Senger metodi modifikasiyasi. Hozirgi vaqtda Senger metodining zamonaviy modifikasiyasi ham mavjud. Bunda didezoksinukleotidlar 4 xil fluoressent bo’yoqlar bilan nishonlanadi va bitta probirkada PSR o’tkaziladi. Keyin poliakrilamid gelidagi elektroforez vaqtida lazer nurlari gelning ma’lum qismlarida bo’yoqlar fluorisensiyasini qo’zg’aydi va detektor ayni vaqtda qaysi nukleotidning gelda migrasiya qilayotganligini aniqlaydi. Zamonaviy asboblar sekvinirlash uchun kapillyar elektroforezdan foydalanadi.
Maksam-Gilbert metodi.Didezoksi-metod bilan birgalikda Maksam-Gilbert metodi ham keng qo’llaniladi. Bu metod A. Maksam va V.Gilbert tomonidan 1976 yilda taklif qilingan. Bu usul yordamida DNK ning bitta yoki ikki zanjirini ham o’qish mumkin. O’rganilayotgan polinukleotid maxsus kimyoviy fragmentasiyaga uchratiladi. Boshlang’ich nuqtaga ega bo’lish uchun DNK fragmenti 32R atomi bilan 5’-uchi yoki 3’-uchidan nishonlanadi. Ko’pchilik hollarda,fragment 5’-uchidan A4 fagining polinukleotidkinaza fermenti yordamida nishonlanadi. Bu ferment reaksiyada radioaktiv fosfatni DNK tarkibiga o’tkazadi. Agar DNK ning ikkita zanjiri ham o’qilishi zarur bo’lsa, bunday reaksiya ikkinchi zanjir uchun ham amalga oshiriladi.
1984 yilda Maksam-Gilbertning nishonlangan fragmentlarni yaratish uslubi G.Volkayer tomonidan soddalashtirildi. Bir uchidan nishonlangan DNK fragmetlari porsiyalarga ajratiladi har birida kimyoviy modifikasiya o’tkaziladi. Modifikasiya qilishda har bir DNK fragmentiga modifikasiya qilingan bir xil nukleotid to’g’ri kelishi kerak. A. Maksam va V.Gilbert purin asoslarini dimetilsulfat bilan modifikasiyalashni taklif etishdi. Bu metodda ham nukleotidlar ketma-ketligining o’qilishi gelni radiografiyasi orqali amlga oshiriladi. Maksam-Gilbert metodi yordamida, bir siklda, odatda, 250-300 nukleotiddan iborat ketma-ketlik o’qiladi.
DNK ni avtomatik sekvenirlash.Keyingi yillarda turli tuman organizmlarning DNK ketma-ketligini o’rganishga bo’lgan talabning o’sib borishi DNK molekulasini sekvinirlashni avtomatlashtirish ehtiyojini uyg’otdi, chunki bunday katta hajmdagi tadqiqotlani qo’lda bajarish juda katta vaqt va mehnat talab qiladi. Avtomatik sekvenirlash deganda, reaksiyani terminirlovchi nishonlangan mahsulotlarni qayd qiluvchi avtomatik uskunalar-sekvinatorlardan foydalanish tushuniladi.
Matrisa DNK sintezi va uning keyingi fermentativ sekvinirlash ham laboratoriya robotlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Dastlabki avtomatik DNK-sekvinator 1987 yilda Applied Biosystems firmasi tomonidan yaratilgan.
Avtomatik sekvinatorda yangi sintezlanayotgan mahsultni nishonlash uchun fluresensiya beruvchi birikmalardan foydalaniladi. DNK ni avtomatik sekvinirlash prinsipi elektroforezda ajralgan nishonlangan mahsulotlarni detektor tomonidan qayd qilinishiga asoslangan. Deteksiya gelning pastki qismida, fragmentlarning o’tish vaqtida lazer nurlari tomonidan bo’yovchi moddaning qo’zg’alishi va fluorensiya berishidan yuzaga chiqadi. Avtomatik sekvinatorlarda elektroforez uchun kappilyar-geldan foydalaniladi.
Avtomatik DNK-sekvinatorlar yaratilgan maxsus kompyuter dasturlar orqali boshqariladi. Masalan, Applied Biosystems firmasi sekvinatorlariga ma’lumotlarni yig’uvchi va tahlil qiluvchi dasturlar to’plami ham mavjud. Elektroforetik taqsimlanish tugagandan keyin, dastlabki ma’lumotlar Data collection dasturi orqali yig’iladi va maxsus dastur orqali tahlil qilinadi. Zamonafiy sekvinatorlar yildan-yilga mukammalashib bormoqda va deyarli barcha molekulyar biologik laboratoriyalarning tarkibiy qismiga aylanmoqda.