Etnologiya uzb


Xwjalik hayoti va moddiy madaniyati



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
etnologiya

Xwjalik hayoti va moddiy madaniyati. Nihoyatda murakkab etnik jarayon Evropa 
aholisining xwjaligida va moddiy madaniyatida ham wz aksini topgan. Bu erda yashovchi turli xalq 
va elatlar wziga xos umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda umumiy Evropa madaniyatini 
yaratganlar. Evropa xalqlarining xwjalik shakllari deyarli bir xil. Chunki, butun Evropa asosan, 
mwtadil iqlimli sonada joylashgan. Eng qadimiy davrlardan neolit va bronza zamonida paydo 
bwlgan dehqonchilik xwjaligi barcha xalq va elatlarning iqtisodiyoti hamda turmushini belgilab 
bergan va kwp asrlardan beri xwjalik hayotining negizini hosil qilgan. 
Qadimgi davrlardagi Evropa nihoyatda yuksak xwjalik madaniyatini yaratgan edi. Ammo 
madaniyat darajasi quyi elatlar istilosidan keyin Rim imperiyasi yumirilib xwjalik hayoti butunlay 
tushkunlikka uchraydi. Albatta, ajoyib an`analar zamini kuchli bwlganligi tufayli qisqa muddat 
ichida wrta asrlar iqtisodiyotida qaytadan tiklanish namoyon bwladi. Masalan, Italiya va Janubiy 
Frantsiya vinochiligi, Angliyaning qwrg`ohin konlari, Venetsiyaning shisha ishlab chiqarish sanoati 
qadimiy Rim va Vizantiya an`analarini wrta asrlarda ham davom qildirgan. Lekin ilk wrta 
asrlardagi umumiy iqtisodiy tushkunlik XIV-XVI asrlarga kelib muayyan tarixiy sabablarga kwra 
butun Evropada sotsial iqtisodiy taraqqiyotni juda tezlashtirib xwjalik jihatdan butun jahondagi 
mamlakatlarga nisbatan oldinga wtib olish imkoniyatini yaratib bergan edi. Shubhasiz, uning 
iqtisodiyoti, yuqorida qayd qilinganidek, peshqadam bwlishiga qit`aning qulay geografik 
joylanishi, keng dengiz sohillari va juda kwp qulay vositasini bajaruvchi daryolar, nisbatan boy 
tabiiy sharoitning mavjudligi muhim rol wynagan. Oqibatda buyuk geografik kashfiyotlardan keyin 
Evropa mamlakatlari swnggi turt asr davomida butun dunyodagi xwjalikka bosh bwlib, jahon 
kapitali bozorining rahbari bwlib tanilgan. Faqat cheksiz musibat, qirg`in va xarobalik keltirgan 
ikkinchi jahon urushi tufayli, jahon bozori xwjaligining peshqadami vazifasi AQSh bilan 
Yaponiyaga wtdi. 
Urushdan keyin Evropada bir necha mustail mamlakatlarning paydo bwlishi uning xwjalik 
taraqqiyotiga muayyan ta`sir kwrsatdi. Hozirgi davrda Evropaning xwjalik hayoti avvalo uning 
industriyasi bilan belgilanadi. Jahondagi 22 ta eng yirik industrial davlatlarning 12 tasi Ushbu 
mintaqada joylashgan: Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Niderlandiya, 
Shveytsariya, Shvetsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya. Ammo ayrim davlatlarda boshqa sohalar 
rivojlangan. Masalan, Avstriya, Shveytsariyada sanoatga nisbatan xizmat kwrsatish sohasi milliy 
daromadning asosini tashkil qiladi.
Skandinaviya xwjaligining hukmron sohasi baliqchilik hisoblanadi yoki Daniya, 
Niderlandiya, Frantsiya va Vengriya rivojlangan sanoatga ega bwlsa-da, eksport mahsulot mahsulot 


92 
yetishtiradigan yirik qishloq xwjaligiga ega mamlakatlardir. Hozirgi Evropa sanoatining barcha 
sohalari yuksak rivojlangan, ammo, eng yirik tarmog`i mashinasozlik hisoblanadi. Evropadagi 
davlatlar hissasiga jahondagi mashina va uskunalar ishlab chiqarishning uchdan ikki qismi twg`ri 
keladi. Eng kwp eksport mahsulotlaridan har xil stanoklar, elektrotexnika va twqimachilik 
uskunalari ilmiy va nazorat wlchov asboblari, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar va boshqa 
mashinasozlik tovarlari. Evropa kemasozlik va maishiy elektronika (televizor, priyonik va hk.) 
asboblarni eksport qilishda Yaponiyadan, samolyotsozlik, hisoblash mashinalari, radio va 
teleapparaturalar ishlab chiqarishda AQShning yirik mashinasozlik mahsulotlariga nisbatan yuqori 
turadi. Bu sohada Vengriya, Germaniya, Polsha, Chexiyaslovakiya mashinasozlik mahsulotlari 
jahon bozorida yuksak baholanadi. 
Swnggi yillarda G`arbiy Evropa ximiya sanoati nihoyatda tez sur`atlar bilan wsa boshlagan. 
Evropaning ayrim mamlakatlari jahon bozorida plastik materiallar, sintetika va sun`iy tolalar, 
farmatsevtika, lak va bwyoqlar, azot wg`itlar kabi kimyo mahsulotlarini chiqarishda birinchi wringa 
kwtarilgan. Ayrim mamlaktalar (Shvetsariya, Belgiya, Niderlandiya) tor sohada mutaxassislashsa-
da, (asosan, farmatsevtika va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda), tashqi bozorga ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlarining uchdan ikki qismini yetkazib beradi. 
Evropaning an`naviy sanoat tarmoqlaridan metallurgiya, kemasozlik, twqimachilik, 
tikuvchilik, shisha, chini, kwnchilik va payabzal, wrmon va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish 70-yillarda ancha kamayib ketgan. Evropaning g`arbida yengil sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish ham kamayib sharqiy mamlakatlarda ancha wsgan, oqibatda tekstil, tikuv, poyabzal va 
boshqa yengil sanoat mahsulotlarini keyingi yillarda g`arbiy Evropalik mamlakatlar sharqiy 
wlkalardan import qilishga majbur bwlyaptilar. 
Hozirgi yngil sanoat sohalaridan oziq-ovqat ishlab chiqarish qishloq xwjaligi bilan uzviy 
bog`lanib agrosanoat majmuasini tashkil etmoqda. Mazkur jarayonning bugungi ahvoli va uning 
taraqqiyoti qishloq xwjaligining wsish darajasi bilan bevosita bog`liqdir. 
Nihoyatda zich aholiga ega bwlgan G`arbiy Evropa dehqonchilikka mos erlardan ancha 
siqilgan va unga mahtoj bwlsa-da, yuqori mahsulotli qishloq xwjaligini tashkil qilishga muyassar 
bwlgan. Evropa qishloq xwjaligi aholining oziq-ovqatga, dastavval inson uchun eng muhim bwlgan 
gwsht, sabzavot va meva mahsulotlariga ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratgan. Bu 
imkoniyatga qishloq xwjaligida ishlab chiqarishni industirlashtirish, ximiyalashtirish va 
mexanizatsiyalash orqali erishilgan.
Umuman, Evropada qishloq xwjalik ishlab chiqarish sanoatga nisbatan sekinroq rivojlangan 
bwlsa-da, urushdan keyingi yillar ichida uning hajmi wrtacha ikki-uch hissa wsgan. Kwpgina 
Evropa mamlakatlarida chorvachilikka alohida e`tibor qaratiladi. Hatto, dehqonchilik 
chorvachilikka bwysindirilib, yem-xashak yetishtirish asosiy tarmoqqa aylangan. Swnggi yillarda 
yem-xashakka dehqonchilik mahsulotlaridan tashqarii baliqchilik mahsulotlari ham ishlatilmoqda. 
Evropa dehqonchiligi mamlakatlar orasida ekiladigan ekinlari bilan bir oz farq qiladi, xolos. 
Misol, markaziy qismidagi mamlakatlarda asosan, bwg`doy, arpa, suli, swnggi asrlardan boshlab 
kartoshka; janubiy hududlarida, ayniqsa, Chexiyaslovakiyada, Ruminiya va Bolgariyada 
makkajwxori, Italiyada sholi va boshqa don hamda poliz ekinlari ekiladi, bwg`dorchilik va 
uzumchilik juda keng tarqalgan. Janubiy Evropada uzumzorlar, zaytun daraxti, anjirzorlar kwp 
uchraydi. Gretsiyada paxta va tamaki yetishtirish muhim xwjalik sohasi hisoblanadi. Shimolda 
qadimiy davrlardan uzumchilik, bodom va har xil mevalar kwp yetishtiriladi. Zaytun ekinlari 
Ellinlar tomonidan Pireney yarim oroliga qadim davrlardan keltirib ekilgan, hozir Ispaniya zaytun 
yog`i ishlab chiqarishda jahonda birinchi wrinda turadi, uzumzorlar maydoni bwyicha ikkinchi 
wrinda, uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarishda uchinchi wrinda (aholi jon boshiga 
hisoblaganda vino ishlab chiqarishda Portugaliya birinchi wrinda) turadi. 
Chorvachilik hamma xalqlar orasida tarqalgan. Italiya, Karpat, Bolqon va Alp tog`li 
hududlarida qwychilik muhim xwjalik sohasidir. Skandinaviya mamlakatlarida, frantsuzlar, 


93 
irlandiyaliklar, valiylar va britanlarda qoramol chorvachi rivojlangan va shu asosda sut mahsulotlari 
ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Chorvachilikka asosan, gusht va sut olinadi, turli yuqori sifatli 
mahsulotlar yetishtiriladi. Kelt xalqlari dehqonchilikda asosan, yem-xashak yetishtirish bwyicha 
ixtisoslashganlar. Evrpopada buguchilik bilan shug`ullanadigan yagona xalq saamlar hozirgacha 
yarim kwchmanchi holatda yashaydiyu Finlarning an`naviy xwjaligi qoramol boqish, gwsht, sut 
mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ularda erkin dalalarning uchdan ikki qismi yem-xashak 
ekinlari bilan band. 
Dengiz sohillarida yashovchi norveglar, islandiyaliklar, gollandlar, shuningdek, Markaziy va 
Shimoliy dengiz aholisi-nemislar, inglizlar, grek va ispanlar hayotida baliqchilik eng muhim 
xwjalik sohasi bwlib, ularning asosiy tirikchilik manbaidir. Hunarmandchilikning badiiy sohalari 
har bir Evropa xalqida qadimdan rivojlanib kelgan va ular asosan, shaharlarda sex tartibida 
joylashgan. Qishloqlarda esa dehqonchilik ehtiyojini qondiradigan kasblar rivojlangan. Bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarishining paydo bwlishi Bilan yirik fabrika-zavodlar vujudga 
keldi. 
Hozir an`naviy mayda hunarmanchilikning badiiy sohalari, masalan, kulolchilik, shisha ishlab 
chiqarish, zargarlik, kashtachilik, musiqa asboblari va wyinchoqlar ishlab chiqarish, gilam va palos 
twqish kabilar ayrim mamlakatlarda saqlangan, xolos. Norveglar, shvedlar, nemislar, 
shveytsariyaliklar va avstraliyaliklarda yog`och ustunlar, eshik, rom hamda uy-rwzgor bayumlariga 
wyma naqshlar berish ancha rivojlangan. 
Maishiy turmushning an`naviy xususiyatlari kwproq uy va uy-rwzg`or buyumlari, kiyim va 
taomlarda namoyon bwlmoqda. Eng qadimiy zamonlarda paydo bwlib hazirgacha wsib kelayotgan 
shaharlar Evropaning wziga xos madaniyatini yuzaga keltirgan va butun jahonga tarqatgan. G`arbiy 
Evropada urbanlashtirish tufayli shaharlarda hozir butun aholining beshdan uch qismi joylashgan. 
Belgiya, Shvetsiya va Germaniya shahar aholisi beshdan twrt qismini tashkil qiladi. Janubiy Evropa 
mamlakatlarida sanoat jihatdan kam rivojlangan Portugaliya va Gretsiyada butun aholining 
taxminan 40 foizi shaharlarda joylashgan. Ayrim wlkalarda shahar tipiga besh ming aholiga ega 
bwlgan qarorgohlar (Niderlandiya, Avstriya, Belgiya), ayrim joylarda esa (Germaniya, Frantsiya va 
Norvegiyada) ikki mingdan va ba`zilarida hatto ikki yuztadan ortiq aholiga ega bwlgan qishloqlar 
(Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya) kiritilgan. Evropa qishloqlari ham qadimiy davrlarda paydo 
bwlgan. Ular wzining joylashishi, qurilish tiplari va shakli bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Tor, 
zich, twp bwlib qurilgan uylardan iborat qishlqlar wtmishda janubiy Polshada, Germaniyada, 
Ispaniyada, Bolqon yarim orolida va boshqa erlarda paydo bwlgan. Chexlarda, ba`zan nemis va 
polyaklarda ham qadimgi chorva aholisining qwra tevaragida joylashganidek markazida maydonli 
doirasimon qurilgan qishloqlarni hali ham uchratish mumkin. Twg`ri kwchali qishloqlar kam 
bwlgan. Ayrim mamlakatlarda uylari ywl bwyila qurilgan qishloqlar, xutor tipidagi ayrim hovlili 
qarorgohlar ham uchraydi. Qoshloq markazida qad kwtargan cherkov tevaragida doirasimon 
shaklda tartibsiz qurilgan uylar ham saqlanib qolgan. 
Qishloqlar hozir ham wzining shakli va tiplari bilan farqlanadilar. Butun Evropada bir hovlili 
yoki ikki-uch hovlili qoshloqlar kwp uchraydiyu Shimoliy Italyada, Germaniyaning shimoli-
g`arbida, Norvegiyada va Angliyaning shimolida bir hovlili qarorgohlar kwp uchraydi. Markaziy 
Evropa, Frantsiya, Italiya va ichki Ispaniyaning tekisliklarida qamdimiy jamoa hayoti bilan bog`liq 
bwlgan kwp hovlili qishloqlar hozirgacha saqlangan. 
Agar qishloqlarni qurilish ashyolariga qarab tasniflasak, butun Evropani taxminan ikki 
qismga bwlish mumkin. Janubiy qismida uylar asosan, toshdan, shimoliy qismida yog`ochdan 
qurilgan. Ammo Shimoliy Evropaning ayrim mamlakatlari, masalan, Angliyada, qadimdan tosh 
uylar, ba`zan janubida ham (ayniqsa, wrmonlar kwp bwlgan davrda) Wrta dengiz sohillaridagi 
mamlakatlarda, yog`ochdan qurilgan qarorgohlar uchraydi. Masalan, Qadimgi Gretsiyaning klassik 
arxiekturasida ilgari ishlatilgan yog`och ustunlari wrnini tosh ustunlar egallagan va nihoyatda ajib 
san`at namunasiga aylangan. Tosh qurilishining namunalari hozirgacha Wrta dengiz sohillaridagi 
mamlakatlarning ba`zilarida va Frantsiyaning g`arbiy qismida uchraydi. 


94 
Qoshloqlardagi zamonaviy uylar shaharlardagi kabi pishiq g`isht, beton va shunga wzshash 
hozirgi qurilish materiallaridan qurilmoqda. Chshash xonalarining xwjalik hujrasi bilan birligi yoki 
xwjalik inshootlarining ayrim qurilishi bilan bir farq qiladi. Masalan, Germaniya, Alp tog`lari va 
Janubiy Frantsiyada asosan, turar-joy va xwjalik qurilishi bir joyda joylashgan. Skandinaviya 
mamlakatlari, Shimoliy Frantsiya, Bolqon yarim oroli mamlakatlarida xwjalik inshootlari kishi 
yashaydigan uylardan ayrim holda qurilgan. 
Uylar ham qurilish ashyolari va tom shakliga, yashash va xwjalik xonalarining tuzilishiga 
qarab bir necha tiplarga bwlingan. Butun Evropada gorizontal bir xonali shaklga ega uylardan bir 
necha qavatli kwp xonali dabdabali imoratlar kwp uchraydi. Masalan, Janubiy Evropada, ya`ni 
Wrta dengiz sohillarga yaqin hududlarda toshdan qurilgan katta ikki-uch qavatli uylar keng 
tarqalgan, odatda bunday uylarning pastki qavati xwjalik xonalaridan iborat bwladi, Shveytsariya, 
Shimoliy Italiya, Yugoslaviya, Avstriya, Janubiy Germaniyada poydevori toshdan wzi yog`ochdan 
qurilgan alp uylari ancha ajralib turadi. Xwjalik va yashash xonalari yaxlit tarzda qurilgan 
imoratlarni frankon yoki yuqori nemis uylari deb ataydilar. Shimoliy va Shimoli-G`arbiy 
Germaniya, Daniya va Gollandiya tomonlarida bir qavatli, katta hovli va darvozali xwjalik qurilish 
binolari bilan sinch uylar yoki g`isht bilan wralgan sakson uylari ham wziga xos xususiyatga ega. 
Tog`li hududlarda yog`och va butalardan qurilgan oddiy uylar ham uchraydi. Umuman arxaik 
qurilish san`ati asosan, xwjalik xonalarda kwproq saqlangan. 
Uylarni jihozlash milliy an`nalar bilan bog`liq. Umumiy buyumlardan, har xil yog`och 
mebellar, temir, shisha, chinni va sopol idishlar, turli bezklar va pardalar bilan bezaganlar. Evropa 
mebeli va servislari hozirgacha jahon miqyosida namuna bwlib kelmoqda. Evropa xalqlarining 
kiyimlari eng oddiy paleolit davridagi etakchalardan to hozirgi zamonaviy kiyimlargacha bwlgan 
davrni bosib wtgan. Endi butun evropaga tarqalgan shahar sarpolari deyarli barcha erdan milliy 
kiyimlarni siqib chiqargan, Evropa kostyumlari wzining noqulayligiga qaramay hatto issiq tropik 
mamlakatlarga ham tarqalmoqdayu Xalq kiyimlarini asosan, bayramlarda, festival yoki 
karnavallarda, xor va ansambllarda uchratish mumkin. Ilgari, Ayniqsa, wrta asrlarda har birtabaqa 
wzining kiyim turiga ega bwlgan. Hozir milliy, tabaqalanish kiyimlarda sezilmaydi, balki ular 
kosmopolitik tuzga kirgan. 
Albatta, ayrim xalqlarning qishloq aholisiga shahar kiyimi keng tarqalsa-da, milliy sarpolar 
saqlangan. Masalan, Italiya qishloqlarida haligacha erkaklar kalta tizzadan pastgacha shim 
(pantalon), oq uzun yengli kwylak (kashicha), kalta kurtka (jakka) yoki yengsiz jilet (panchotto), 
boshiga shlyapa yoki beretto (xaltasimon telpak) kiyadilar. Ayollarda uzun yubka (chwnna) va etak 
(trembuile), kashtali oq kwylak (kamicha), beligacha kalta kofta (korsetto) va jilet (jakatto yoki 
jibetto), boshiga rwmol (fatsoletto), Alp tog`larida tagi yog`och tufli yoki xom teridan tikilgan 
yengil sandal (chochi) kiyiladi. Frantsuz ayollarining milliy kiyimlari ham Italiya ayllarning 
kiyimlariga wxshab ketadi. Erkaklari esa uzun top shimlar, tik yoqali kwylarlar, jilet va bwyniga 
rwmol, fetra yoki somon shlyapa kiyadilar. Keyingi yillarda bluzka kiyiladigan bwlgan. 
German xalqlarida erkaklar yengli yokei yengsiz ikki buklam matodan tikilgan kwylak, uzun 
ishton, kamarasta teri wltonli kavush kiyiladi. Ayollarning ham ust kiyimi ikki buklam matodan 
tikilib maxsus fibula bilan egniga bog`langan, keyinchalik keng tikiladigan bwlgan. Ularda eskidan 
kapushonli plash ma`lum bwlgan. Janbiy germanlarda yengil kiyim, shimolda esa issiq va qalin jun 
matodan korsaj, kofta, yubka, etak (fartuk) tikkanlar. Hozir ham Gessen aholisi orasida bir yoki bir 
necha qavatli (ba`zan 20 qavatli) yubka kiyiladi.
Frankoniya ayollarining an`naviy kiyimlari qizil yoki jigarrang matodan yubka yoki etaklar 
tikilib kashtalanadi. Shveytsariya ayllari aksincha, qoramtir yoki frankonlar singari qizil rangli 
yubka va fartuk; kumush bezkli qora belnimcha, keng kashta yengli kofta kiyadilar. Norvegiya 
ayllarining bayram kiyimlarining turlari 120 dan ortiq. Butun German xalqlarida hozirgi davrda 
umumiy Evropa kiyimlari tarqalgan bwlsa-da, milliy belgilari (rangi, bezaklari va hk.) mustahkam 
saqlangan. Ayniqsa, kelt elatlarida bayram vaqtida milliy sarpolarga bezanish odat tusiga kirgan. 
Masalan, bretonliklarda 66 xil ayol kiyimlari mavjud. 


95 
G`arbiy va janubiy slavyanlarning milliy kiyimlari nihotyada rang-barang. Ularda ilk wrta 
asrlardan boshlab aholi tabaqalangan va sinflarga qarab kiyimlari farq qilgan. Wtmishda erkak va 
ayllarda kiyimlari asosan, kanopdan tikilgan twg`ri yoki burma yoqali uwylak. Ayrim xalqlar 
(Moraviya, Slovakiya, G`arbiy Prikarpate)da ayollar egniga ip bog`langan yengsiz kwylaklar 
kiygan. XIX asr birinchi chorag`ida slavyanlarda Evropa yubkasi keng tarqalgan. Qadim 
slavyanlarda ustki kiyim yarim Pwstin, chakmon (kaftan), yengsiz kamzul (jilet), plashning har xil 
turlari mavjud. Bosh kiyimlariga qarab ayrim etnoslarni ajratish mumkin (keng slavyan teri 
telpaklari, turli rwmollar, shlyapa va feskelar, jun movutdan tikilgan dwppilar). Poyabzallar turli 
xilda (brodnya, teri bashmoq, yumshoq tufli, tagi yag`ochli sandal, junli nogovitsa va hk.). Hozir 
milliy kiyimlar Markaziy va Janubiy Evropaning ayrim viloyatlarida uchraydi va ular asosan, san`at 
festivallari, fol`klor jamoalarining badiiy chiqishlarida namoyish qilinadi. 
G`arbiy Evropa xalqlarining milliy xususiyatlari kwproq taomlarida namoyon bwladi. 
Masalan, roman xalqlarida italyanlarda sevimli taomlardan makaron mahsulotlari juda keng 
tarqalgan. Ularda kunduzgi ovqatga birinchi pomidor qaylasi yoki yog` va suzma, ba`zan qiyma 
gwsht solingan xwrda. Dehqon chwrvasi (dzuppasi)ga loviya va sabzavot solib pishiriladi va nom
twg`raladi. Keyin polenta (makkajwxori atalasi), qovurilgan sabzavot, salat, meva, suzma iste`mol 
qilinadi. Kunduzgi ovqatga albatta uzum vinosi yoki sevimli ichimlik kofe beriladi.
Frantsuzlarning milliy taomlari nihotyada boy va rang-barangligi bilan mashhur. Taomlarida 
sabzavot va yemishli ildizli mahsulotlar, quyon va parranda gwshti, djanubda kaptar gwshti muhim 
ahamiyatni egallaydi. An`anawiy sevimli taomlardan qaynatilgan wsimlik yoqiga pishirilgan gwsht 
bilan bifshteks va kartoshka, piyozli qaynatma shwrvaga pishloq solish keng tarqalgan. Provansda 
qalampirli turli baliqlardan pishirilgan shwrva (buyabez) ancha obrw qozongan. U erda dengiz 
jonivori-ulitkani sarimsoq va non bilan iste`mol qilishni yaxshi kwradilar. Janubda har xil zaytun 
va dorivorlar taomga ishlatiladi. Kuniga ikki marta taomga uzum vinosi berish shart. Umuman 
frantsuzlar vino iste`mol qilishda jahonda birinchi wrinni egallaydilar. Qadimgi kelt xalqlarida, 
masalan, Buyuk Britaniyada, Evropa taomlaridan uncha farq qilmasa ham, wziga xos milliy 
taomlar, ayniqsa, don solib shipirilgan shwrvalar, swli atalasi, gel va irlandiyaliklarda baliq va sutli 
taomlar mavjud. Ular shwrvaga qwy yoki mol ichak-chovog`i va qatqorinlarini solib, suli uni bilan 
pishirib (xaggis) qalampir, piyoz solib eyishni yaxshi kwradilar. Eng sevimli ichimliklari pivo (el) 
va viski. Janubiy xalqlar kwproq sabzavot (karam, pomidor, sarimsoq, piyoz, sabzi, kartoshka) va 
mevani kwproq iste`mol qiladilar. Vengerlarda chwchqa gwshtidan turli taomlar tayorlanadi. 
Slavyan xalqlarining taomlaridan xamir ovqat mahsulotlari kwproq wrinni egallaydi. Dengiz va 
daryo sohilarida yashovchi elatlar baliqdan turli xil taomlar tayyorlaydilar. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish