Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Download 0,5 Mb.
bet85/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

Metodning yutuqlari: tipologik metod, uzoq tarix va chuqur ananalarga ega. Tipologiya sistematikaga ko’plab yangi, xususan belgilar va ularning holatlarini chegaralash, guruh tipi, tipik namuna kabi tushuncha va g’oyalarni bergan. Tipologik uslub bilan yaratilgan klassifikatsiyalar, aniqligi, mantiqiyligi va qo’llash osonligi bilan ajralib turadi. Kam o’rganilgan, mikroskopik organizmlarni klassifikatsiyalashda tipologik metod juda qo’l keladi.
Metodning kamchiliklari: Tipologik metodning asosiy kamchiligi bu – unda qabul qilingan belgilarni tarozilashning subyektivligidir. Tarozilashning aniq, asoslangan va universal prinsiplarini o’rnatish mumkin emas. Masalan qanday qilib? Mushuksimonlar va ayiqtovondoshlarning belgilarini bir kategoriyaga jamlash mumkin? Shunday qilib, amaliy ishlar uchun qulay bo’lgan tipologik metod nazariy jihatdan kuchsiz asoslarga tayanadi.


5-Ж Biologik klassifikatsiyalarda ajratib ko’rsatilgan organizm guruhlariga nom qo’yish jarayoniga biologik nomenklatura deyiladi. Bu jarayonni tartiblashtirish uchun nomenklatura kodekslari qabul qilinadi. Nomenklatura kodekslari – u yoki bu guruh organizmlarning nomenklatura jarayonini tartiblashtiruvchi qonun-qoidalar to’plamidir. Hozirgi nomenklatura kodekslaridan asosiylari: “Xalqaro botanik nomenlatura kodeksi” (ICBN), “Xalqaro zoologik nomenlatura kodeksi” (ICZN) va “Bakteriyalar nomenlaturasining xalqaro kodeksi” (ICNB). Bulardan tashqari “Viruslar klassifikatsiyasi va nomenlaturasining xalqaro kodeksi” va “Madaniy o’simliklar nomenlaturasining xalqaro kodeksi” mavjud. Zamburug’lar nomenklaturasi esa “Xalqaro botanik nomenlatura kodeksi” (ICBN) asosida amalga oshiriladi.
Organizmlarni nomlash qoidalari haqidagi ilk ishlar K.Linneyga tegishlidir. 1758-yilda chop etilgan “Systema Naturae”ning 10-nashrida e’lon qilingan ko’pchilik takson nomlari hozirgi kungacha o’z kuchini saqlab qolgan. Ammo XVIII – XIX asrlar davomida ko’p davlatlarda ishlagan olimlar aynan bir xil guruhlarga mansub bo’lgan organizmlarni o’zlari isagancha, turlicha nomlar bilan atay boshladilar. Natijada ikki davlatda ishlagan olimning bir-birini tushunishi qiyin bo’lib qoldi. Organizmlarni nomlashni universallashtirish, qoidalarga bo’ysundirish ehtiyoji tug’ildi. Hyu Striklend 1842-yilda ilk bor hayvonlarni nomlash uchun bunday qoidalarni taklif etdi. Uning kodeksi o’sha davrning yirik olimlari: Ch.Darvin, R.Ouen va J.Vestvudlar tomonidan boshqa Yevropa tillariga tarjima qilinib, ilmiy hamjamiyat tomonidan yaxshi kutib olindi. Shu kodeksga asoslangan “Zoologik nomenklaturaning xalqaro qoidalari” ilk o’tkazilgan Xalqaro zoologik kongresslarda (1889y Parij), (1892y Moskva), (1895y Leyden), (1898y Kembridj) va (1901 y Berlin) muhokama qilindi va 1905-yilgi Parij kongressda qabul qilindi. O’sha davrdan beri bunday kodekslarni “Zoologik kodeks bo’yicha xalqaro komissiya” ishlab chiqadi. Dastlabki komissiya tarkibiga Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Aqshlik 15 nafar oil kirgan.
Ushbu qoidalar 1961-yilgacha amal qilgan bo’lib, shu yili “Xalqaro zoologik nomenlatura kodeksi” (ICZN) qabul qilingan. Uning oxirgi qayta nashri 2000-yilda chop etilgan.
Ilk botanik nomenklatura qoidalari 1867-yilda Alfons De Kandol tomonidan taklif etilgan. 1952 – yil Stokgolmda “Xalqaro botanik nomenlatura kodeksi” (ICBN) qabul qilingan. Uning oxirgi qayta nashri 1999-yilda chop etilgan bo’lib, hozirgi kunda barcha botaniklar uchun amal qilishga tavsiya etilgan.
Umuman nomenklatura nomlash haqidagi soha ekan u nomlashning 3 qoidasini o’zida aks ettirishi kerak:
Unikallik – ya’ni har qanday takson nomi o’ziga xos yagona bo’lishi kerak. Anashundagina tadqiqotchi yoki qiziquvchi qaysi organizm haqida gap ketayotganligini darxol bilib oladi. Agar bir guruh organizmga turli vaqtda turlicha nom berilgan bo’lsa unda bu nomlardan avvalroq berilgani qo’llaniladi.
Universallik – ya’ni organizm guruhlariga beriladigan nom lotin tilida bo’lish kerak. Butun dunyo olimlari tomonidan bitta tilning qo’llanilishi, qo’yilgan nomning hamma uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi.
Stabillik – ya’ni organizmlar guruhiga bir marta berilgan nom unda doimiy qolishi kerak. Ya’ni taksonning nomini o’zgartirish mumkin emas.
Hayvonlar taksonlariga beriladigan nomlarning universal va stabilligini “Zoologik nomenklaturaning xalqaro qoidalari” ta’minlaydi. Ushbu kodeks 18 bob va 90 moddadan iborat.
Zoolgik nomenklaturaning ko’plab qoidalari bo’lishiga qaramasdan ularni uch guruhga bo’lish mumkin:


  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish