Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Eukariot hujayralarning paydo bo’lishi. T.I.: Prokariotlarning belgilari. Endosimbioz gipotezasi va uning mohiyati. Organoidlarning kelib chiqishi



Download 0,5 Mb.
bet115/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

4.Eukariot hujayralarning paydo bo’lishi. T.I.: Prokariotlarning belgilari. Endosimbioz gipotezasi va uning mohiyati. Organoidlarning kelib chiqishi.
Hozirgi tasavvurlarga ko’ra Yer dagi hayot bundan 3 mlrd. yil oldin kislorod bo’lmagan sharoitda paydo bo’lgan. Dastlabki organizmlar prokariot hujayradan iborat bo’lgan. Ular hozirgi bakteriyalarga o’xshash bo’lib, membrana bilan o’ralgan, lekin ichki membranalari bo’lmagan. Organoidlari bo’lmagan. Ular uchun ozuqa bo’lib (energiya manbai) tashqaridan kiradigan va hujayra bo’ylab diffuz holda tarqaladigan oddiy organik birikmalar xizmat qilgan. Muhitda erkin kislorod bo’lmaganligi sababli bu organizmlar anaerob energiya almashinuviga (glikoliz) ega bo’lgan. Bunday energiya almashinuvi chegaralangan miqdorda ATF hosil bo’lishini ta’minlagan. Xo’sh eukariot hujayralar qanday paydo bo’lgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, kichik prokariot hujayralarda ichki membranalar bo’lmagan, faqat sianobakteriyalarning fotosintezlovchi membranalari va ichki tomonga buralib turgan hamda DNK molekalasi birikib turadigan membrana burmalari- mezasoma mavjud bo’lgan. Eukariot hujayralar prokariot hujayradan o’n marta kattaroqdir va shu sababli ularning hayot faoliyati samarali amalga oshishi uchun boshqacha, ancha yuqori darajadagi tuzilish talab qilingan. Bunday yuqori tuzilish darajasiga organoidlar va sitoskeletning hosil bo’lishi orqali erishilgan. Eukariot hujayraning paydo bo’lishi bir hujayrali organizmlarning paydo bo’lishidir. Sodda hayvonlarning turli taksonlari o’rtasidagi filogenetik aloqalarni ochib berish ancha qiyin muammo. Lekin ultrastruktur (mikroanatomik) va molekulyar usullarni qo’llash asosida bu borada ancha yutuqlarga erishildi. Odatda, amyobasimonlarga mansub taksonlar va xivchinlilar eng sodda va primitiv guruhlar hisoblanadi, lekin hozirgi vaqtda ularning o’zaro bog’liqligi noaniq. Sodda organizamlarning 5 ta monofiletik taksonlari ajratilgan. Bulardan biri Euglenozoa bo’lib, o’zida evglenasimonlar va kinetoplastidalarni birlashtiradi. Ikkinchisi Chlorophyta, o’zida volvokssimonlar, yashil suvo’tlar va ko’p hujayrali o’simliklarni birlashtiradi. Infuzoriyalar, qalqondor xivchinlilar va apikompleksalar yana bir monofiletik takson- Alveolata ni hosil qiladi. Bu taksonning ajratilishiga sabab ularning umumiy belgilarining borligi- alveolalarning mavjudligi, mitoxondriylarining tubulyar kristalarga egaligi. Hayvonlar evolyusiyasini tushunishda Opisthokonta monofiletik taksoni qiziqarli o’rin tutadi. Bu takson vakillarida xivchinlar hujayraning orqa tomonida joylashadi. Ularda bir qancha genlardagi nukleotid ketma-ketliklari ham o’xshash. Bu taksonga nafaqat qarindosh guruhlar- Choanoflegallata va Metazoa (ko’p hujayrali hayvonlar) hamda zamburug’lar, balki mikrosporidiyalar ham kiradi. Opistokontalarga yana bir guruh, oldingi vaqtlarda sodda hayvonlarning bir guruhi hisoblangan, lekin hozirda Myxozoa sifatida ko’p hujayralilarga kiritiladigan – miksosporidiyalar ham kiradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish