148
Yulduzlardan tezkor yordam.
Koinotdagi «yorug„lik nurlarining cho„zilishi» - XX asr astrofizikasining eng
ulkan kashfiyotlaridan biridir. Vesto Slayfer, Edvin Xabbl va boshqa
astronomlarning olib borgan ilmiy izlanishlari natijalariga ko„ra ma‟lum
bo„lishicha, Yerdan ko„rinadiga
olis yuldizlarning nurlari, bizga yetib kelgunicha
koinotning cheksiz sarhadlaridan o„tib borar ekan, spektrning qizil qismi tomon
siljib, cho„zilib borar ekan.
Bu hodisa, Doppler effekti va vaqtning relyatvistik
sekinlashuvi bilan tushuntiriladi: agar manbda kuzatuvchidan katta tezlik bilan
uzoqlashayotgan bo„lsa, undan kuzatuvchi tomon kelayotgan elektromagnit
to„lqinlari, aytaylik, yorug„lik nurlari, uzunroq holda yetib keladi. Bunda cho„zilish,
yorug„likni (elektromagnit maydon tebranish to„lqinlarini)
qizilga tomon sijitadi,
tovushni (havoning tebranishi) esa, quyiroq darajaga tushiradi. Odatda Dopler
effekti tez tibbiy yordam mashinasining sirenasi tovushi misolida tushuntiriladi:
agar sirena bilan tez yordam mashinasi eshituvchi yaqinidan katta tezlikda o„tsa,
uning tovushlari eshituvchiga o„zgarib-o„zgarib eshitilgandek tuyuladi (aslida
mashina sirena tovushini doimiy maromda chiqaradi). Olis yulduzlar nurlarining
qizilga tomon siljishining aniqlanishi, olimlarning
bu yulduzlarning bizdan
beto„xtov uzoqlashayotganligi haqida xuloda chiqarishlariga asos bo„ldi. Bu xulosa
esa o„z navbatida, Butun Olamning kengayishda davom etayotganligini isbotlab
berdi.
Uilson va Penziasning qush axlati bilan bog„liq boshog„riqlari va undan
keyingi tantanavor ilmiy benifisi yuz bergan o„sha olis 70-yillardan keyin ma‟lum
bo„lishicha, reliktiv nurlanishlar nihoyatda va o„ta bir jinsli ekan. Tadqiqotchilar o„z
qabul qilgich asboblarini fazoning qaysi tomoniga yo„naltirishmasin,
ular har safar
mutlaq bir xil xosslardagi mikroto„lqinlarni qabul qilishgan. Chunonchi o„sha xalaqit
shovqinlari, detektorning qanday burchak ostida joylashtirilishiga umuman bog„liq
bo„lmagan. U kecha va kunduzga ham, Yer sharining turli tomonlariga ham bepisand
edi. Xulosa qilindiki, Ulkan portlashning mikroto„lqinli aks-sadosi, hozirda bizga
ma‟lum Butun Olamning istalgan nuqtasida mutlaqo bir xil va bir jinsli ekan.
Bunday bir jinslik, biz kutganimizdan ham yanada kattaroq jumboqlarni taqdim
etadi. Jumoq relkitiv nurlanishning o„zigagina taaluqli emas.
Eng katta miqyoslarda
olib qaralganda, Butun Olamning o„zi ham bir jinslidek bo„lib tuyuladi: unda
galaktikalar bilan zich to„lgan qism ham, yoki umuman hech qanday moddiyot
mavjud bo„lmagan mutlaq bo„shliq qismlar ham yo„q.
Matematik hisob-kitoblari ko„rsatib turibdi:
agar Ulkan Portlash, energiya va
materiyaning turli tomonlarga tasodifiy yo„nalishlarda tarqaydigan oddiy portlashlar
singari kechganida, hozirda xilma-xilliklar (bir jinsli emaslik xossalari) ancha ko„proq
bo„lishi kerak ekan.
Boshqacha holatda, Ulkan Portlashning boshlang„ich
konfiguratsiyasi, bir jinslilikni bu darajada mukammal ta‟minlaydigan bo„lib chiqishi
uchun faqat va faqat mo„jiza kerak bo„lar ekan. Nahotki bizlar yashayotgan Olam
uchun bu borada shunchaki omad kelgan bo„lsa?...
150
Kitobimiz qahramoni o„zining teran, chuqur ma‟noli iqtiboslari bilan nafaqat ilm-fan,
balki umuman jahon ijtimoiy-madaniy tarixda ham o„ziga xos yorqin iz qoldirgan.
Unga tegishli qanotli iboralar ba‟zan kishini o„ylashga, fikrlashga majbur qilisa,
boshqa safar quvnoqlik, xushnudlik bag„ishlaydi. Eynshteyn
va uning shoh
nazariyasiga bag„ishlangan kitob iqtoboslarisiz bo„lsa to„kis bo„lmasa kerak. Quyida
jahon fiziklarning dohiysi tilidan saralangan va kitobning asosiy matnida qayd
etilmagan eng mashhur va ma‟nodor iqtoboslarni havola etamiz.
.
Do'stlaringiz bilan baham: