Eynshteynning Yost Vintelarga yo‘llagan maktubidan
.
1919 yilgi Quyosh tutilishi bilan bog„liq sharaf shohsupasidan keyin, endi
Eynshteynning emas, balki Nobel mukofotining obro„si shubha ostida qoldi. Oxir
oqibatda shvedlar o„zlarining maqolu matallarga ko„chgan mashhur diplomatik
qobiliyatlarini ishga solishdi hamda Eynshteynning ilmiy salohiyati oldida bosh
egishdi. Biroq, nisbiylik nazariyasiga barbir mukofot nasib etmadi. Yakunda shunday
bo„lib chiqdiki, Eynshteynning ilm-fan oldidagi xizmatlari – butun boshli nazariyani
barpo qilganligida emas, balki, fotoeffekt qonunini kashf qilgani bilan
o„lchanayotgandek edi. Qirollik Akademiaysi kotibi hatto tavsifnomaga maxsus
tuzatish kiritib, unda Eynshteynning ilmiy yutuqlari sirasiga nisbiylik nazariyasi
kiritilmaganligi va uning tasdiqlangangan taqdirida ham, hisobga kiritilmasligini
belgilab qo„yomqchi bo„lgan.
128
Eynshteynga Nobel mukofoti belgilaberishmoqchiligi munosabati bilan
safarini bekor qilib o„tirmadi. Uning mukofotini olib ketish uchun Stokogolmga
tashrifi faqatgina keyingi yilning yozida amalga oshdi.
Plank, Bor va Geyzenberg kvant mexanikasining asoslarini yaratish ustida ish
olib borayotgan bir vaqtda, ularning ko„plab vatandoshlari boshqa bir katta
amaliyotga – siyosiy tajribaga jalb etilishgan edi. Millatchilik ildiz otgan Veymar
respublikasining diqqinafas atmosferasidan Eynshteynning zaharlanishi haqida butun
boshli bir bob yozish mumkin edi. Tomirida yahudiy qoni oqayotgan olim, ayrim
nemislarning ashaddiy millatchiligida ham jirkanib, ham jabr chekardi. Armiyada
xizmat qilmaslik uchun olim Germaniya fuqaroligidan voz kechdi (shunga qaramay,
Prussiya Fanlar Akademiaysiga qabul chog„ida unga yana takroran harbiy chqiriq
qog„ozi tutqalishgan). U ochiqchasiga patsifizm g„oyalarining tarafdori bolib, I-jahon
urushiga ashaddiy ravishda qarshi bo„lgan. Eynshteyn internatsionalizmning yorqin
tarafdorlaridan biri edi.
Mashhurlik va shon-sharaf Eynshteynni yengil nishon qilib qo„ydi. Uni ta‟qib
etish vositalari sifatida nimalarni qo„llashmadi deysiz: matbuotda chp etilgan
maqolalar, nasherdan chiqqan kitoblar, hajviya va mutoyibalar, ma‟ruzlar... Va hatto
ish-amali
uning
faoliyatini
«chaynash»dan iborat bo„lgan butun boshli
konferensiyalar ham tashkillangan edi. Eng ajablanarlisi va oshib tushgani esa,
«aksilEynshteyn» jamiyatining tashkil qilingani bo„lgan bo„lsa kerak. Bu jamiyatning
nemischa rasmiy nomi – «
Arbeitsgemeinschaft Deutscher Naturforscher zur
Erhaltung reiner Wissenschaft
» bo„lgan. O„zbekchadagi ma‟nosi esa: «Sof ilm-fanni
saqlab qolishga qaratilgan nemis tabiatshunoslari jamiyati» tarzida yangraydi.
Millatchi-sotsialistlarning ashaddiy namoyondalaridan biri bo„lgan Ditrix
Ekkart ismli shaxs hatto Eynshteynni o„ldirib yuborish kerakligi haqida ochiqchasiga
chiqishlar qilar edi. Olim hotirjamlikni saqlashga intilar edi. «
Barcha muammo
shundaki, gazetalar doimo men haqimda yozib, shu orqali menga nisbatan g„iybat va
yolg„on-yashiqning avj olishiga xizmat qilmoqda. Shunday ekan, men uchun chet-
elga ketish va sabr bilan kutishdan boshqa yo„l qolmayotir. Sendan esa faqat bitta
iltimos: mazkur ahamiyatsiz hodisaga mening kabi yumor hissi bilan yondoshaver
» -
deb yozgan edi u Maks Plankka yo„llagan xatlarining birida.
Bo„ron tindi. Lekin xavf-xatar saqlanib qolaverdi. Maks Born ta‟biri bilan
aytgada, «kul ostida hali yovuzlik uchqunlari miltillab turgandi va ular 1933 yilda
qayta alanga oldi». Marsel, Kolombo, Singapur, Gongkong, Shanxay, Kobo, Tokio,
Falastin, Barselona, Buenos-Ayres, Rio-de-Janeyro, Montevideo, Gavana va nihoyat
AQSH – Eynshteyn o„z chamadonlari bilan qayerlarda bo„lmadi deysiz. Xuddiki u
o„zida tobora so„nib borayotgan vatandoshlariga bo„lgan ishonchni, musofirchilikdagi
vatan sog„inchi bilan qayta alangalatmoqchidek edi. U haqiqatan ham o„zining
respublika bilan aloqasini saqlab qolishga urinar va tinchlik elchisi sifatida, I-jahon
129
urushidagi g„olib davlatlar bilan Germaniya o„rtasidagi muzokaralarni tiklashga bel
bog„lagandi. Axir bekorga u 1914 yilgi harbiy safarbarlikka jalb etilmagan kamsonli
nemislardan biri emasdi. Va katta ehtimolki, bunday shahrma-shahar kezib yurish
sargardonliklari, uning uchun yaqinlashib kelayotgan butunlay quvg„in oldidan
repititsion tayyorgarlik bo„lib xizmat qilgan bo„lsa ajabmas.
Eynshteyn Germaniaydan ketish yoki ketmaslik uchun o„ziga-o„zi turli xil
uzundan-uzoq dalil va vajlar keltirar va mazkur dalil hamda vajlar o„rtasida sarson
bo„lib, fotonlarning amalda ham to„lqin, ham zarra holida mavjud bo„la olishi singari,
«shizofrenik» ahvolda – arosatda kuymoqda edi. 1932 yil yozida u o„z tug„ilib o„sgan
yurti – Germaniyaning «chidab bo„lmas millatchilikka asoslangan ijtimoiy bo„hron»
arafasida turganini sezib turardi. Osha yilning kuz va qishida sodir bo„lgan va
Giltlerning mamlakat kansleri lavozimiga kelishi bilan yakunlangan keyingi siyosiy
o„zgarishlar Eynshteynning xavotirlari o„rinli ekanini isbotlab turardi. Berlin
yaqinidagi qishloqda joylashgan uydan chiqib ketar ekan, Albert Eynshteyn rafiqasi
Elzaga, qadrdon uyini so„nggi bora to„yib ko„rib olishini maslahat bergan edi:
«
Uyimizni endi qaytib ko„rmaysan
»...
Aytish mumkinki, bu vaqtga kelib Eynshteyn, o„zining olamga mashhurligi va
ko„chmanchi yashash tarzi bilan, butun dunyo fuqarosiga aylanib ulgurgandi. 1932
yilning 10 dekabrida «Oklend» kemasi Bremerxafendagi dengiz qirg„ogidan langar
ko„tarib, okean osha AQSHga tomon yo„nalish oldi. Uning bortida avrning mashhur
insonlaridan biri – Albert Eynshteyn ham, Prussiya va nemis millatchiligidan
uzoqroqqa suzib ketdi.
Keyingi oyda Reyxstagga o„t qo„yildi. Tez orada butun Germaniya ashaddiy
millatchilik kayfiyatidagi mal‟un fashist gazandalarning jinoiy tuzumi alangasi
girdobida qoldi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |