlorli ohakning miqdorini
hisoblash.
3.Hisoblangan xlorli ohakni tortib olish va suvga solish.
4.Ma’lum muddatli kontaktdan so’ng suvdagi qoldiq xlor miqdorini aniqlash.
Suvni giperxlorlashda ruxsat etiladigan qoldiq xlor miqdori - 0,8-1 mg/l tashkil
etadi.
5.Qoldiq xlor miqdori yuqori bo’lganda suvni aktivlashtirilgan ko’mir orqali
filtrlash yoki 1g qoldiq xlorga 3,5g natriy giposulfitini qo’shish orqali dexlorlanadi.
Zaruriy reaktivlar va laboratoriya idishlari bo’lmagan sharoitda oddiy usuldagi
xlorlashni qo’llash mumkin: kotelokka 3-4 choy qoshig’ida quruq xlorli ohak
solinadi va biroz solib, bo’tqasimon massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi va
kotelok to’lguncha suv to’ldiriladi. Bunda kotelokda taxminan 1% xlorli ohak
eritmasi tayyorlangan bo’ladi. So’ng 3 ta chelakka to’ldirib zararsizlantiruvchi suv
olinadi va birinchi chelakka - bir qoshiq, 2-chelakka - 2 qoshiq, 3-chelakka uch
qoshiq xlorli ohak eritmasi qo’shiladi va 30 daqiqaga qoldiriladi. Vaqt o’tgandan
keyin xlor xodi bo’yicha (2-3 ball) eng optimal xlorlangan suvni aniqlanadi va
635
kerak bo’ladigan har qanday hajmdagi suv uchun talab etiladigan xlor dozasini
hisoblab topish mumkin.
Suvni xlorlash bir nechta usullar yordamida amalga oshiriladi. Tinch
epidemiologik sharoitda suvning deyarli yaxshi ko’rsatkichlari bo’lganda xlorning
me’yor dozalari bilan (4-5 mg faol xlor 1 litr suvga) xlorlash qo’llaniladi. Yomon
epidemiologik sharoitda suvni giperxlorlash (xlor dozasi –10-20mg/l gacha)
o’tkaziladi, lekin bunday hollarda dexlorlash ehtiyoji tug’ilishi mumkin. Suv bilan
xlor kontaktidan keyin (yilning sovuq faslida 1 soatdan, issiq faslida 30 daqiqadan
kam bo’lmagan) suvda kam miqdorda qoldiq xlor qolishi kerak, bu suvni
zararsizlantirishni asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Qoldiq xlor miqdori 950-2000
O’zDST bo’yicha 0,2-0,5 mg/l bo’lishi kerak. Suvni zararsizlantirish sifati suv
tarkibida 0,2-0,5 mg/l xlor bo’lganda xlor hidi bo’yicha aniqlanishi mumkin
(2ball).
Yanada obyektiv ko’rsatkich bo’lib qoldiq xlorni kimyoviy usullar
yordamida aniqlash hisoblanadi: 100 ml tekshiriladigan suv + 10 ml bufer eritma, 5
ml 10% KI = 1 ml 1% kraxmal eritmasi. Eritmani
rangsizlanishga qadar 0,005n giposulfit natriya eritmasi bilan
titrlanadi. Qoldiq xlor miqdori quyidagicha topiladi: (X)
X = (p Ч K Ч 0,177 Ч 1000) ч V mg/l,
p - titrlashga ketgan giposulfit eritmasi, ml da
K – giposulfit natriy titriga tuzatish koeffitsiyenti
0,177 – 1ml 0.005 giposulfitga mos keluvchi xlor miqdori
V – tekshirish uchun olingan suv hajmi
Shaxsiy zaxira suvlarini zararsizlantirish uchun tibbiy xizmat qismdagi
askarlarga suvni zararsizlantirish uchun tabletkalar tarqatadi: pantotsid, puritabs,
akvasept v.b. Ko’pincha bu tabletkalar tarkibidan ta’sir etuvchi modda xlor bo’ladi.
Agar tabeltkalar noto’g’ri saqlansa ularning faolligi pasayib ketadi, shuning uchun
ularni tarqatishdan oldin xlorning faolligini aniqlash talab etiladi. Buning uchun 1
tabletkani 100 ml dagi distillangan yoki qaynatilgan suvda eritiladi, 1:5 n.xlorid
636
kislota eritmasidan 1 ml, 20-30 dona KI kristallaridan va 1 ml 1% li kraxmal
eritmasi qo’shiladi. Hosil bo’lgan ko’kish rangli eritmani rangsizlanguncha 0,7% li
natriy giposulfiti eritmasi bilan titrlanadi. Bir tomchi natriy giposulfiti 0,04 mg faol
xlorga to’g’ri keladi. Yangi tabletkalardagi faol xlorning aktivligi: pantotsidda -
mg, akvaseptda - 3,5 mg, puritabsda- 4 mg ga teng bo’lishi kerak.
Tabletkalarni tarqatishda qism askarlariga bir yo’la tabletkalardan foydalanish
tavsiyanomasi ham qo’shib tarqatiladi.
Talabalarning mustaqil ish uchun topshiriq:
1.Manbadan olingan suvni oddiy xlorlash usuli bilan xlorlashni o’tkazish
2.Tavsiya etilgan tabletkalarning yaroqliligini aniqlash.
Dala sharoitida suvdagi ammoniy tuzlarini sifat reaksiyasini aniqlash
Probirkaga 5-10 ml tekshirish suvi olinadi.
5 tomchi 50% segnet tuzi eritmasi solinadi.
4 tomchi Nessler reaktivi tomiziladi.
Ammoniy tuzlari bo’lsa suvda sariq rang hosil bo’ladi.
Xulosa va bayonnoma tuziladi.
Dala sharoitida suvdagi nitrat tuzlarini aniqlash. (sifat reaksiyasi)
Probirkaga 8-10 ml tekshiriluvchi suv olinadi.
Pichoq uchida unga Griss reaktivi solinadi.
Spirtovka alangasida qizdiriladi.
Pushti rang hosil bo’lishi suvda nitrat borligini ko’rsatadi.
Xulosa va bayonnoma tuziladi.
Shaxsiy suv zaxiralarini zararsizlantiruvchi tabletkalarni sifatini aniqlash
(pantatsid, akvasept)
1ta tabletka 100 ml distillangan suvda eritiladi.
1ml 1% xlorid kislota + 2-3 ta kaliy yod kristali + 1ml 1% kraxmal eritmasi
qo’shiladi.
Ko’k rang hosil bo’ladi.
637
Ko’k rang yo’qolgunga qadar 0.7% natriy giposulfiti eritmasi bilan
rangsizlangunga qadar titrlanadi.
Titrlashga ketgan eritma miqdori 0.04 ga ko’paytiriladi.
Olingan natija me’yor bilan solishtirilib, bayonnoma tuziladi. Yangi pantotsid -
3mg., akvasept - 4mg. aktiv xlor ushlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |