6-rasm. V.Henning bo’yicha organizmlarning guruhlari (taksonlarning turlari)
Parafiletik guruhga Reptiliya taksonini misol qilish mumkin, chunki odatda unga undan kelib chiqqan qushlar sinfini kiritmaydilar. Polifiletik guruh sifatida zamburug’lar, suv o’tlar va sarkodalilarni misol qilish mumkin. Bu guruhlarning har biri ichidagi kichik guruhlar o’zaro mustaqil kelib chiqishga ega.
Henning nuqtai nazaridan monofiletik, parafiletik va polifiletik guruhlar umumiy kelib chiqishga qarab aniqlanadi. Lekin keyinchalik Platnik (1979) va Patterson (1982)aytganidek hali aniqlanmagan narsaga asoslanib xulosa qilish mumkin emas. Shu tufayli kladistik tahlil sinapomorfiy prinsipi asosida guruhlar tuzishdan boshlanadi. Keyin esa olingan klassifikatsiyani filogenetik asosda qayta ko’rib chiqish lozim. Shunday qilib, filogenez – tahlil uchun emas, balki, tahlil natijalarida aniqlangan taksonomik aloqalarning umumiy ko’rinishini (pattern) muhokama qilish uchun kerakli bo’ladi. Bu yo’nalishni pattern-kladistika deb ataydilar.
Aristotelning hayvonlarni guruhlarga ajratishi, ayniqsa qonli hayvonlarni guruhlarini hozirgi zamon umurtqalilarining ayrim sinflariga juda mos keladi. Lekin turlarga juda boy bo’lgan turli-tuman umurtqasizlarni guruhlarga ajratilishi esa juda ham yuzaki va sun’iy bo’lgan. Bundan qat’iy nazar shu narsa e’tiborga sazovorki, u o’zining hayvonlar haqidagi asarlarida tana qismlarining korrelyasiyasi (organizm organlari va qismlarining funksiyalarini bir-biriga munosibligi) haqida muhim mulohazalarni yozib qoldiradi.
Hayvonlar sistematikasi sohasida eramizdan ancha oldin yashab o’tgan Xitoy, Hindiston va Yunoniston mutafakkirlari qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Bu sohada yunon olimi Arestotelni (eramizgacha 384-322 yillar ) xizmati g’oyat kattadir. U o’zining “Hayvonlar ta’rixi” va “Hayvonlarning kelib chiqishi” kabi asarlarida o’ziga ma’lum bo’lgan 500 turdan ortiq umurtqasiz va umurtqali hayvonlar haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Arestotel barcha hayvonlarni 2 ta katta guruhga, ya’ni qonli va qonsiz hayvonlarga ajratgan. Har bir katta guruhni o’z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratgan. Masalan: qonli hayvonlarni 5 ta guruhga, ya’ni
1. Bola to’g’uvchi to’rt oyoqli, tanasi jun bilan qoplangan hayvonlar (sut emizuvchilar)
2. Tuxum qo’o’vchi ikki oyoqli patli hayvonlar (qushlar)
3. Tirik tug’uvchi oyoqsiz, suvda yashovchi, o’pka bilan nafas oluvchilar (kitsimonlar)
4. Tuxum quyuvchi oyoqsiz va to’rt oyoqlilar, o’pka bilan nafas oluvchilar (amfibiyalar va reptiliyalar)
5. Tuxum quyuvchi, terisi tangachali, jabra bilan nafas oluvchilar (baliqlar)
Qonsiz hayvonlar katta guruhini ham o’z navbatida qo’yidagi 4 guruhga ajratgan.
1. Boshida oyoqlari bo’lgan yumshoq tanlilar (bosh oyoqli mollyuskalar)
2. Shilimshiq tanlilar (mollyuskalarni boshqa barcha turlari)
3. Yumshoq po’stlilar (qisqichbaqasimonlar)
4. Hasharotlar (hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, chuvalchanglar)
Aristotelning hayvonlarni guruhlarga ajratishi, ayniqsa qonli hayvonlarni guruhlarini hozirgi zamon umurtqalilarining ayrim sinflariga juda mos keladi. Lekin turlarga juda boy bo’lgan turli-tuman umurtqasizlarni guruhlarga ajratilishi esa juda ham yuzaki va sun’iy bo’lgan. Bundan qat’iy nazar shu narsa e’tiborga sazovorki, u o’zining hayvonlar haqidagi asarlarida tana qismlarining korrelyasiyasi (organizm organlari va qismlarining funksiyalarini bir-biriga munosibligi) haqida muhim mulohazalarni yozib qoldiradi.
41-4 чиси