Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet46/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

Mavzu mazmuni:
Organizmlar irsiyatning moddiy asoslari (genotipi)o ‘zgarishi evolyutsiya jarayoni uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Irsiy o ‘zgaruvchanlikning ikki formasi — mutatsiya va rekombinatsiya mavjud. «Mutatsiya» so‘zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi.Mutatsiya o ‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning barcha turlariga mansub. Mutatsiyalar asosan 4 xilgaboiinadi. Bular gen, xromosoma, genom va sitoplazmatikmutatsiyalardir. Gen deyilganda, odatda, hujayrada u yoki buoqsil sintezlanishida ishtirok etadigan D N K zanjirining bir qismi tushuniladi. Har bir gen bir nechta nukleotiddan tash­kil topgan. Bu o ‘z- o ‘zidan, gen yoki nuqtali mutatsiya nukleotidlarining o'zgarishi bilan bog‘liq; ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi tasawurlarga ko‘ra, gen mutatsiyalari 4 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ular D N K molekulasidagi: 1) nukleotidlar o ‘rnining almashinishi; 2) bitta yoki bir nechta nukleotidning kamayishi; 3) bir yoki bir nechta nukleotidning DNK zanjiriga qo‘shilishi; 4) gen tarkibidagi nukleotidlar tartibining qayta tuzilishi tufayli vujudga keladi. Gen mutatsiyasining tezligi bir gen uchun har bir bo‘g‘inda 10-4-10-6 ga teng. Har bir tur populatsiyasi genofondida juda ko‘p genlar borligi e ’tiborga olinsa, gen mutatsiyasining o'lchami juda ulkan bo‘lishiga shubha qolmaydi. Mutatsiya ayrim hollarda teskari formada namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda o ‘zgargan gen o'zining asli holatiga qaytadi. Ko‘pgina gen mutatsiyalari retsessiv holatda bo‘lib, fenotipda ro‘yobga chiqmaydi. Bu hodisa juda katta biologik mazmunga ega. Kombinatsion o ‘zgaruvchanlik. Aksariyat o'simliklar va hayvonlar erkak va urg‘ochi organizmlarning jinsiy qo‘shilishi natijasida ko'payadi. Hatto o ‘zini-o ‘zi changlatuvchi 0‘simliklar ham vaqt-vaqti bilan chetdan changlanadi. Chetdan chatishish tabiatda hukmronlik qiladi. U yangi genetik kombinatsiyalarni vujudga keltiradi. Chetdan chatishish duragaylarning ikkinchi va keyingi bo‘g‘inlarida xilma-xillikni yuzaga keltiradi. Har bir tur populatsiyalardan tashkil topgan. Populatsiya deyilganda, izolatsiya — alohidalanishning har xil darajadagi bosimi tufayli qo'shni organizmlardan ajralgan, qiyinchiliksiz u yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya), uzoq vaqt ichida ma’lum makonda tarqalgan, bir turga mansub individlar yig‘indisi tushuniladi. Ayrim hollardagina tur yagona populatsiyadan tashkil topgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa uyuzlab, hatto minglab mahalliy populatsiyalarni o ‘z ichiga oladi. Populatsiyaga berilgan ta’rifda «uzoq vaqt» tushunchasi mazkur turga qiruvchi organizmlar bo‘g‘inini ifodalaydi. U yoki bu darajada urchiy oladigan (panmiksiya) deganda, populatsiyadagi organizmlarning qo'shni populatsiya organizmlariga nisbatan urchish darajasining yuqoriligi tushuniladi. Bu ta’rif ikki jinsli, chetdan urug‘lanadigan organizmlarga ko‘proq mos keladi. Vaholanki, tabiatda bo’linish, kurtaklanish, spora hosil qilish» partenogenetik yo‘l bilan urchiydigan individlar mavjud. Lekin bunday formalarda ham populatsiyalarga o ‘xshash bo‘lgan individlar majmuasi — klon populatsiya mavjud. Ular bir klon yoki sof liniyalarga (kelib chiqishi tomondan yaqin klon yoki sof liniyalarning aralashmasiga) mansub bo‘lib, ma’lum arealni egallaydi hamda biogeotsenozning boshqa komponentlari bilan munosabatda bo‘ladi.



Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish