Eynshteynning o‘z shogirdi Ester Salamanga yozgan xatidan
.
Eynshteynning ilmiy salohiyati sekin-astalik bilan butun dunyo bo„ylab tan
olina boshladi. U «
Taqdir mening nufuzli odamlardan jirkanishimga jazo tariqasida
o„zimni ham nufuzimni yuqori qilib qo„ydi
» - deb noligandi.
Ajrim jarayonida Albert Milevaga boshqa endi yolg„iz yashashga va‟da
bergan edi: «
Men endi tanho yashash baxtidan o„zimni tiya olmayman. Yolg„izlik
menga ifodalab bo„lmas darajadagi batiyotlik bag„ishlamoqda
». Biroq, orada to„rt oy
ham o„tmasdan, Albert Eynshteyn yangi oila qurib oldi.
O„g„lining kelini bilan ajrashishgani haqidagi xabarni Paulina Eynshteyn
xursandchilik bilan kutib oldi. U go„yo lotoreyadan yutuq yutgandek edi. «
Bechora
otang buni ko„rganida qanday xursand bo„lgan bo„lradiya...
» - degan edi Paulina.
Biroq, oradan bir yil o„tib, dunyoga daho fizikni tug„ib tarbiyalab bergan mushtipar
ona oshqozonida saraton xastaligi aniqlandi. Paulina bu mash‟um xabardan keyin
uzoq yashamadi. Uning o„limi Albert Eynshteyn uchun juda kuchli zarba bo„ldi.
1804 yildayoq, Bavariyalik astronom Iogann Georg fon Zoldner (1776-1833),
yorug„lik nurining, og„irlik kuchiga nisbatan ta‟sirli (sezuvchan) bo„lgan
zarrachalardan iborat ekanligiga da‟vo qiluvchi Nyuton korpuskulyar nazariyasiga
asoslanib, quyidagicha ajoyib bir ilmiy xulosa shakllantirgan edi: «
Osmon jismi
yaqinidan o„tayotgan yorug„lik nuri, mazkur osmon jismining tortishish kuchi
ta‟sirida, osmon jismiga nisbatan qarama-qarshi yo„nalishga tomon og„adigan
giperbola chizadi
». Fon Zoldner shuningdek, Quyosh yaqinidagi og„ish burchagi
(yoki, perturbatsiya burchagi) 0.84 sekundni tashkil qilishini ham hisoblab chiqqan
edi. Bunday og„ishni Yerdan turib sezish mumkinmi? «
Quyosh yaqinidagi
qo„zg„almas yulduzlarni kuzatishda ushbu og„ishni e‟tiborga olishimiz zarur bo„lar
edi. Lekin, bunday kuzatuvni Yerdan turib amalga oshirish imkoni yo„qligi bois, biz
bu og„ishni e‟tiborga olmasak ham bo„laveradi
». XIX asrda korpuskulyar nazariya
o„rniga yorug„likning to„lqin nazariyasi maydonga chiqdi va fon Zoldnerning
g„oyalari tez orada ko„pchilikning xotirasidan chiqib ketdi. Qolaversa, uning
g„oyalarini amaliy tekshirib ko„rish uchun o„sha davrning ilmiy-texnik imkoniyatlari
yetarli emas edi.
107
Fon Zoldner izidan borib Eynshteyn ham o„zining 1911 yil iyulida e‟lon
qilingan «Og„irlik kuchining yorug„likning tarqalishiga ta‟siri» nomli maqolasida
amalda aynan o„sha g„oyani ilgari surdi va uning og„ish burchagi haqidagi hisob-
kitoblari ham, fon Zoldnerniki bilan deyarli bir xil bo„lib chiqdi. Agar fon Zoldnerga
ko„ra ushbu og„ish burchagi 0.84 sekund bo„lgan bo„lsa, Eynshteyn bu bu burchakni
0.83 sekun ekanligini ta‟kidlar edi. Biroq Eynshteyn aytgan og„ish burchagi, fon
Zoldnerniki qaraganda diametral qarama-qarshilikka ega edi:
«
To„liq tutilish vaqtlarida Quyosh yaqinidagi yulduzlarni ko„rish imkonli
bo„ladi va demak bu g„oyani amalda tekshirib ko„rish mumkin.
[...]
Garchi bu
boradagi bungacha bo„lgan avvalgi g„oyalar yetarlicha asoslanmagan va
xatarlidek tuyulgan bo„lsa hamki, astronomlarning ushbu fikrga nisbatan
qiziqishi namoyon qilishlari maqsadga o„ta muvofiq bo„lgan bo„lar edi
».
Eynshteynning yuqorida tilga olingan maqolasi «Fizika solnomalari» jurnalida
bosilib chiqqanidan naq uch yil o„tib, 1914 yilning 21-avgustida Quyoshning to„liq
tutilishi hodisasi yuz berdi. Bu esa, Eynshteyn nazariyasini tekshirib ko„rish uchun
ajoyib imkoniyat edi.
Visbadenlik yosh astronom Ervin Freyndlix (1885-1964) ushbu nazariyani
tekshirib ko„rishga qaror qildi. Lekin uning to„liq Quyosh tutilishini kuzatish mumkin
bo„lgan
kam
sonli
quruqlik
hududlaridan
bo„lgan
Qrimga
uyushtirgan
ekspeditsiyasiga I-jahon urushi to„g„anoq bo„ldi. Urush e‟lon qilinishi bilanoq, ya'ni,
1-avgust kuni bir guruh olmon astronomlarini josuslikda ayblab Chor Rossiyasi
tomonidan hibsga olindi. O„zining Paul Erenfestga yozgan maktubida Eynshteyn:
«
Mening yaqin do„stim, astronom Freyndlix Rossiyada Quyosh tutilishi bilan bog„liq
tajribalarni o„tkazish o„rniga, bu mamlakat turmalarining qanday ekanligini o„z
tanasida his qilib, tekshirib yuribdi
» - deb shikoyat qilgan edi. Biroq bu
muvaffaqiyatsilik aslida muvaffaqiyat edi. Chor Rossiyasining qilig„idan noligan
Eynshteyn, aslida ruslar bu ish bilan o„ziga ko„mak berib yuborishganini kech bildi.
Ma‟lum bo„lishicha, nazariya va ilmiy tahlillarning o„sha 1914 yildagi holatida hali
ancha kamchiliklar mavjud bo„lib, Freyndlixning amaliy tekshirishlari bu nazariyani
tasdiqlash o„rniga, uni inkor qilib yuborishi ham ehtimoldan holi emasdi.
Eynshteyn o„z ishlarini sinchiklab mukammallashtirdi va yuqorida ham aytib
o„tilgan – 1915 yil 25 noyabrdagi ilmiy konferensiyada qilgan chiqishida o„zining
tartiblangan va tuzatilgan natijalarini e‟lon qildi. Endilikda bu hisob-kitoblar natijasi,
fon Zoldnernikidan va o„zining avvalgi hisoblari natijasida keskin farq qilar edi. Unga
muvofiq, protuberansiya burchagi 0.84 yoki, 0.83 sekund bo„lmay, balki 1.7 sekundni
tashkil qilar ekan. Bu natija og„irlik kuchiga nisbatan mumtoz nyutoncha qarashlarni
hamda, relyatvistik yondoshvni o„zaro qiyoslash uchun ajoyib imkoniyat edi. 1919 yil
29-may sanasidagi to„liq Quyosh tutilishida, Kembrij rasadxonasi boshlig„i Artur
Eddington (1882-1944) nazariya ma‟lumotlarini amalda sinab ko„rdi:
108
Do'stlaringiz bilan baham: |