Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

 
 
 
 
Eynshteynning ilmiy-ijodiy quyoshi tobora so„nib borgani sayin,
u endilikda ilmdan ko„ra ham ko„proq 
jamiyat uchun muhim shaxsga aylana boshladi.
Olim barcha uning fikriga quloq soladigan va hurmat qiladigan
«otaxon»ga aylandi. Lekin yangi avlod fizik olimlari 
uning nufuzi ta‟siridan xalos bo„lishga intilishardi.
Biroq Eynshteyn bundan umidsizlanmadi va
yakka o„zi shug„ullanish uchun kvant nazariyasini emas,
balki elektromagnetizm va gravitatsiya orasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf etish masalalarini tanladi. 


131 
Agarki Eynshteyn qachonlardir ilmiy shon-shuhrat haqida orzu qilgan bo„lsa ham, 
lekin u hech qachon o„zini tinchlik, Xudo, yoki, erkinlik haqidagi aforizmlarning 
qahramoni sifatida tasavvur qilmagan bo„lsa kerak. Butun XX asr davomida olimning 
o„zi o„z timsolida fizik mutaxassisni ko„rishlarini istagan bir vaqtda, jamiyatda u 
to„g„risida patsifist, sionist va qochoq sifatidagi tasavvurlar o„rnashib qoldi.
U AQSHga nufuzli yirik olim sifatida yetib keldi va u yerdan ketishda ta‟bir 
joiz bo„lsa, «ma‟bud» darajasiga ko„tarildi. U qayerda paydo bo„lmasin, afkor-omma 
uni iliqlik va samimiyat bilan qarshi olardi. Bunday martabaga erishish sabablaridan 
biri esa, olimning doimo juda kamtarin inson bo„lganligi, hamda parishonxotir, lekin 
yuksak zehn-zakovatli daho timsolida namoyon bo„lishida edi. Bundan tashqari 
Eynshteyn o„zining el orasidagi hurmat-e‟tiboridan, adolatni qaror toptirish va 
ko„pchilik allaqachon boy berilgan deb hisoblagan umumbashariy ma‟naviy 
qadriyatlarni uchun kurash yo„lida ustamonlik bilan foydalanar edi. Albatta, faol 
fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilib yashash, ilm-fan kishisi uchun ortiqcha fazilat 
deb qaraydiganlar ham ko„plab topilardi. Olimning do„sti Maks fon Laue unga qarata 
shunday degan edi: «
Senga siyosatga aralashib nima zarur edi?! Men sening 
g„oyalaringni tanqid qilmoqchi emasman. Lekin, mening fikrimcha, intellektual 
salohiyat egalari bunday narsalardan uzoqroqda yurishlari lozim. Siyosiy o„yinlar 
boshqa qoidalar asosida o„ynaladi va ilmiy tadqiqotlardan mutlaqo farq qiluvchi 
voqe‟likka asoslanadi...
» 
Yevropani qamrab olib qaqshatayotgan qonli urush alangasini va g„oyaviy 
bo„hronlarni kuzatar ekan, Eynshteyn siyosatchilarning fikriy so„glomligiga ishonib 
qolish, ommaviy ravishda o„z joinga qasd qilish bilan barobar ekan degan xulosaga 
keldi. Uning tinchlikni ta‟minlash va birodarkushlikka barham berish, bag„rikenglik 
va insonparvarlik singari umumbashariy qadriyatlarini targ„ib etishga qaratilgan 
ko„plab chiqishlarini, sobiq vatandoshlarining aksariyati g„azab bilan qarshi olishdi. 
Uning 1950-yillarda senator Jozef Makkarti tomonidan e‟lon qilingan «alvasti ovi»
1
(inglizcga «witch-hunt»)da ziyolilarni qatnashmaslikka chorlovlari esa AQSH 
hukumron doirasidagi baobro„ shaxslarning palagini bosgani edi. Eynshteyn o„z hatti-
harakatlarida idela nemis ham, namunali amerikalik ham bo„lolmadi, lekin u doimo 
samimiy va haqiqatparvar bo„lib, bu hislatlari ko„p hollarda o„zi uchun boshog„riqlar 
keltirardi.
1933 yilning 16-oktyabrida Albert va Elza, Yevropaga qilingan qisqa 
tashrifdan keyin yana Nyu-Yorkka qaytib kelishdi. Ellikka yetib qolga olim, yana bir 
1
1950-yillarda AQSHda senator Jozef Makkarti (1908-1957) tashabbusi bilan boshlangan va davlat 
miqiyosida avj olgan siyosiy ta‟qib harakati (kampaniya). Unga ko„ra, davlat va hukumat 
mafkurasidan o„zgacha fikrlaydigan, siyosiy va g„oyaviy qarashlari amaldagi hukmron doiralar 
namoyondalarining g„oya va fikrlaridan farq qiluvchi kishilarni jismonan va ma‟nan ta‟qib etilgan. Bu 
jarayon tarixda «makkartizm erasi» (1950-54) sifatida nom qoldirgan davrning timsollaridan biridir – 
tarjimon izohi
.


132 
bora (oxirgi bora) o„zining yangi akademik ish joyi – Prinston Ilg„or tadqiqotlar 
Instituti muhitiga ko„nikishi lozim edi. Uning keyingi barcha ilmiy faoliyati ushbu 
institut bilan chambarchas bog„liq bo„ldi. Institutning me‟moriy yechimi Elzani behad 
hayratlantirgan edi: «
Bu joy juda maftunkor va Oksford uslubidagi inglizcha muhit 
hukmron ekan
». Lekin ba‟zi olimlar Prinstonni aqliy salohiyatni ko„mish uchun 
qabriston deb hisoblar edilar. Ularning fikricha, mazkur institutda pedagogik 
yuklamalarning haddan tashqari og„irligi va tajribakor amaliyotchi olimlar bilan 
uzviy aloqalarning deyarli yo„qligi har qanday darajadagi iste‟dodni ham bo„g„ib 
oldiradigan holatda bo„lgan.
Eynshteynning jamoatchilik ishlari bilan bandligi ortgani sayin, fiziklar 
orasida uning ilmiy faoliyatiga bo„lgan qiziqish so„nib bormoqda edi. Abraxam Pays 
ismli olim zarrachalar tabiatiga bag„ishlangan ilmiy konferensiya oldidan buyuk fizik 
Eynshteynni kirish eshiklari oldida, olomon orasida navbatda turganini ko„rib 
hayratlanib ketganini yashirolmagan edi. Agar mabodo Eynshteyn ham o„zining 
Bernda o„qigan ma‟ruzalari oldidan eshik oldida turib bo„sh o„rindiq qidirayotgan 
tinglovchilar orasida Nyutonni ko„rib qolganida shunday ahvolga tushgan bo„lardi.
Elektromagnetizm va gravitatsiya nazariyasini umumlashtirishga intilar ekan, 
Eynshteyn Maksvell tenglamalarining geometrik talqinlarini ishlab chiqdi (biroq u 
kuchli va kuchsiz yadroviy o„zaro ta‟sirlarni e‟tobrdan chetda qoldirgan edi). Biroq 
uning topqirlik bilan ishlab chiqqan sxemalari baribir kvantlarning g„ayrioddiy hatti-
harakatlarini tushuntirib berolmasdi: Geyzenbergning noaniqlik tamoyili gravitatsion 
maydon tenglamalari bilan hecham uyg„unlik kasb etolmayotgandi.
Eynshteyn mashaqqat bilan yig„ib chiqqan ulkan ilmiy mozaika, yoki 
pazzlning ayrim fragmentlari hozirgi kngacha baribir topilmadi. Biroq uning o„zi 
istagan so„nggi ilmiy g„oyalardan biri – elektromagnetizm va gravitatsiya maydoni 
nazariyasini umumlashtirish g„oyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashining bosh 
omili sifatida, olimning yadro fizikasiga kam e‟tibor qaratgani, yoki u bilan 
qiziqmaganligi aytiladi. Yadro fizikasi esa tobora kun tartibidagi eng dolzarb masala 
bo„lib borayotgan edi.
Bu yerda meni almisoqdan qolgan, qarib so„qir va gung
kimsaga aylangan qariya deb hisoblashadi...

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish