119
fotosuratni kattalashtirgani sari (zoom) uning son-sanoqsiz mayda piksellarga
taqsimlanib borishiga o„xshaydi.
Uzoq muddat davomida ilmiy jamoatchilik ushbu g„oyalarni abjirlik bilan
inkor qilib keldi. 1913 yilda Eynshteyn nomzodi Prussiya
Fanlar Akademiyasiga
tavsiya etilganida, Plank va Nernst u haqidagi tavsiyanomalarida olim shaxsiyatini
alqagan ko„yi, uning ba‟zi mulohazalarda juda chuqur kirib ketishini, masalan,
yorug„lik kvanti haqidagi g„oyalarda shunday bo„lganini gap orasida qistirib
o„tishgan.
Bu boradagi asosiy muammo ham, xuddi nisbiylik nazariyasi bilan
bo„lgani kabi, Eynshteynning ko„plab fikrlarini o„sha zamon ilmiy kuzatuv va tahlil
vositalari yordamida amaliy tekshirishning imkoni yo„qligi bilan bog„liq edi.
Fanda kvant nazariyasiga nisbatan umumiy ishonchsizlik hukm surishiga
qaramasdan, Eynshteyn har doimgidek, o„z bilganidan qolmasdi. U 1916 yilda u,
deyarli 10 yil davomida xayolan ko„kartirgan g„oyaviy daraxtini ommaga ma‟lum
qildi.
Uning fikricha, energiya almashinuvi – kuch momentiga
1
ega bo„lgan
zarrachalarning hosil bo„lishi orqali yuz beradi. Ya'ni, kvantlar, yoki, fotonlar,
energiya snaryadlari singari tasavvur qilinadi. Oradan yetti yil o„tib, Eynshteynning
bu gipotezasi Artur Kompton (1892-1962) laboratoriyasida amaliy tasdiqlandi.
Biroq, Bor, Geyzenberg va Bornlarning ta‟siri
ostida Eynshteyn, o„z
qarashlarini deyarli keskin sakrashlarsiz, o„ta dadillik holatidan o„ta konservatizm
darajasiga olib o„tdi.
Qora tuynuklar haqidagi holatda biz, nurlanayotgan jismning elementar
tarkibini spektral tahlil yordamida aniqlash mumkinligini aytgan edik. Atom
spektrlari fiziklar uchun beqiyos tahlil vositasi bo„lib xizmat qildi va u orqali ko„plab
masallarga oydinlik kiritilgan bo„lsa-da,
undan keyin yanada murakkab, yangidan-
yangi savollar yuzaga chiqa boshladi. Masalan, har bir zaryad qanday qilib va nima
bilan zaryadlangan? Uning strukturasi qanday? Ko„p sonli xatolar bilan kechgan
qayta-qayta urinishlar evaziga Shveytsariyalik olim Iogann Balmer, sodda formula
orqali o„sha paytda allaqachon ma‟lum bo„lib ulgurgan vodorod atomlari spektrining
tavsifini
bayon qilib berdi, lekin u baribir bunday matematik yiondoshuv uchun
tayinli nazariy asoslar shakllantira olmadi.
1912 yilda Daniyalik yosh fizik Nils Bor, Shuster laboratoriyasida tajriba
o„tkazish uchun ruxsat olsih maqsadida Manchester Universitetiga keladi.
Laboratoriya direktori Ernest Rezerford (1871-1937) tez orada Borning turli
paradokslarni yechishga bo„lgan qiziqishi va yuksak ilmiy salohiyati borligini payqab
qoldi; u xuddi yo„l tekislaydigan mashina singari harakat qilardi, ya'ni – sekin, lekin,
o„ta ravon. Plank va Eynshteyn
tenglamalaridan foydalanib, Bor atomning
elektronlarning qat‟iy statsionar orbitalar bo„ylab harakatlanishiga asoslangan
1
Jism massasining uning tezligiga ko„paytmasi bilan ifodalanuvchi vektor kattalik.
120
modelini yaratdi. Bunda har bir orbitaga o„ziga xos energetik daraja muvofiq keladi
va elektronning bir orbitada boshqasiga o„tishida energiyaning elektromagnit
nurlanish kvantlari (yoki, fotonlar) ko„rinishidagi
yutilishi, yoki, nurlanishi sodir
bo„ladi. Kvantning energetik zaryadi, orbitalarning energetik darajalari farqiga mos
bo„ladi.
Har bir elementning ichki strukturasi, o„rindiqlari yuqoridan
quyiga zinasimon
pastlab boradigan amfiteatrga o„xshaydi; bunda har bir qator turlicha energiya
darajasini ifodalaydi. Elektronlarning bir energetik darajadan boshqasiga o„tishi,
o„ziga xos xarakterli spektr bilan fotonlarni nurlantiradi, yoki, aksincha, ularni yutadi.
Shu tarzda, nurlanish va atomning tuzilishi o„zaro muvofiq keladi (3-4 rasmlar).
Alan Laytman, Nils Borning maqolasi haqida so„z yuritar ekan, «kvant
tumanligi» endi ilmiy lahjaga ham ko„chayotganini qayd etadi: «
Borning elektronlar
Do'stlaringiz bilan baham: