Harbiy dala sharoitida suv ta’minoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish.
Dala sharoitida qo’shinlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni tashkil qilish
va uning sanitar nazoratini amalga oshirish tinchlik vaqtidagiga qaraganda ancha
murakkab hisoblanadi. Tinchlik vaqtida qo’shinlar asosan kazarma sharoitida
istiqomat qiladi va shunga yarasha suv bilan ta’minlanadi. Harbiy dala sharoitidagi
murakkab vaziyatlarda ichimlik suvi ta’minot predmeti bo’lib qoladi, shuning
uchun har qanday holatda ham birinchi navbatda suv manbaini topish, suvni talab
etiladigan sifat darajasiga keltirish va ta’minotchilarga yetkazib berish talab etiladi.
Dala sharoitida qo’shinlarni suv bilan ta’minlashning asosiy maqsadi harbiy
xizmatchilarga o’z vaqtida va uzluksiz tarzda xo’jalik, ichimlik va maxsus
maqsadlar uchun yetarli miqdorlardagi suv bilan ta’minlash hisoblanadi. Bunday
maqsadga erishish uchun dala sharoitidagi suv ta’minotida quyidagi vazifalarni hal
etish talab etiladi: suv manbaini razvedka qilish, manbadan suvni chiqarish va
uning sifatini yaxshilash, saqlash, qism joylashgan yerga keltirish va me’yorlar
bo’yicha taqsimlash kerak.
Dala sharoitida qo’shinlarni suv bilan ta’minlash uchun javobgar shaxslar:
qism komandiri, ta’minot bo’yicha uning yordamchisi, injenerlik xizmati boshlig’i,
kimyoviy xizmat boshlig’i, tibbiy xizmat boshlig’i hisoblanadi. Ko’rsatilgan
xizmat bo’limlarining o’ziga xos vazifalari belgilangan. Mas., injenerlik xizmati
xodimlari zimmasiga suv manbaini razvedka qilishda qatnashish, manbadan suvni
chiqarish va suv ta’minoti punktlarida suvning sifatini yaxshilashda qo’llanadigan
602
texnik vositalar bilan ta’minlash, shaxsiy suv zaxiralaridan foydalanishda esa,
askarlarni tabelli vositalar bilan ta’minlash va ularni vositalardan foydalanishga
o’rgatish vazifasi yuklatiladi.
Kimyoviy xizmat guruhidagi xodimlari zimmasiga suv manbai va uning
atrofini kimyoviy va radiatsion razvedkadan o’tkazish, suv ta’minoti punktida
suvning sifatini yaxshilash usullarini tanlash va manbadagi suvning sifatini maxsus
ishlov berish usullari orqali yaxshilash va suvning sifatini nazorat qilish vazifasi
yuklatiladi.
Ta’minot bo’yicha xizmat xodimlari, STP da tozalangan suvni harbiy qismdagi
askarlarga o’z vaqtida yetkazish va me’yor bo’yicha tarqatish vazifasini bajaradi.
Tibbiy xizmat xodimlarining vazifasiga keyinroq to’xtalamiz.
Dala shroitida qo’shinlarni suv bilan ta’minlash ma’lum darajada gigiyenik
talablarga javob bera oladigan suv manbalarini qidirishdan boshlanadi. Razvedka
guruhi tarkibiga injenerlik xizmati, kimyoviy va tibbiy xizmat vakillari kiritiladi.
Razvedka guruhining vazifasi quyidagilardan iborat: suv manbaini aniqlash,
manbaning debiti, manbaning texnikaviy va sanitar holatini baholash, manbaga
boradigan yo’llarning bor-yo’qligi aniqlash kabilar. Dushman tomonidan ommaviy
qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitlarda shu yerdagi joyning va suv manbaining
tashqi ifloslanish belgilariga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Agar
manbadagi suv va atrof-muhit radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalar bilan
zararlanganligi aniqlangan hollarda shu yerning o’zida bu vositalarga nisbatan
indikatsiya ishlarini o’tkazish talab etiladi. Laboratoriya tekshirishlari uchun suv
namunalari olinadi, ayrim turdagi yani manbadagi suvning oddiy organoleptik
xossalari joyning o’zida aniqlanadi, suv manbaini razvedka qilinganligi haqidagi
hujjatlar asosida suv manbaining topografik xaritasi tuziladi.
Dala sharoitida eng yaxshi suv manbai bo’lib, yer osti suvlari, jumladan sizot
suvlari hisoblanadi. Bu manbalardan suvni bor bo’lgan quduqlar yoki tabelli
vositalar yordamida qaziladigan shnekli quduqlar orqali olinib, so’ngra maqsad
turlariga muvofiq bu suvdan foydalanish mumkin. Razvedkadan o’tkazilgan suv
603
manbaida STP - suv ta’minoti punkti tashkil etiladi. STP - bu maxsus jihozlangan
joy bo’lib, bu yerda manbadan suv olish, uni maxsus ishlovdan o’tkazish orqali
sifatini yaxshilash, saqlash va tarqatish vazifalari amalga oshiriladi. Suvni tarqatish
maxsus yaratilgan joylarda olib boriladi va bu joyni suv tarqatish punkti deb atash
mumkin. STP da ishchi maydonchalar, transport vositalari uchun maydonchalar,
suv idishlarini yuvish va maxsus ishlovdan o’tkazish maydonchasi, STP
xizmatchilari uchun yashirinish joylari, texnik vositalar uchun omborxona, dala
laboratoriyasi, kimyoviy va radiatsion razvedka xodimlari uchun qo’zatish joylari
tashkil etilishi kerak.
Bu xizmatlarning har biri qo’shinlarning dala sharoitidagi suv ta’minotini tashkil
qilishda javobgar hisoblanib, ularning o’z vazifalariga muvofiq STP ni tashkil
etish, tez va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdan iboratdir.
Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari
Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining zimmasiga quyidagi vazifalar
yuklatiladi:
-dala STP uchun sanitariya himoya zonasini belgilash;
-laboratoriya tekshirishlari uchun, suv namunalarini olish muddatlarini va suv
namunalarini olish va laboratoriyaga zaruriy hujjatlar bilan jo’natish;
-suvning sifatini talab etilgan darajalarga keltirilganligini nazorat qilish;
-STP hududining sanitar holatini, suvni tozalashdagi texnik vositalar va
idishlarning holatini nazorat qilish;
-qismdagi hamma xizmatchilarni to’la qiymatli va me’yor bo’yicha sifatli suv bilan
ta’minlanishini nazorat qilish;
-STP xodimlarining salomatligini va qismdagi barcha xizmatchilarning salomatlik
holatini nazorat qilish.
Dala suv ta’minoti punktidagi sanitariya himoya zonasi o’z ichiga 50-100 m
radiusdagi joylarni olib, u yerdagi sanitar va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash
vazifasini bajaradi. Bu hududga chiqindilarni tashlash, vaqtinchalik bo’ladigan
hojatxonalarni qurmaslik va manbadagi suvni ifloslashi mumkin bo’lgan
604
obyektlarni nazorat qiladi. STP hududining o’zida idishlarni yuvish maydonchasida
hosil bo’ladigan chiqindi-yuvindi suvlar uchun shimilib ketadigan quduqlarni
tashkil etish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |