Estetik hissiyot. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik
shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin
qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta
tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda–hislar yoki
hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |