24
harakat qilgan. U ayniqsa, fizika va kimyo bo„yicha kitoblarni ko„p muqovalashiga
to„g„ri kelgan.
Hozirda dunyoda ishlab chiqariladigan elektroenergiyaning 99% qismi,
atom elektr stansiyalarida, gidroelektr inshootlarida,
issiqlik elektrostansiyalari,
shamol parraklari, yoki, suv ko„tarilishiga asoslangan elektr stantsiyalarida hosil
qilinadi. Ularning barchasi aynan Faradey tomonidan kashf qilingan va tushuntitirib
berilgan hodisa – elektromagnit induksiyasi asosida ishlovchi tok generatorlariga
tayanib foliyat yuritadi. 1831 yilning 17 oktyabrida Faradey o„z kundaligida
qoldirgan qaydnomada, agar o„tkazgichni
magnit yaqinida joylashtirilsa, unda
elektr toki paydo bo„lishi yozilgan edi. Bu qaydnoma, axtarilishi Ersted tomonidan
boshlangan kalavaning uchini topilishiga olib keldi. Bir paytlar Daniyada elektr toki
kompasning magnit strelkasini yo„nalishdan og„ishiga sababchi bo„lgan edi; endi
esa, Londondagi Qirollik Jamiyati yerto„lasida Faradey olib borgan tajribalar,
magnitning harakatini o„tkazgichda elektr toki davom ettirishini isbotlab berdi.
Zamona fizikasidagi yopiq qolayotgan eshiklardan biriga kalit topgan ham
aynan Mayk Faradey bo„lgan. Bu – olim fanga taklif etgan maydon tushunchasi edi.
Bu tushuncha haqida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun, temir qirindilarining
magnit qutbi yaqinida, yoki, elektr o„tkazgich yaqinida o„zini
qanday tutishini
kuzatish kerak bo„ladi. Lekin bunday sodda tajriba ham, yanada ko„proq savvollarni
yuzaga chiqaradi. Metall qirindilari qanday kuchga bo„ysunmoqda? Magnit qutbi va
zaryadlar atrofidagi kuch chiziqlar, Faradey talqiniga ko„ra esa, uyurmalanishlar
nimaga orientirlangan?
Bunday unchalik ham ravshan bo„lmagan tasdiqlar, harholda, Nyuton talqin
qilgan markaziy kuchlar tushunchalarini ilm-fan kun tartibidan chiqarib tashlashga
yetarli bo„ldi. Eynshteyn faradeyning fikrlash tartibini tiklashga urinib ko„radi:
«
[…]
barcha elektromagnit hodislarida elektrlangan zarralarning
masofadan o„zaro ta‟sirlashuvining yolg„on, sun‟iy yo„l bilan kechishini u
ichki hissiyot, instiktga asosan sezgan bo„lsa kerak. Qog„oz varog„iga
sochilgan temir qirindilarining har biri qanday qilib yaqin atrofdagi
o„tkazgichda darbadar yurgan alohida elektr zaryadlari borligini bilib
olishdi ekan? Barchaga, mazkur zarrachalarning umumuy to„plami, ularni
o„rab turgan atrof-muhitda qandaydir holatni yuzaga keltirganki, u o„z
navbatida qirindilarning joylashish tartibiga ham ta‟sir ko„rsatgandek
tuyulgan bo„lsa kerak. Hozirda maydon deb atalayotgan ushbu fazoviy
manzaralarning geometrik strukturasini hamda, ularning o„zaro ta‟sir
qonuniyatlarini tushunib yeta olsak, sirli elektromagnit o„zaro ta‟sirlarning
maxfiy taraflariga kalit topish mumkin»
25
Maydonning modelini hosil qilish uchun uning fazodagi egallagan har bir
nuqtasini matematik qiymat nuqtai nazaridan aniqlab olish zarur. Agar bu qandaydir
sonli parametrlar bo„lsa, unda biz skalyar maydon bilan ish olib borayotgan
bo„lamiz. Masalan, qattiq jismdagi haroratning taqsimlanishi, yoki,
atmosfera
bosimi xaritasi jarayonlari shunday maydonni yuzaga keltiradi. Agar bunday
fazoviy nuqtaning har biriga son qiymatidan tashqari vektor ham berilsa, unda biz
vektorli maydonga ega bo„lamiz. Bunday maydon sifatidagi mumtoz misol
tariqasida, suyuqlikdagi tezlikning tarqalishi sxemasini, yoki, yana meteorologiyaga
murojaat qiladigan bo„lsak, muayyan hududdagi shamollar xaritasini keltirish
mumkin.
Bunday hodisalar asosida moddiy, mexanik struktura yotadi. Bosim,
harorat, suyuqlik va shamollar harakati – molekulyar harakatlanishlarning
makroskopik ko„rinishidir. Olimlar, elektromagnetizm bilan ham xuddi shunday hol
ro„y beradi deb o„lashgan.
Elektr va magnit maydonlari, vektorning shunday
kattalik tavsifiga ega bo„ladiki, unga ko„ra zaryadni maydonning qayeriga
joylashtirilsa, u qay tomonga va qanday kuch bilan yo„nalishini aniqlash mumkin
bo„ladi. Kuch chiziqlarining manzarasini ifodalovchi bu mikroskopik struktura
nima bo„ldi ekan?
Aftidan bu, istalgan muhitdan o„ta oladigan, ko„zga ko„rinmaydigan va shu
tufayli shu choqqacha hech kimga sezilmagan qandaydir nomoddiy bir narsaga
o„xshardi. Eng yuqori darajadagi mavhumlikka ega bo„lgan ta‟rifning o„zi singari,
hozircha to„liq mohiyati tushunarsiz bo„lib qolayotgan bu narsani efir deb atashdi.
Bu ko„rinmas muhit,
zaryadlarni tutib qolar, zaryadlar esa o„z nabvatida,
o„zlarining mavjudliklari va harakatlari bilan, doimo unga ta‟sir ko„rsatib, uning
elastik shaklini o„zgarib turushga majbur qilishardi. Maydonning muayyan joyidagi
muhit konfiguratsiyasi muayyan zarrachaning qismatini belgilab berar edi, lekin,
shu bilan birga,
zarrachalarning har biri, maydonning qismatiga ta‟sir ko„rsatar,
demakki, bir vaqtning o„zida, boshqa zarrachalar va o„zining ham qismatiga ta‟sir
ko„rsatar edi. Maydon va zaryad orasidagi bunday poyonsiz o„zaro ta‟sir
qonuniyatlarini esa Jeyms Klark Maksvell aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: