17
oxirgi partada shunday istehzoli tabassum bilan o„tiribsanki, senga qarasam,
darsni olib borish uchun kerak bo„ladigan ehtirom atmosferasi tarqab ketmoqda...
»
degan ekan. Ziddiyat ikki taraflama edi. Bo„lajak daho olim, o„ziga o„ta
qattiqqo„llik bilan ta‟lim berishga urinadigan o„qituvchilari oldida bo„yin egishni
istamasdi. «
Mening maktabdagi o„qituvchilarim serjantlarga, Institutdagilari esa
leytenantlarga o„xshar edilar
» - deydi bu haqida olimning o„zi. Bu qarama-
qarshilik, Eynshteynning hali boshlanib ulgurmagan karyerasini shundoq bo„g„ib
qo„yishi ham mumkin edi.
Eynshteyn sinfdoshlari bilan ham til topishishga qiynalardi. Ular yosh
Albertning harakatli o„yinlarga nisbatan qiziqishi yo„qligini g„alati,
shubhali holat
deb qarar edilar. Lekin Albert o„z uyida doimo kuchli mehr va himoya og„ushida
bo„lgan. 1881 yilning 18 noyabrida Eynshteynning yagona singlisi Mariya dunyoga
keladi va uni oila davrasida Maya deb atay boshlaydilar. Avvaliga Albert oilaning
yangi a‟zosi paydo bo„lishi munosabati bilan biror jo„yali munosabat bildirmagan
ekan (uning aravachasi bormi yoki yo„qligi bilan qiziqqan xolos). Lekin keyinchalik
aynan
singlisi, uning hayotdagi eng yaqin sirdoshiga aylangan. German va Yakob
Eynshteynlar oilasi, Myunxen yaqinida, o„z fabrikalaridan
uncha uzoq bolmagan
joyda, bir uyda ahil va inoqlikda yashashar edi. Uy oldida katta va keng bog„ bo„lib,
uni bolalar kichik ingliz bog„i deb atashgan (Myunxenda ingliz bog„i deb ataladigan
katta bog„ bo„lgan). Eynshteynlar oilasi qo„ni-qo„shnilar bilan unchalik ham yaqin
aloqalarga kirishishmagan va oilaviy sayohat bilan toqqa chiqish yoki, ko„l bo„yida
dam olish kabi mashg„ulotlarni afzal bilishgan.
Albert Eynshteynning ilm-fanga kirib kelish yo„li boshida ikkita buyum
alohida ahamiyat kasb etadi. Ulardan birinchisi – Albertga to„rt yoshga to„lganida
otasi sovg„a
qilgan kompas; hamda ikkinchisi – Yevklidning «Boshlang„ichlar»
kitobi bo„lgan. Kompasning magnitlangan ko„rsatkichi tabiat sirlariga tomon yo„l
boshlar edi, qadimgi yunonning kitobidagi postulat va aksiomalar esa, mazkur
tabiat sirlarini bilish va anglash borasidagi inson aql-zakovatining
imkoniyatlariga
ishora qilar edi. Kompas va Yevklid geometriyasi darsligi Albert Eynshteynga
hayot yo„lidagi taqdirini belgilab berdi. Magnetizmni nisbiylikning sof fenomeni
sifatida
qarash mumkin; nisbiylik nazariyasini o„zini esa, voqe‟likning geometrik
ko„rinishi sifatida baholasa bo„ladi.
Erta aqlini tanigan bola sifatida men, aksariyat odamlar
butun umrini
sarflab yuboradigan ayrim orzu – umidlar va intilishlarning oxiri puch
homxayoldan iboratligini ancha avval anglab yetdim
.
Do'stlaringiz bilan baham: