Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet48/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

11-semenar mashg’ulot
Mavzu: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari.

Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.


Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllarini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.

  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.

Yangi mavzuning rejasi:
1.Tabiiy tanlash va uning shakllari.
2. Stabillashtiruvchi tanlash.
3. Harakatlantiruvchi tanlash.
4.Dizruptiv tanlash
Mavzu mazmuni: Populyatsion genetika rivojlanishi bilan tabiiy tanlanishni o‘rganish jarayonida asosiy e’tibor populatsiya va turning genetik tuzilishi o‘zgarishiga qaratildi. Natijada tabiiy tanlanish populatsiyaning genetik strukturasini o'zgartiradigan evolyutsiyaning boshlang‘ich omili sifatida talqin qilina boshladi. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda tabiiy tanlanishning 4 turi:1) harakatlantiruvchi; 2) stabillashtiruvchi; 3) dizruptiv; 4) destabillashtiruvchi turlari farqlanadi.Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o'zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, belgi-xossalaming o‘rtacha mohiyatining siljishiga imkon yaratadi. Harakatlantiruvchi tanlanish o ‘zgargan sharoitda moslanish ahamiyatini yo'qotgan eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenctipidan keskin'farq qilgan fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Binobarin, optimum moslanish o‘rtacha darajadagi fenotip formalaming emas, balki keskin o‘zgargan chetki formalaming tanlanishi orqali ro‘yobga chiqadi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga muhit sharoitiga moslashgan yangi individlar vujudga keltirishi bilan xarakterlanadi. Harakatlantiruvchi tanlanish natijasida belgi-xossalar kuchayish yo susayish tomonga qarab o'zgaradi. Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini qisqartiradi va turg‘unligini oshiradi. Har
bir populatsiyaning hayoti muhitga bogiiq. U yashab qolish uchun doim hayot sharoitiga moslanishi kerak. Populatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlanishma’lum davrda hukmronlik qilgan tashqi muhitning kompleks sharoitiga
moslashgan fenotipni vujudga keltirgan genotipni saqlay boradi. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o'zgarmasa, u holda populatsiya — yuqori moslanish darajasiga ega boiadi va tabiiy tanlanish genetik o ‘zgaruvchanlikni stabillashtirishga tomon yo‘naladi. Bunday sharoitda tanlanish to‘xtamaydi, balki davom etib, muhitga yaxshi moslashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi,
normadan o ‘zgargan organizmlar esa nobud boiadi. Tanlanishning bu formasini Shmalgauzen stabillashtiruvchi tanlanish deb nomladi. Dizruptiv tanlanish. Ba’zan muhit sharoitining o‘zgarishi natijasida populatsiyaning miqdor jihatdan ko‘pchilikni tashkil etuvchi o‘rtacha tipi (norma) eliminatsiyaga uchraydi va
oqibatda populatsiya yashash uchun kurashda biror turg‘un afzallikka ega bo‘lmagan bir qancha genotiplardan iborat bo‘ladi. Bunday hollarda dizruptiv tanlanish namoyon bo‘ladi. DestabiUashtiruvchi tanlanish. Tanlanishning bu turi
yirtqich hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida kashf qilingan. Ma’lumki, boshqa yirtqich hayvonlar singari, tulkilar ontogenezida ham stabillashtiruvchi tanlanish tufayli tarixan tarkib topgan belgi va funksiyalar rivojlanadi. K.D. Belyayev kumushsimon, qora tulkilar populatsiyasini
o‘rganib, ular xatti-harakati bo‘yicha polimorf, ya’ni 30% odamga nisbatan tajovuzkor, 20% hurkovich, 40 % tajovuzkor hurkovchi, 10 % tinch kuzatuvchan ekanligini aniqlagan. Kuzatishlar himoyalanish xatti-harakati bilan jinsiy aktivlanish orasida genotipik va fenotipik munosabat borligidan dalolat berdi.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish