2.2. Kam tarqalgan ko`kat va dukkakli sabzavot o`simliklarini namlikka munosabati.
Sabzavot ekinlari hayotida suvning ahamiyati.
Suv barcha o’simliklar to’qimalarining tarkibiy qismidir. Barg va poyalarda uning mikdori 75-85%, sabavot ekinlari mahsulotlarida esa 69-97% ni tashkil etadi. Suv o’simliklar hayotida muhim fiziologik o’rinni egallab, tanasiga ozuqa elementlarining kirishini va harakatlanishlarini ta’minlaydi, fotosintez va boshqa moddalar almashuv jaryonlarida shtirok etadi, shuningdek, o’simlik to’qimalaridagi haroratni tartibga solib turadi.
Suvning o’simliklarga bilvosita ta’siri ham mavjud. Jumladan, tuproqdagi havo tarkibi, mikrofloralarning foydaliligini uyg’unlashtirish, zararlarini so’ndirish, hasharotlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatish, tuproqqa solinadigan pestitsidlar, o’suvni boshqaruvchi moddalar, tuproq harorati akkumulyatsiyasi va sarflanishi kabi barcha jarayonlar suv bilan bog’liq holda amalga oshadi. Sabzavot o’simliklarining ko’pchiligi o’zlarining ekologik imkonniyatlariga ko’ra mezofillar guruhiga mansub. Kserofidlar guruhiga sabzavot ekinlari orasidagi sherolchin, jambil, ko’kat va boshqa ba’zi o’simliklar kiradi. Sabzavot o’simliklarining suvdagi turlari (suvdagi kress, ismaloq, lotos) ikkilamchi gidrofidlar guruhiga mansubdir.
Sabzavot o’simliklarida namlik yetishmasa ulardagi fotosintez susayadi, nafas olish zo’riqadi, o’sish jarayonlari sustlashib hosil keskin kamayadi, mahsulot sifati pasayadi. Kam tarqalgan sabzavot mevasi va ildizmevalar dag’allashib, mazasi o’zgaradi. Suv tanqisligi tufayli tanglik holatini seza olish darajasiga ko’ra sabzavotlar bir-bir dan farq qiladi. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan o’simliklar transpiratsiya (nafas chiqarish, bug’lanish) jarayonini yaxshi boshqaradi.
SHu sababli poliz ekinlari, dukkaklilar, xushta’m o’simliklar, jo’xori, artishok va bamiyalar bunday tanglikka nisbatan bardoshlidirlar. Karamdoshlar va oddiy piyoz namlik tanqisligidan tez ta’sirlanadi, ko’pincha qayta tiklanmaydigan salbiy holatga ham tushib qoldi (1). O’simliklarning suv tanqisligi tufayli tanglik holatga tushib qolishi atmosfera va tuproqning qurg’oqchiligiga boglik.
Havoning nisbiy namligi 20 foizgacha pasaysa atmosfera qurg’oqchiligi kuzatiladi va bu transpiratsiyani kuchaytiradi, mevalash va hosil to’plashni susaytiradi. Tuproqdagi namlik taxchilligi tuproq kurg’oqchiligini keltirib chiqaradi. Bu holda o’simlik barglarida labchalar faqat ertalabki paytlarda bir daqaqagina ochilishi tufayli havo almashinishi susayadi, barglar so’linqiraydi, ba’zan esa qisman yoki butunlay nobud bo’ladi. Ayni paytda tuproq eritmasining kontsentratsiyasi ko’tarilib, suv so’rilishi kamayadi. Transpiratsiyaning susayishi tufayli barglar qiziy boshlaydi. Bu jarayonlarning hammasi o’sishni susaytiradi.
Suv tanqisligi o’simliklar hayotidagi eng nozik paytda, ya’ni hosil organlarining shakllanish paytida ayniqsa zararlidir. Ontogenezning boshlanish paytida suv bilan bog’liq kuchsiz tanglik ko’pincha o’simlikning keyingi o’sishi va rivojlanishida, ayniqsa hosil to’plashida namlik tanqisliklariga moslashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproqdagi ortiqcha namliklar tufayli sabzavotlar sersuv, kamshira, kamtuz bo’lib qoladi, mazasi va saqlanuvchanligi yomonlashadi. Havo nisbiy namligining yuqoriligi gullash, changlanish va tugunchalar paydo bo’lishini qiyinlashtiradi, o’simliklarning zamburug’ va bakterial kasalliklarga chalinishini kuchaytiradi. Tuproqning ortiqcha namligi tufayli yuzaga keladigan tanglik holatlar esa tulroqda havo almashinuvini, buzib karbonat angidridini to’playdi, usimliklarTuchun zaharli etilen va boshqa moddalar vujudga keladi. Natijada ildizlar nobud bo’ladi. Ortiqcha suv usimliklar ildizlarining nafas olishini va o’sishni to’xtatib ko’yadi. Assimilyatsion apparatlarning qisman qisqarishi kasalliklarning rivojlanishiga va hosilning kamayishiga sababchi bo’ladi. Kam tarqalgan sabzavot uchun suv serob, tuproq aeratsiyasi (nafaolishi) yaxshi bo’lishi kerak. Pomidor va karamlar undan ko’ra kamroq namlikka bardoshliroqdir.
Havo namligining haddan ortiqligi ham o’simliklarga salbiy ta’sir qiladi. Bunda g’ovaklashgan yumshoq va siyrak labchali barglar shakllanadi. Bunday sharoitlarda transpiratsiyaning sustlashishi ko’pincha yosh bargchalar labchalariga kaltsiyning kirib borishiga halal beradi va ularni nekrozga duchor qiladi. Ochiq dala uchun himoyalangan joylarda ko’chat yetishtirish davrida havo namligining yuqori bo’lishi maqbul emas. Ular doimiy joylariga ko’chirib o’tqazilganda suv aylanish tartibi buziladi va kuchatlarning tutib ketishi qiyinlashadi.
Havo nisbiy namligining eng kulay yuqori ko’rsatkichi (80-90%) Kam tarqalgan sabzavot, karam kabi sabzavotlar va ko’kat ekinlarga xos bo’lib, pomidor va poliz ekinlari esa bunday yuqori namlikni ko’tara olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |