1929 yil 28 iyun
kuni olingan
fotosurat. Maks
Plank Albert
Eynshteynga o‘z
nomidagi medalni
topshirmoqda. Bu
ikkala buyuk olimlar,
Olmon Fizika
Jamiyati tomonidan
ta’sis etilgan va
nazariy fizika
sohasidagi eng
muhim yutuqlari
uchun beriladigan
mukofotning
dastlabki laureatlari
bo‘lishgan.
124
tutishi mumkin. Kvant jarayonlarining mohiyati aynan nimada bo„lishidan qat‟iy
nazar, ular uchun bir marta va butunlayga ta‟rif berish orqali ularni to„lqin, yoki,
zarracha deb ishonch bilan ta‟kidlashning iloji yo„q. Chunki kvantlar shroitdan kelib
chiqib, o„zini ba‟zi o„rinlarda bir shaklda, boshqa o„rinlarda esa boshqacha shaklda
namoyon bo„la oladi.
Mumtoz fizika qonuniyatlari asosida biz muayyan elektron uchun, uning
muayyan vaqt monetidagi fazoda egallagan o„rninini bilgan holda, uning
trayektoriyasini chizishimiz, hamda, uning harakat yo„nalishini ifodalovchi vektor
kattalik bo„lmish tezligini aniqlashimiz mumkin bo„ladi. Geyzenbergning
ta‟kidlashiga ko„ra, aynan shunday tavsifni atomlar uchun qo„llashning imkoni yo„q:
«
Elektronning atomdagi harakat orbitasini aniq-ravshan ko„rish uchun eng
maqbul vosita – eng katta kuchaytirish xususiyatiga ega mikroskopdir. Biroq
mikroskop linzasi ostidagi namuna eng qisqa to„lqin uzunligiga ega bo„lgan nur
yordamida yortilishi lozimligi sababli, elektronga yetib borgan va kuzatuvchi
ko„ziga kirgan eng birinchi kavntning o„ziyoq, qaralayotgan elektronni o„z
orbitasidan urib chiqargan bo„lur edi [...] Shu sababli tajriba yo„li bilan faqat
bitta nuqtani va faqat bir martagania kuzatish mumkin xolos
».
Va agar tajriba trayektoriyani hisoblash imkonini bermasa, uni nazariyaga
kiritish mumkin emas. Bizga sog„lom fikr ta‟kidlayotgan narsa - harakatning
uzluksizligi, aslini olganda o„z atbiatiga ko„ra aniq bo„lmagan narsani bizning juda
olisdan turib kuzatishimizdan hosil bo„ladigan sarobdan boshqa narsa emas.
Yaqinlashgan sayin esa, bu hodisani bizga ko„rsatib turgan chizgilar suvashib, farqlab
bo„lmas holatga kelib qoladi.
Geyzenbergning xizmatlari noaniqlik tamoyilining ta‟riflaganida emas, balki
uni matematik asoslab berganida bo„lib, u bizga ko„rinadigan asosiy kattaliklar
bo„lmish: egallangan vaziyat va vaqt momenti, hamda, vaqt va energiya orasidagi
avvallari ko„zdan pinhon bo„lgan bog„liqlikarni ko„rsatib berdi. Biz ulardan
birortasini qanchalik katta aniqlikda aniqlay olsak, narigisi haqidagi tasavvurimiz
shunchalik xiralashadi. Biz elektronning egallagan vaziyati haqida o„ta aniq axborot
olishimiz mumkin; lekin shu bilan birga, uning tezligi haqida hech vaqo bilolmaymiz.
Atomning modeli barcha ilm egalari ko„z o„ngida nuray boshladi, lekin ayna ushbu
to„zon ichidan yangi zamonning yangicha fani o„z yuragini topdi.
Kvant inqilobi bayrog„ini ko„tarib chiqqan ko„plab fiziklar Eynshteyndan
mulohaza yuritish uslubini meros qilib olishgandi, lekin ular o„z uztozlari bilan
hamqadam bo„la olmadilar. Yangi gravitatsiya nazariyasining asosiy bosh qahramani
bo„lgan trayektoriya, geodezik chiziqlarni inobatga olganda, qonundan tashqarida
qolib ketdi. Bu fakt esa, noaniqlik tamoyilini umumiy nisbiylik nazariyasining eng
manfur dushmaniga aylantirdi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |