146
Bu borada ish olib borayotgan xalqaro tadqiqotchilar guruhi, Antarktidada
joylashgan BICEP2 xalqaro radioteleksopdan foydalanishgan. Bu radioteleskop,
janubiy qutbdan uncha uzoq bo„lmagan masofaga joylashtirilgan. Bu radioteleskop
yordamida ilmiy guruh, ikki yil mobaynida «moziy nurlanishi»ni tinglashdi va uning
xossalarini tahlil qilib borishdi.
Tahlil jarayonida ilmiy nuqtai nazardan o„ta aniq tarzda olingan ma‟lumotlar
olimlarga bundan 13.8 milliard yil muqaddam sodir bo„lgan ulkan portlash keltirib
chiqargan gravitatsion maydonning to„lqinsimon tebranishlarini aniqlash imkonini
berdi.
Gravitatsion to„lqinlarning mavjudligining o„zi – fizika uchun o„ta muhim
kashfiyotlardan biridir. Fazo-vaqt bo„ylab to„rt o„lchamli yo„nalishda tarqaluvchi
elektromagnit to„lqinlardan farqli o„laroq, gravitatsiya to„lqinlari zamon va makon
strukturasining o„zining to„g„ri chiziqli qo„zg„alishi hisoblanadi. Bu haqida
allaqachon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida ilmiy taxminlar bayon
qilingan edi. Lekin gravitasion to„lqinlarni aniqlash o„ta mushkul vazifa. Fan-texnika
asrining o„ta zakovatli olimlariga ham buning uchun bir asrdan ortiq vaqt kerak
bo„ldi. Shunda ham, hozircha bu tasdiq, ya'ni, gravitatsion to„lqinlarning haqiqatda
mavjudligining isboti to„g„ridan-to„g„ri tajriba orqali o„rnatilgan emas. Ya'ni,
gravitatsion to„liqinni bevosita o„zini olimlar haligacha tutishgani yo„q. Unda nega
uning mavjudligini bunday ishonch bilan aytishmoqda?! – degan savol miyangizda
charx urgan bo„lsa ajabmas. Gap shundaki, ilmiy guruh, mazkur to„lqinlarning
haqiqatda mavjudligini, bilvosita ravishda, aniqrog„i, ularning boshqa bir to„lqinlarga
berayotgan ta‟siri orqali aniqlashdi. Boshqa bir to„lqin deganda, bu o„rinda reliktiv
nurlanishlar (
relict radiation, primeval fireball radiation
) nazarda tutilmoqda.
Lekin mazkur kashfiyotning asl mohiyati faqatgina reliktiv nurlanishlarning
yangi xossalarining (aytaylik, ularning qutblanishidagi B-mod xususiyatlari kabi)
aniqlanishi ham, va hatto undan kelib chiquvchi muhim xulosa bo„lmish –
gravitatsion to„lqinlarning haqiqatda mavjudligi ham emas. Olimlarning birinchi
navbatda BICEP2 dan olingan tahlillarning boshqa bir natijasi qiziqtirmoqda. Bu
tahlil natijalariga ko„ra, olimlar Olam yaralishining ilk lahzalarida nimalar sodir
bo„lgani haqida anchayin ishonchli ma‟lumotlarga ega bo„lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: