Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Eynshteynning 1949 yildagi intervyusidan



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Eynshteynning 1949 yildagi intervyusidan
.
Taxminan o„sha vaqtlarning o„zida Eynshteyn Silardga quyidagilarni 
yozadi: «
Bizlarning barcha hatti-harakatlarimizning oqibatlari nimalarga sabab 
bo„lishini oldindan bilishning imkoni yo„q, shuning uchun ham donishmandlar butun 
hayotlarini faqat mushohada yuritishga sarflaydilar
». Biroq, falokat sodir bo„lib 
bo„lgandi va Eynshteyn endi mushohada cho„kib o„tirmadi. U bolaligidanoq 
millatchilik va ayrimachilikdan qattiq jirkanardi. Uning fikricha, endilikda atom 
bombasi hamda hukumatdagi amaldorlarning kaltabinligi uyg„unlashsa, yer yuzida 
shunday qirg„inbarot urush yuzaga kelishi mumkinki, bunday urush insoniyat tarixida 
faqat birinchi marta va so„nggi marta yuz berishi kafolatlanadi. Olim o„z chiqishlarida 
imkon bo„lishi bilanoq, qurollanish poygasiga barham berish, tinchlikparvarlikni 
targ„ib etish, hamda, darajasi milliy manfaatlardan ham ustun turishi lozib deb 
hisoblagan – yadroviy energiyadan foydalanishni nazorat qiladigan ichki va tashqi 
siyosat yo„nalishlarini amalga joriy etish haqida bot-bot ta‟kidlardi. Olim yana bir 
yagona tizimni tashkil qilishni orzu qilmoqda edi. Faqat endi u bu safar ilm-fan 
sohasida emas, balki xalqaro siyosatga taaluqli g„oyalarni ilgari surmoqda edi. Agar 
tabiatning fundamental kuchlari o„zaro mukammal muvozanat va uyg„unlikda ekan, 
unda jahon xalqlari ham o„z erkinlik-ixtiyorlarining bir qismini yagona 
umumbashariy g„oya atrofida birlashtirishga sarflashlari mumkin deb hisoblardi olim.
Eynshteynning o„z hayoti singari, uning fizikasi ham asta-sekin o„tmishga aylanib 
borardi. Elza 1936 yil milod bayramigacha yeta olmadi – unda infarkt yuz berdi. 
Mileva 1948 yil yozida insultdan qazo qildi. Olimning singlisi Maya 1951 yil 25-may 
kuni pnevmoniya tufayli olamdan o„tdi. Mishel Besso esa 1955 yil 15-mart kuni 
trombozdan keyin jon berdi. Eynshteyn yolg„izlik haqida ko„p gapirgan bo„lsa ham, u 
bunday yolg„izlanib qolishini o„ylamagan edi. U yetib kelayotgan nemis qochqinlari 
haqida doimo g„amxo„rlik qilishga urinar va vaqt o„tgani sayin o„z yaqinlaridan 
ayrilib borayotganidan qattiq iztirobga tushardi. Qayg„u va alamlarning yukuni 
yengillatish maqsadida olim butun fikri-zikri bilan ishga shong„ib ketardi. Kunlarning 
birida do„sti Pol Erenfest Eynshteynga «
Senga hech kim kerak emas
» qabilida kinoya 
qiligan ekan. Bunga javoban Eynshteyn: «
Menga sening do„stliginig kerak va sen 
o„ylaganingdan ham ko„proq kerak
» - deb javob beradi.


136 
U yillar o„zining imkoniyatlarini cheklab qo„yagini yaxshi anglardi va 
diqqatini fizikani «geometriyalash»ga qaratdi. Ilm-fan Eynshteynning eng birinchi va 
eng uzoq davom etgan ishqibozlik manbaiga aylandi va u uni hayotining so„nggi 
lahzalarigacha tark etmadi. Har tong olim o„zining Prinston Institutidagi xonasiga 
kirib kelar ekan, kecha tunda qoralagan yangi tenglamalari taxlami bilan ishga 
sho„ng„irdi.
1955 yil 13 aprel oqshomida Albert Eynshteyn to„satdan bo„shashib qoldi. 
Qorin bo„shlig„i aortasi anevrizmi uni oxirgi yetti yil davomida qiynab kelmoqda edi 
va oxiri tomir bardosh berolmay yorilib ketdi. Ichki qon ketish sodir bo„ldi. Kuchli 
og„riqlarga qaramasdan olim operatsiyadan voz kechdi: «
Men o„z vaqti yetganida 
ketishni istayman. Hayotimni sun‟iy uzaytirish menimcha telbalik bo„lsa kerak. Men 
o„zimning Yerdagi vazifamni bajarib bo„ldim. Mening vaqtim bitdi va men munosib 
ravishda ketmoqchiman
». Juma kuni uni Prinston kasalxonasiga borishga va hech 
bo„lmasa og„riqsizlantiruvchi muolaja qilishga ko„ndirishdi. Biroz vaqt o„tib, buyuk 
olimning tanasi omonatini topshirdi.
Albert Eynshteynning Berkli universitetida gidravlikdan dars berayotgan katta 
o„g„li Gans Albert, otasini so„nggi yo„lga kuzatish uchun butun mamlakatni kesib 
o„tdi. Ularning o„zaro munosabatlari butun hayotlari davomida bir xil bo„lmagandi. 
Biroq, AQSHda qayta topishganlaridan keyin barcha eski gina-kudratlarni orqaga 
tashlab, samimiy ota-bola aloqalarini tiklashgan edi. Gans Albertning yuragida 
chuqur chandiq qoldirgan yarasi – onasi va otasining ajrashib ketganliklari, butun 
umri davomida unga doim eng yoqimsiz xotira bo„lib qolgan. Kenja o„g„li bilan 
vidolashuv Eynshteynga nasib etmagan. Eduardning 20 yoshligida varchlar unga 
«shizofreniya» tashxisini qo„yishdi va o„shandayoq olim o„z o„g„lini endi butunlay 
yo„qotgan deb hisoblay boshlagandi. Shveytsariyadagi klinikada davolanayotgan 
o„g„li haqida Eynshteyn doim qayg„urgan. Qarindoshlari va do„stlari oldida uning 
uchun (uning hatti-harakatlari uchun) javob berardi va lekin savdoyi farzandining o„zi 
bilan hecham o„zaro tushunmovchiliklarni yo„q qila olmadi.
Yoshini yashab bo„lgan odam uchun o„lim aslida xalos 
bo„lishlikdir. Men o„zim qarib qolganimda aynan shu narsani ochiq-ravshan his 
qilmoqdaman va endlikda o„limga nisbatan, bir kun kelib baribir to„lash kerak 
bo„lgan eski qarz sifatida qaramay qo„ydim.

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish