Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

 
David Gilbert 
Gilbert 1862 yilda, Prussiya shahri bo„lgan Kyoningsbergda (hozirgi Kaliningrad) tug„ilgan. U juda 
ajoyib va yorqin ilmiy faoliyat olib bordi. Gilbert eng avval boshdanoq, o„zi tallquli bo„lgan avlod 
matematiklarining yetakchisiga aylangandi. Feliks Klyayn bilan birgalikda u Gyottingen 
universitetini dunyoning eng kuchli matematik tadqiqotlar markaziga aylantirishdi. 1900 yilda 
Parijda bo„lib o„tgan matematiklarning xalqaro konferensiyasida Gilbert, matematika fanining 
keyingi taraqqiyot yo„nalishini belgilab berishi lozim deb hisoblagan 23 ta masaladan iborat 
ro„yxatni e‟lon qiladi. Eynshteyn bilan yuzaga kelgan kuchli ilmiy raqobatga qaramasdan, ular 
orasidagi munosabatlar doimo samimiy va do„stona bo„lib, raqobat istisnosiz ravishda faqat va faqat 
ilmiy ma‟noda edi. Olimlar tanishgan dastlabki paytlardanoq kuchli o„zaro hurmat bilan 
munosabatda bo„lar edilar. Aytish mumkinki, bu ikki olim xarakteri va dunyoqarashi bo„yicha juda 
ko„plab umumiylik bor edi. Ularning har ikkalasi ham, birinchi jahon urushidagi nemis 
interventsiyasini qo„llab-quvvatlash to„g„risidagi deklaratsiyani imzolashdan bosh tortishdi. 
Eynshteynda ham, Gilbertda ham shizofreniyaga uchragan dardmand o„g„il farzand bor edi. 
Shuningdek, bu olimlar uchun umumiy bo„lgan jihatlardan yana biri qanotli iboralarga, aforizmlarga 
bo„lgan intilish hamdir. Gilbert shunday degan: «
Ilmiy ishning ahamiyatini, bungacha e‟lon qilingan 
va o„sha ishga ko„ra ortiqchaga aylanib qoladigan 
boshqa ishlarning soniga ko„ra baholash mumkin
». 
Buyuk matematik 81 yosh umr ko„rdi va hayotining 
oxirgi 
yillarida 
o„zi 30 yil davomida mehnat-
mashaqqatlar evaziga barpo qilgan betakror matematik 
maktabini natsistlar tomonidan marazlarcha barbod 
qilayotganliklarini alam bilan, lekin hech narsa qila 
olmasdan faqat kuzatib o„tirishiga to„g„ri keldi. 1934 
yilda oliy darajadagi marosimlarning biriga taklif etilgan 
David Gilbert, fashistlar Germaniyasining madaniyat 
vaziri tomonidan berilgan, olmon matematikasining, 
so„nggi paytlarda mamlakatda olib borilgan millatchilik-
ijtimoiy tozalov ishlaridan qanday zarar ko„rgani haqidagi 
savolga javoban, istehzo va o„kinch bilan shunday degan 
ekan: «
Zarar ko„rdi deysizmi? Matematiklar umuman 
zarar ko„rishmadi janob vazir! Shunchaki, endi ular 
umuman yo„q
!...» 
Vanihoyat 18-noyabr kuni Eynshteyn yorug„likka chiqdi. Uning nazariyasining 
so„nggi talqinlaridan biri, 1859 yilda farang falakshunosi Urben Leverye tomonidan 
bayon etilgan va uzoq vaqt mobaynida, Nyuton fizikasi doirasida tushuntirishning 


102 
iloji bo„lmay kelayotgan anomaliya – Merkuriy sayyorasi orbitasi persessiya
1
sining 
anomal og„ishi masalasiga oydinlik kiritdi. Nazariya shuningdek, yorug„lik nuri 
trayektoriyasining ham tortish maydoni ta‟sirida egrilanishini taxmin qilar edi. 
Eynshteyn tenglamalari kichik intensivlikdagi gravitatsion maydonlarga taaluqli 
Nyuton formulalari sari yetaklayotgan edi va bu kashfiyot uni bir necha kungacha 
eyforiya holatiga solib qo„ydi.
1915 yilning 25-noyabrida Eynshteyn maydon tenglamasining o„z talqinidagi 
ko„rinishini Berlin Fanlar Akademiyasiga taqdim etdi: «
Nihoyat, umumiy nisbiylik 
nazariyasi mantiqiy izchillik kasb etdi
». Bungacha besh kun muqaddam esa, Gilbert 
ham Gyottingen fanlar akademiyasida o„zining aksiomatik dasturi bilan chiqish 
qilgan edi. Bu ilmiy musobaqada kim g„olib bo„ldi?
Garchi Gilbert o„z ilmiy natijalarini birinchi bo„lib e‟lon qilgan bo„lsa ham, 
uning Gyottingen universitetidagi ma‟ruzalar asosida yozilgan dastlabki maqolasida 
maydon nazariyasi bo„yicha tayinli tenglamalar mavjud bo„lmagan. Gilbertning 
ishlarida gravitatsiya maydoni nazariyasiga oid o„rinli tenglamalar mavjud 
bo„lmagan. Ular Gilbertda faqat 1916 yil martida e‟lon qilingan maqolalardagina 
paydo bo„ladi. demakki, birinchilik baribir Eynshteynga tegishlidir. Agar biz 
kondalang qo„yilgan masalaning ko„lami va har ikkala olimning u bo„yicha olgan 
natijalarini qiyoslasak, Eynshteynning bu masalani juda puxtalik bilan yechgani, 
Gilbert esa, anchayin ko„zga tashlanarli xatoliklarga yo„l qo„yganini ko„ramiz.
Gilbert amaliy tajriba nuqtai nazarini deyarli butunlay inkor etgan (ya'ni u 
eksperimental sinovlarni shart emas deb hisoblagan). Gravitatsiyaning relyatvistik 
tadqiqi Gilbertning aksiomatik nazariyasining muhim jabhalaridan biri bo„lgan. 
Uning mazkur nazariyasi esa, nafaqat gravitatsiyaning relyatvistikasini, balki, 
elektromagnetizm hamda uning materiya bilan o„zaro ta‟sirini ham qamrab olgan edi. 
Buyuk matematik olim, fizikaning barcha fundamental te nglamalari, uning o„zi 
«olam funksiyasi» deb atagan universial funksiyadan keltirib chiqarilishi lozim deb 
hisoblagan. U shuningdek bunday fundamental fizik tenglamalarning xossalarini ham, 
bir juft aksioma bilan ta‟riflash mumkin bo„lishi kerak deb ta‟kidlagan. Uning 
ma‟ruzalari «Fizika asoslari» deb nomlanar edi. Bu ma‟ruzalarda borgan mavzular va 
yuritilgan fikrlarga asosan xulosa qilinsa, «endilikda geometriyaga o„xshash fan 
shakllanishi kerak» edi.
Matematik Gilbert, nazariyotchi fizik Eynshteynga qaraganda nisbatan 
murakkabroq ilmiy matematik-apparatlarni ishga soldi va ba‟zi masalalarni 
to„g„ridan-to„g„ri usul bilan yechdi. Biroq, elektromagnetizm va nisbiylik nazariyasini 
o„zaro unifikatsiyalashga bo„lgan urinish va shu asnoda atom ichidagi yuz beradigan 
jarayonlarning mohiyatini anglashga harakat qilishga qaratilgan faoliyat Gilbertgfa 
1
Persessiya – jism impuls momentining, tashqi kuch momenti ta‟sirida fazoda o„z yo„nalishini 
o„zgartirishi hodisasi.


103 
muvaffaqiyat keltirmadi. Umuman olganda Eynshteyn, Gilbert talpingan muddaoga 
erishuvning amalda imkonli bo„lishi uchun odamzot aql-zakosidan ham kuchliroq 
favqulodda ong va tafakkur talab etiladi deb hisoblar edi.
Ehtimolki, Gilbertning shogirdi bo„lgan va o„z ilmiy faoliyati orqali nazariy 
fizikaga ulkan hissa qo„shgan olimlardan biri German Veyl, ustozi va Eynshteyn 
o„rtrasida kechgan ilmiy munozaraning mohiyatini barchadan ham chuqorroq 
anglagan bo„lsa kerak. U shunday deb yozgan edi: «

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish