3-mavzu: Axborotlarni kiritish, axborotlarni chiqarish va printerlarda ishlash
Reja:
Axborotlarni kiritish
Axborotlarni chiqarish. Printerlar
Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari
Kompyuterni sozlash
Tayanch iboralar: Klaviatura, grafik planshetlar (digitayzerlar), skanerlar, grafik monipulyatorlar, sensorlik ekranlar, zarbli-matritsali printer.
Axborotlarni kiritish
Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
Klaviatura — shaxsiy kompyuterga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qoida kiritish uchun qurilma;
Grafik planshetlar (digitayzerlar) — planshet bo‘yicha maxsus ko‘rsatkichni (peroni) harakatlantirish yo‘li bilan grafik ma’lumotlarni, tasvirlarni qo‘lda kiritish uchun pero siljiganda uning koordinatalari o‘qiladi va bu ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi;
Skanerlar — mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni qog‘ozdagi tashuvchilardan avtomatik o‘qish va kompyuterga kiritish uchun;
Ko‘rsatish qurilmalari (grafik monipulyatorlar) — grafik axborotni displey ekraniga kiritish uchun kursor harakatini ekran bo‘yicha boshqarish yo‘li bilan va keyinchalik kursor koordinatini kodlash va uni SHK ga kiritish bilan (joystik — richag, «sichqoncha», trekbol — gardishidagi shar, yorug‘lik perosi va boshqalar);
Sensorlik ekranlar - tasvirlar, dasturlar yoki buyruqlarning alohida elementlarini displeyning poliekranidan kompyuterga kiritish uchun.
Axborotlarni kiritish uchun skanerdan ham foydalaniladi. Skaner — bu ma’lumotlarni qog‘ozli hujjatdan bevosita EHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko‘chirish apparatiga o‘xshab qog‘ozli hujjatning tasviri nusxasini qog‘ozda emas, balki elektron ko‘rinishda yaratadi — tasvirning elektron nusxasi yaratiladi (3-rasm).
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo‘g‘ini va istalgan «elektron stol» ning kerakli elementidir. O‘z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni qog‘ozli hujjatlardan kompyuterga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog‘ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo‘yish 3-rasm. Skanerning umumiy ko‘rinishi mumkin.
Skanerlar juda xilma — xildir va ularni bir qator belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq — qora va rangli bo‘ladi.
Oq — qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‘qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo‘l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo‘l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq — qora va rangli asl nusxalar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o‘qish uchun ishlatilishi mumkin. Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug‘lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standard) va hatto 16,8 milliontagacha (True Color standard) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o‘tkazish qobiliyati tasvirning bir dyumdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o‘lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha bo‘ladi. Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo‘ladi. Stolli skanerlar, o‘z navbatida planshetli, rolikli va proyeksion bo‘ladi. Shaffof tashuvchilardan tasvirni o‘qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |