Triumf saxarnыy-764 - o’rtapishar, serxosil nav, tik o’sadi, tupi ixcham, bo’yi 30-40 sm., guli pushti rang, dukkagi yirik, shirin, doni ham yirik, yashil-sarg’ish rangli bo’ladi. Bu nav antraknoz kasalligiga ancha chadamli.
Zolotaya gora B-632 — o’rtacha ertapishar nav, bo’yi 25-40 sm., guligunafsha rang, dukkagi yirik, tsilindrsimon, urug’i qora bo’ladi.
Severnaya zvezda B-690-o’rtapishar nav, antraknoz kasalligiga chidamli, bo’yi 20-40 sm., tupi yoyilib yotinqirab o’sadi, guli oq, doni ham oq, yirik. Bu navning pergament qavati kechroq yetiladi, shuning uchun ko’k dukkagini ham, donini ham ishlatish mumkin.
Bu oddiy loviya navlaridan tashqari Limaloviyasi ham bor. U xushmaza, gullari mayda, yashil-sarg’ish rangli, dukkagi va doni yirik va yalpoq, doni xar xil rangli. Lima loviyaning past bo’yli va baland bo’yli xillari bor. Uning quyidagi navlari ko’p tarqalgan.
Kustovaya Gendersona- ertapishar nav, past bo’yli (25-35 sm.). Dukkaklari kalta, yalpoq, ichida 2-3 ta oq doni bor. Unib chiqqandan keyin 80-100 kunda pishadi.
Filadelfiya- kechpishar nav, bo’yi 30-35 sm., dukkaklari yirik va yalpoq. Doni oq, o’rtacha yiriklikda, unib chiqqandan keyin 100-120 kunda pishadi.
Almashlab ekishda loviya ikki-uch yil ilgari go’ng solingan yerga ekiladi. Kartoshka yoki ildizmeva va poliz ekinlaridan bo’shagan yerlarda loviya yaxshi xosil beradi.
Ko’k doni- uchun ekilgan loviya donlari dumbul bo’lib, normal kattaligiga yetganda yig’ib, solinadi. Donning bu oSga yetganligidukkagidagi qavariqlarga qarab bilinadi.
Urug’lik uchastkalarida xar bir nav ekilgan yerlar orasida 100 metr masofa qoldiriladi. Loviya dukkak tuga boshlaganda. va xosilni yig’ish oldida urug’lik uchastka ko’zdan kechirilib, begona navlar yulib tashlanadi. Loviya barglari sarg’ayib to’kila boshlashi va dukkagining ko’pi pishishi bilan yig’ib olinadi. Yig’ib olish bundan kechikkanda loviya dukkaklari ochilib, doni to’qilib ketadi. O’rilgan loviya bog’-bog’qilib bog’lanadi va doni pishib yetilishi va ko’rishi uchun bir necha kun dalada qoldiriladi.
Loviyani oddiy molotilkada yanchiladi. Yanchishda barabanning aylanish soni kamaytiriladi va tishlarining 60% ni olib qo’yiladi. Yanchilgan don sortirovkada tozalangach, quritiladi. Urug’lik uchastkalardan loviyanipg naviga va qanday parvarish qilinishiga qarab, gektaridan10-25 ts.xosil olinadi.
Vigna. Vigna dukkakli o’simlik bo’lib, loviyaning bir xilidir. U janubiy Afrikadan kelib chiqqan. U ovqatga solinadi, molga beriladi va undan ko’ko’g’it sifatida foydalaniladi. Vignaning sparjasimon navlarining ko’k dukkagi ovqatga ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |