104
O„zining nisbiylik nazariyasiga taaluqli formulalardan mustahkam ilmiy
inshoot barpo etish orqali Eynshteyn, olam tuzilishi borasidagi o„z
nuqtai-
nazarlarini bayon qilishga urinadi. Bungacha bo„lgan davrlar mobaynida,
istisnosiz ravishda faqat mavhum mushohadalarga asoslanaib kelgan
kosmologiya fani, Eynshteyn tufayli ulkan qadam tashlab ilg„orlasha
boshladi. Gravitatsiya ta‟sirida yorug„lik nurining yo„nalishdan og„ishining
amaliy tajribada isbotlanishi – Eynshteynga olamshumul shon-sharaf
keltirdi.
105
Har bir ilmiy yuksalishdan keyin Eynshteyn kuchli asabiy zo„riqishlar tufayli, ma‟nan
va jismonan qattiq charchaydigan bo„lib qoldi. Xususan u, 1095
yildagi maqolalari
yuzasidan o„tkazgan bedor tunlari va favqulodda aqliy faolligi badaliga naq ikki hafta
ko„rpa-to„shak qilib yotishiga to„g„ri keldi. Nisbiylik nazariyasi esa uning uchun
keyingi bir necha yill mobaynida sog„ligini tiklashni taqozo etdi. Olimning ahvolini
og„irlashtiruvchi sabablardan biri, urush haqidagi tinchlik bermas oy-xayollar edi.
1917 yildan boshlab unda keskin quvvatsizlanish kuzatila boshladi. Eynshteynda tez-
tez o„t-tosh kasalligi huruj qiladigan bo„lib qoldi. U ko„p vaqtini to„shakda
o„tkazishiga majbur bo„lmoqda edi. Ikki oy ichida Eynshteyn naq 25 kilogramm vazn
yo„qotdi.
Yoz kelishi
bilan xolavachchasi Elza, o„zi yashaydigan uyning yuqori
qavatidan Eynshteyn uchun ijaraga uy topdi. Elza serharakatlik bilan Albertga
g„amxo„rlik qilardi. Uning uchun ovqat tayyorlab, kirlarini yuvib, asta sekinlik bilan
shunchaki qarindosh-qo„shnidan ko„ra, yanada yaqinroq insonga aylana boshladi.
Elzaning o„zini to„liq bag„ishlayotganini ko„rib Albert Eynshteyn sobiq xotini Mileva
Marich bilan uzil-kesil qonuniy ajrashishga qaror qildi. Milevani ko„ndirish uchun
unga Albert hali olinmagan Nobel mukofotini berishni va‟da qildi.
Bunga nisbatan
Milevaning dastlabki reaksiyasi o„ta keskin nafrat bilan namoyon bo„ldi. Lekin bir
necha hafta o„tgach, aftidan Mileva endi baribir avvalgi beg„ubor mehr-muhabbatli
oilasini tiklay olmasligiga amin bo„lgach, ajrashishga rozi bo„ldi. U nima ham qla
olardi? Taqdirdan qochib qutula olmaydi. Peshonasiga yozganini ko„radi. Endi faqat
barcha qog„ozbozlik-rasmiyatchilik ishlarini bajarib qo„yish qoldi xolos.
Eynshteyn
bu borada g„alati bir gap aytgan edi: «
Qiziq, qaysi biri uzoqroq cho„zilarkin. Mening
ajrashuvimmi, yoki, jahon urushimi?
». Ajirim uzoqroq vaqt talab etdi.
Albatta, uning hayotidagi eng kuchli muhabbati shak-shubhasiz Mileva edi.
Birinchi turmushidan Albert juda mamnun holda yashardi. Bunda Mileva unga
nafaqat farzandlarning onasi va oila bekasi sifatida, balki, yuksak ilmiy salohiyatli va
o„tkir zehnli hamfikr olima sifatida katta o„rin tutgan. Elzaga bo„lgan munosabatlarda
esa, iliq hissiyotlardan ko„ra, ehtiyotkorlik va biroz hadik seziladi. «
Asl mehr-
muhabbatdan yiroqligi bilan bu nikoh meni cho„chitmoqda!
» - deb yozgan edi u
qaydlarning birida. Balki, Mileva yigirma yashar yigitcha uchun ideal sevgi bo„lsa,
Elza esa qirqqa chiqqan erkak uchun shu kabi o„rin tutgandir. Fizik olimga
xolavachchasi maishiy turmushda tinch-hotirjamlik va chin insoniy mehr o„chog„ini
ta‟min etmoqda edi. U Albertga ro„zg„or va oila uchun
jiddiy majburiyatlarni
yuklamas, aksincha, boriga ko„nib yashaydigan kamtarin uy bekasi bo„lib chiqdi.
Ehtimol, Elza va Albert o„rtasida hech qachon ishq ma‟nosidagi kuchli sevgi
bo„lmagandir, lekin ularning bir-biriga suyanchiq bo„lib, o„zaro mehr hurmat va
tushunish bilan hayot kechirishgani aniq.
106
Birinchi xotinimdan farqli o„laroq, hozirgi xotinim ilm-fan haqida hech
narsa bilmasligi menga juda ma‟qul kelmoqda
.
Do'stlaringiz bilan baham: