Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet47/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

10-semenar mashg’ulot
Mavzu: Organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillarini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning organizmlarning muhitga moslashganligi va uning xillari haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.

  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.

Yangi mavzuning rejasi:
1. Hayvonot dunyosida moslashish.
2. Ogohlantiruvchi rang va mimikriya.
3. O’simliklar olamida moslashish.
4. Organizmlardagi moslanishlarning paydo bo’lishi.
Mavzu mazmuni:
Moslanish deyilganda, tirik organizmlarning maium muhitda yashab, nasi qoldirishi tushuniladi. Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi, normal nasl qoldirishi bilan uzviy bogiiq. Yashovchanlik — organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o‘zgartirmay normal yashashidir. Odatda, ontogenezning turli bosqichlaridaro‘y beradigan mutatsion o‘zgaruvchanlik ko'pgina hollarda organizmlarning yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ba’zan esa o‘limga sabab bo‘ladi.
Raqobatchanlik. Bu organizmlarning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shilish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Ayrim hollarda organizm yashovchan bo'lsada, uning raqobatchanligi sust rivojlanadi. Hayvonlarning himoya rangi ham xilma-xil va ajoyib. Ko‘pgina hayvonlar tanasining rangi atrofdagi muhitga moslashgan bo‘ladi. Masalan, uzoq shimol faunasi — ayiq, tovushqon, kaklik oq rangda, cho‘l hayvonlari — ilon, toshbaqa, echkemar qum rangida bo‘ladi. Doim yashil o‘tlar orasida yashaydigan beshiktervatar, ko‘p shiralar yashil rangda, daraxtlarda hayot kechiradigan qushlar — boyo‘g‘li, kakku patining rangi bilan daraxt po'stlog'ini eslatadi. Himoya rangi dushmandan saqlanishda muhim ahamiyatga ega. U hayvonlarga o‘z hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Himoya rangining 4 xili mavjud. Bular niqoblanish, namoyish qilish, ma’lum narsalarga taqlid qilish va mimikriyadir. Odatda, himoya rangi niqoblanishning bir turidir, kriptik rang, bilintirmay qo'yadigan aks soya va chalg‘itadigan rang niqoblanishning aniq turlaridir. Bilintirmay qo‘yadigan aks soya. Bunda hayvonning yelka tomoni to‘q, qorin tomoni esa och rangda boiadi. Buholat qurtlar, baliqlar, ilonlar, ko‘pgina sutemizuvchilar, qushlarda namoyon boiadi. Ogohlantiruvchi rang kriptik rang hodisasiga qarama-qarshidir. Bunda hayvonlarda ko‘zga yaqqol tashlanadigan qizil, qora, sariq, oq ranglar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Xonqizi, tillaqo‘ng‘iz, yarqiroq kapalaklar, qovoqari va oddiy arilar ogohlantiruvchi rangli hasharotlarga misol boladi. Taqlid qilishning yana bir xili mimikriya hodisasidir. Mimikriya bir qancha olimlar tomonidan o ‘rganilgan. Chunonchi, Uolles Malayya arxipelagida tarqalgan va Papilio avlodiga mansub kapalaklarda mimikriya hodisasini kuzatdi va uning sabablarini tushuntirib berdi. U shuningdek, Kallima parallecto kapalagi qanotlarining old va orqa tomonlari turli rangda ekanligini, xavf-xatar tug‘ilgan vaqtda u qanotlarinibirlashtirib, so'ligan barg shakliga kirishini va shu tufayli dushmandan o‘zini himoya qilishini aniqlagan. Mimikriya deganda, bir organizmning rangi va shakli jihatdan boshqa organizm yoki uning ayrim organlariga, tashqi muhitdagi
narsalarga o‘xshashligi tushuniladi. Mimikriya 2 xil bo‘ladi. 1862-yiIi Bets dushman tomonidan ko‘plab iste’mol qilinadigan kapalaklar soxta ogohlantiruvchi rangga ega bo‘lsa, ya’ni tashqi qiyofasi bilan yeb bo‘lmaydigan ogohlantiruvchi rangga ega kapalaklarga o‘xshash boisa, dushmandan himoyalanishi mumkin ekanligini kuzatgan. Mazkur faraz yordamida olim Janubiy Amerikada tarqalgan o‘zaro qon-qarindosh boimagan kapalaklarning rang tomondan o‘xshashligini tushuntirib berdi.



Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish